Bahrayn tashqi ishlar vaziri Xolid bin Ahmad Al-Xalifa Suriya inqiroziga echim topishni istagan barcha katta davlatlar Rossiya bilan hamkorlik qilishi lozimligini ta’kidladi.
“Mintaqaviy masalalar bo’yicha muhokamalar juda muhimdir”, “Suriyaga tinchlik va barqarorlik olib kelishni istagan barcha katta davlatlar, Rossiya bilan hamkorlik qilishga majburdir”, dedi u Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan o’tkazgan uchrashuvi ortidan jurnalistlarga bergan intervyuda.
Ahmad Al-Xalifa Rossiya va Bahrayn juda ko’p masalalar bo’yicha bir xil fikrda ekanligiga alohida urg’u berib o’tdi. Uning qayd etishicha, Bahrayn va Rossiya terrorizmga (Islomga) qarshi kurash olib borishda, mavjud muammolarni tinch yo’l bilan hal etishda va qonuniy hukumatlarning muzokaralarda ishtirok etishdan chetlatilishi mavzularida bir xil qarashga egadir.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Bahraynlik hamkasbi bilan o’tkazgan uchrashuvidan so’ng, “Rossiya ham, Bahrayn ham, Suriyani barqaror, ilmoniy (din davlatdan ajratilgan), hududiy yaxlitligi saqlangan va barcha fuqarolarining huquqlari kafolatlangan bir davlat sifatida ko’rishni istaydi”, dedi.
Bu ikki davlat qonuniy hukumatlarning parchalanishiga sabab bo’ladigan harakatlardan uzoq turish va suriyaliklar o’z kelajaklarini o’zlari belgilashlari lozimligi borasida ham bir xil fikrda ekanligini ta’kidlagan Lavrov yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar Liviya, Yaman, Iroq va Afg’onistonda ham qo’llanilishi kerakligini qo’shimcha qildi.