Turkiston:
Qozog’istonning Jambul oblastining Burul qishlog’ida, 17 fevral kuni 6 yashar qozoq bolasini, 11 marotaba pichoqlab o’ltirgan gumondor shaxs, turk millatiga mansub bo’lib chiqqan emish. Shu kuni qozoq millatiga mansub bo’lgan yuzlagan kishilar, turk millatidagi fuqorolarni ko’chib ketishlarini talab qilib ko’chaga chiqishdi.
Qozoq elitasi, o’nlagan yillar mobaynida atayin qozoq millatiga mansub fuqorolarni milliy g’ururlarini ko’tarish va ularni boshqa millatlar ustidan hukumron bo’lishga intilish ruhi bilan tarbiyalab kelishadi. Natijada, uyg’ur, dungon, o’zbek..va boshqa millatlarga mansub Qozog’iston fuqorolariga, qozoq millatiga mansub shaxslarga tobe’ holatda ish yurgizishdan o’zga choralarini qoldirishmadi. Bu xuddi 2010 yilgi O’sh voqeasidan keyingi Qirg’izistondagi elitani qirg’izlashtirish siyosati bilan bir xil uslubda olib borildi. Natijalari ham bir xil oqibatlarga olib bordi. Ya’ni, millatning ichida o’zaro nizolar, korrupchiya, va urug’chilik kabi millatni zaiflashtiruvchi unsurlar kuchayishiga olib bordi.
Qozoq elitasi ruslarning milliy ekspantsiyasidan xavotirlanib, qozoq millatini mamlakat bo’ylab atayin kuchaytirishdi. Ular, hatto janubdagi qozoqlarni shimoliy mintaqalarga ko’chib o’tishlari uchun juda keng sharoitlar yaratib berishdi. Kutilmaganda, aksincha qozoq millati boshqa millatlar ustiga ekspantsiya qilib yuborish arafasida turipti. Bunga yaqinda o’zi boshlagan ishdan xavotirga tusha boshlagan Nazarbaev, davlat xizmatidagilarga tanbeh berib “nega ruscha muroojat qilgan fuqorolarga qozoqcha javob qaytarasizlar?” degan gapi misol bo’la oladi.
Millatchilik hech qachon, hech qaysi millat yoki mamlakat uchun kutilgan manfaatlarni olib kelgan emas. Millatchilik vaqtinchalik manfaatlar uchun foydalanishga ham yaramaydigan, faqat urush holatidagina vaqtincha yaroqli bo’lgan yoki doimiy urushlar keltirib turuvchi buzuq robita (odamlarni bir biriga bog’lovchi) hisoblanadi. Qozog’iston, Qirg’iziston singari mamlakatlarda hokimiyatlar o’z xatolari bilan milliy mafkura deb nomlab olishgan robitani kuchaytirishlari, mamlakatlarini, uchunchi nosog’lom kuchlar uchun, parokanda qilib yuborishi mumkun bo’lgan o’ta qulay sharoitlar paydo qilib qo’yishdi. Ular, o’z millatini bir necha asrlar mobaynida shakllantirib kelgan islomiy milliy mintalitetining bir qismini, buzuq G’arb dunyoqarashi asosida shakllantirishga urunishib, millatchilik singari iflos mintalitet vakillarini paydo qilib olishdi.
1989 yil O’zbekistonda bo’lib o’tgan, Farg’ona voqe’asi ham, ruslar tomonidan atayin uyushtirilgani keyinroq hammaga ma’lum bo’lgan edi. 1990 yil Qirg’izistonning O’sh viloyatida bo’lib o’tgan Qirg’iz-O’zbek milliy nizolari ham, keyinchalik 2010 yildagi O’sh voqe’lari ham, o’sha uchinchi kuchlar deb atalgan rus ayg’oqchilarining va snayperlarining provokatsiyasi bilan atayin uyushtirilgani hozirda hech kimga sir emas.
Lekin, nafaqat Rossiya, undan ham iflosroq bo’lgan G’arb fitnakashlari ham, bizlarning xoin etakchilarimiz atayin millatlar aro keskinliklar paydo qilib bergan sharoitlardan o’z manfaatlari uchun foydalana olishadi. Muammo, ummat va mamlakat manfaatlarini, o’z manfaatlaridan afzal deb bilmagan nosog’lom va xudbin etakchilarga saltanatni berib qo’yayotganimizda. Ular o’z rejimlarini hokimiyatda saqlab turish uchun, ustilarimizga millatchilik, urug’chilik, tabaqachilik singari kufrning buzuq va halokatli robitalarini olib kelishayotganlarida.
Qotil jazolanishi shart. Lekin uning millati, urug’ aymog’i, dini va dindoshlari unga qo’shib jazolanishmaydi. Tarixda Yahudiylar Yevropadan quvib chiqarib yuborilganlarida, Usmoniylar Xalifaligi ularni Istambulda qabul qilib olgan. Ularning ota bobolarini juda ko’p marotaba qilgan xiyonatlari va keyin hozirgi kungacha ulardan kelayotgan fitna va aziyatlar, o’sha vaktdagi Xalifaning qarorini noto’g’riga chiqargani yo’q. Islom faqat musulmonlarningina emas, insoniyatni qadrini va manfaatlarini himoya qilish uchun Alloh tomonidan yuborilgan dindir. Islom dinining ostida kofirlar ham osoyishta va xotirjam hayot kechirishadi. Bu gapning haqiqati shariatga va tarixga murojaat qilish bilan darrov ayon bo’ladi.
Faqat Islom va uning Mabdasini hayotimizga qaytadan olib kelib, uning hukmlarini joriy qilishgina, yuqoridagi Qozog’iston va boshqa butun er yuzidagi urush va buzuqchiliklarga barham bera oladi.
Siyosatchilarimiz ko’z tikib najot so’rashayotgan kufr sitemasi esa, o’zlarining bizlarning ustilarimizdagi manfaatlarini himoya qilish va uzoqroq saqlab turish uchun, ustilarimizga atayin buzuqchiliklar urug’ini sepib kelishayapti. Millatchilik, gey va lezbiyankalarni o’z himoyalarida ushlab kelishlari, maktab programmalarimizda endi balog’atga etib kelayotgan farzandlarimizga jinsiy aloqalar haqidagi ma’lumotlarni atayin olib kirish uchun bosim yasash…va hokazo juda ko’p buzuqchiliklarni misol keltirish mumkin. Shularning hammasi birin ketin, jamiyatimizda buzuqchilikka olib boruvchi har xil yomon ko’rinishlarni olib kelayapti.