Tashakkurnoma

698
0

Tashakkurnoma

Bismillahir rohmanir rohim!

Qorasuv shahri muslimalari nomidan Qirg’izistondagi, xossatan Qorasuv shahridagi da’vatni ko’tarib yurgan aka-ukalarimizga “tashakkurnoma”.

Olamlar Robbisi Allohga cheksiz hamdu-sanolar bo’lsin! Payg’ambarimiz Muhammad S.A.V.ga va U kishining oilalariga, sahobalariga va U kishiga yaxshilik bilan ergashgan zotlarga salot va salomlar bo’lsin!

Siz aka-ukalarimiz 2016 yil 19 fevral kuni ulug’ jum’a ibodatidan oldin soat 11:30da o’tkazgan norozilik aktsiyangizni eshitib, Islom dini endi er yuziga tarqalishni boshlagan vaqtda sahobalar zolimning zulmidan qo’rqmagan hollarida muqaddas Ka’ba tomon bir saf bo’lib, “Allohu akbar”, deya baralla aytib yurganlarini xotirladik. Ana o’shanday zotlarga buyuk Allohning nusrati, g’alabasi kelgan edi.

Siz bu ishingiz bilan buyuk Islom Xalifasi Mu’tasimbillahni yodimizga soldingiz. U bir joriya ayolni “Ey Mo”tasim! qaerdasan” degan nolasiga javoban butun lashkarini ayoqqa turg’izgan edi.

Biz mana shunday Xalifamiz yo’qligi sababli shunday xorlikda yashamoqdamiz. Sizlarning bu jasoratingiz butun Islom ummat erkaklariga o’rnak bo’ladi, degan umiddamiz. Agar har bir musulmon erkaklar muslima ayollar sha’nini sizlardek himoya qilsa, albatta Allohning buyuk nusrati g’alabasi kelardi.

Sizlar bu hatti harakatingiz bilan nafaqat butun Qirg’iziston qurolli kuchlarini, balki hokimlarini ham tiz cho’ktirdingiz. Ular bu qilgan ishlaridan uyalishdi va sizlardan uzr so’rashga majbur bo’lishdi. Sizlarga butun dunyo muslimalari, xossatan Qorasuv shahri muslima ayollari nomidan tashakkur bildiramiz! Kelgusida ham zolimdan qo’rqmagan holda olg’a harakat qilishingizni Allohdan so’rab qolamiz. Doimo zolimlar oldida Robbul Olamiyn sizlarni haybat ne’mati bilan rizqlantirsin!

Albatta Allohning nusrati sizlarga o’xshagan RIJOLLARga keladi!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.