2016 yil 4 fevral kuni Chelyabinsk oblasti sudi Hizb ut-Tahrirga a’zo besh nafar musulmon yigit ustidan hukm chiqardi. Moskva rayon harbiy sudi Salavat Xabirov, Alfred Shaimov, Rinat Shamsutdinov, Orifjan Mirov va Radik Kabirovlar bilan bog’liq jinoyat ishlarini ko’rib chiqib, ularga ekstremistik terroristik tashkilot tuzish va unda faoliyat qilish, hokimiyatni bosib olishga va konstitutsiyani o’zgartirishga tayyorgarlik ko’rish ayblovlarini qo’ydi. Ularni 5 yildan 17 yilgacha qattiq tartibdagi qamoq muddatiga hukm qildi.
Tergovda isbot qilingan birdan-bir dalil yigitlardan Hizb ut-Tahrirga a’zoliklari haqida so’ralganda ularning «ha, a’zoman», deya qilgan javoblari bo’ldi. Terrorizm bilan ayblashga kelsak, bu boradagi ayblovlarning barchasi asossiz bo’lib, g’irt ahmoqlik, deyishdan boshqa narsaga yaramaydi. Islom haqida suhbatlashib, musulmon ulamolari ijtihodlarini o’rganib, choy ichib o’tirish va sport bilan shug’ullanish tergov-surishtiruv nazdida terrorizm va hokimiyatni bosib olishga tayyorgarlik ko’rishga aylandi, sud ham bunga rozi bo’ldi. Shuningdek, axborot vositalari ham o’zlarining jurnalistik surishtiruvlarida Hizb ut-Tahrir ustidan kulib, uni «Islomiy davlat» tashkiloti bilan bog’laydigan bo’lib qolgan. Bundan esa jamoatchilikka Hizbni mana shunday tasvirlashni ko’zlashgan. Xususan, axborot vositalari musulmonlar xatti-harakatlarini tahdidli qilib tasvirlashga urindi va bu bilan xuddi sud chiqargan hukmlar kabi o’z ahmoqligini namoyon qildi.
Rus hukumatining Hizb ut-Tahrir da’vatini to’xtatish uchun qo’lidan keladigan bor-yo’q ish yolg’on ayblovlar qo’yib, stalincha hukm chiqarish, xolos. Zotan, so’nggi vaqtda bunday hukmlar yigirma yilgacha uzayib bormoqda va Rossiya tog’utlari O’rta Osiyo tog’utlarini ham dog’da qoldirishdi.
Rossiya qonunlari kundan-kunga ashaddiy tusga kirmoqda. Musulmonlar o’z dinlariga qanchalar da’vat qilsalar, shunchalar qamoqqa tashlanmoqdalar. Tarix bu tog’ut hukmdorlarning zahri qotilga aylanishganini, odamlar bu zaharga qarshi dori izlashayotganini isbotladi. Kazzob yolg’onchi rus rejimi vayron bo’ladigan va musulmonlar tog’utlar qamoqlaridan ozod etiladigan Kun esa uzoq emas, albatta.
Alloh Taolo bunday dedi:
وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّـهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ * مُهْطِعِينَ مُقْنِعِي رُءُوسِهِمْ لَا يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ ۖ وَأَفْئِدَتُهُمْ هَوَاءٌ
«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g’ofil», deb o’ylamang! Faqat Alloh ularni(ng jazolarini) ko’zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo’rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos» [Ibrohim 42]
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com