Rossiya musulmonlarni qamoqqa olishni davom ettirmoqda

559
0

Rossiya tarafidan ishg’ol qilingan Qrim yarim orolida musulmonlarga nisbatan bosimlar kuchayib bormoqda. Qrimning rossiyaparast prokurori Natalya Poklonskaya Rossiyada faoliyati ta’qiqlangan Hizb ut-Tahrir uyushmasining to’rt nafar a’zosi hibsga olinganligini e’lon qildi.

Poklonskayaning ma’lum qilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) “Qrim kafedrasi” Qrim tatarlarining uylarida tintuv o’tkazgan. Tintuv paytida qo’lga olingan to’rt kishi “terrorchi tashkilotga a’zo bo’lish va terror aktlarini sodish etish”da ayblanmoqda.

“Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining prokuratura organlari bilan hamkorlikda olib borgan izlanishlar oqibatida to’rt nafar shubhali shaxs qo’lga olindi. Ular ustidan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.5 moddasiga binoan jinoiy ish qo’zg’atildi”, dedi Natalya Poklonska jurnalistlar bergan bayonotida.

Qrim tatarlarining uylarida o’tkazilgan tintuvlarga doir xabarlarga aniqlik kiritgan rus prokrori bu insonlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarafidan qamoqqa olinishi ularning millatiga aloqasi yo’qligini aytib, “Bular tatarlar emas, bular terrorchi tashkilotdir. Biz millatga qarab ayirmachilik qilmayapmiz”, deya o’zlarining jinoyatlarini oqlashga urindi.

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati mas’ullari 11 Fevral Payshanba kuni Qrimning turli joylarida musulmonlar uylarida tintuv amaliyotlari o’tkazgan edi. Qrimlik advokat Emil Kurbedinovning ma’lum qilishicha, uylarida tintuv o’tkazilgan 9 kishi qo’lga olingan. Hibsga olingan kishilar terrorchi tashkilotga aloqadorligi borasida shubha bildirilgan bo’lsa ham, ammo qanday terrorchi tashkilot ekanligi haqida aytib o’tilmagan.

Turkiston:

Putin Qrimda, vaqti kelib Ukraina bilan yoki G’arbning himoya vositasi bo’lgan NATO bilan to’qnashishi mumkinligini yaxshi biladi. Shuning uchun u erdagi islomiy muhitni asosiy rahnamosi bo’lgan Hizb-ut-Tahrir jamo’asini jamiyatdan chetlatishlari kerak bo’ldi. Chunki, urushga tayorgarlik ko’rish uchun Rossiyaga Qrimda xiyonatchilar armiyasidan tashkil topgan kuchli rossiyaparast tashviqot guruhi tuzishi kerak. Ular o’z navbatida, Rossiyaning pozitsiyasini qo’llab berish uchun ko’pchilikdan tashkil topgan fuqorolik gvardiyalarini tuzishlari kerak bo’ladi. Aks holda urushda Qrim ichidan fuqorolik to’dalari shakllanib, Rossiyaning o’ziga qarshi hatto harbiy tashkilotlari shakllanib va kuchayib ketishi mumkin. Hech bo’lmaganda Putin G’arbning shu ishni uyushtirishidan xavotirda.

Lekin bu xiyonotchilar guruhi shakllanishi uchun asosiy to’siq bo’lib turgan kuchli islomiy muhit va uni mintaqada shakllantirgan Hizb jamoa’si bo’lganligidan, Putinning rejimi Hizb yigitlarini siquvga ola boshladi. Maqsadi, muftiylardan tortib hokim va deputatlar hamda butun Qrimning siyosiy elitasi, hijolat tortmay Ruslarning tashviqotchilariga aylanishsin.

Islom dini jamiyatda fuqorolarning urflarini boshqara boshlashi mintaqada islomiy muhitni paydo qiladi. Islomiy muhit esa, xoinlar, kofir va munofiqlarni, xiyonat qilishdan qo’rqadigan qilib qo’yadi. Rossiya uchun bu islomiy muhit, juda katta va kuchli to’siq bo’lib keldi. Hatto ilgariroq Qrim muftiysi “hizb yigitlari o’zimizning farzandlarimiz, biz ularni hech kimga berib qo’ymaymiz” degan edi. Hozirga kelib ruslarning zulmlari kuchayib borishi va musulmonlarni siquv jiddiy tus ola boshlashi bilan bu olimlar va muftiylar, hatto raddiya bildirishdan ham ojiz bo’lib turib qolishdi.

Xiyonat bayrog’ini baland ko’tarishga harakat qilishayapti. Rossiya hatto islomiy da’vat uchun 20 yilgacha qamoq jazosi belgiladi. Shu harakatlarning barchasi, Rossiyani biror bir jamo’aga emas, Islom va musulmonlarga qarshi harakat olib borayotganiga dalolat qiladi. Shuni bila turib, unga muftiylik qilib bo’lsa ham biror manfaat keltirish, Islom diniga xiyonat hisoblanadi. Iymonli kishi har qanday idoriy va diniy ishlaridan voz kechib yuborishi to’g’ri bo’ladi. Chunki Rossiya, Suriyada olib borayotgan urushi bilan, amalda urush holatidagi kufr davlati hisoblanadi. Bunday holatda ya’ni musulmonlarni qoniga belanib turgan kufr davlati bilan hamkorlik qilish, unga biror manfaat keltirish yoki unga qarshi kurashayotgan islomiy quvvatlarga qarshi harakatlar olib borish, musulmon odam uchun xiyonat hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.