Jeneva-3 muzokaralari Amerika bilan Rossiyaning manfur kelishuv va tadbirlari asosida boshlanadi
Joriy yil 25 yanvarga belgilangan Jeneva-3 konferentsiyasi hali boshlanmay turib, Suriya rejimi arzandasi bo’lgan soxta muxolafat delegatsiyasi Jenevaga etib keldi. Suriya Demokratik Kengashi nomi ostidagi bu muxolafat uyushmasi darhol konferentsiyadan o’rin oldi. Bu delegatsiya muxolafat ichki hujjatlarini tartibga keltirish hamda BMT vakili De Mistura bilan uchrashib, uning shartlarini qabul qilishga tayyorgarlik ko’rish uchun uchrashuvlar o’tkazishga kirishdi. De Mistura shartlaridan eng muhimi Jayshul Islom bilan Ahrorur Shom harakatlarini muxolafat delegatsiyasiga kiritilishini rad etishdir. Suriya Demokratik Kengashi Amerika va Rossiya kabi yirik kuchlar tomonidan ishlab chiqilgan stsenariyni o’ynash bilan Milliy Koalitsiya delegatsiyasi yo’lini kesib qo’yishni uddalay oldi. Milliy Koalitsiya delegatsiyasi muzokaralarning oliy hay’ati vakili bo’lib, unga Riyoz Hijob etakchilik qiladi va u doim bu delegatsiyani muzokaralarga kiritmaslikka urinib kelardi.
Suriya Demokratik Kengashi yangi vujuddan iborat bo’lib, Bashar rejimi bilan ochiqdan-ochiq til biriktirishi bilan tanilgan uchta kuchdan tashkil topgan. Bular: Kurd xalqini himoya qilish otryadlari va ayrim arab urug’laridan tarkib topgan Suriya Demokratik kuchlari, Haysam Manno etakchiligi ostidagi uchta (Qadriyat-Fuqarolik-Huquq) so’zlarini shior qilib olgan Bug’doy (Qamh) oqimi va Suriya kurdlarining yarim avtonom boshqaruvini tiklashga ochiq da’vat qilib kelayotgan Solih Muslim rahbarligi ostidagi Kurd Demokratik Ittifoqi partiyasidir. Bu kengashning tashkil qilinishi Suriya maydonidagi yangi siyosiy va harbiy kuch sifatida ko’rilmoqda. U alohida o’z vazniga ega. Koalitsiya u bilan hisoblashishga majbur. Chunki u Amerika, Rossiya va BMT tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.
Tashqi ishlar vazirlarining yordamchilari darajasida Amerika va Rossiya mas’ullari o’rtasidagi keng ko’lamli muvofiqlashuv maslahatlari Jenevada 13 yanvarda boshlangan. Enn Patterson xonim bilan Gennadiy Gatilovdan iborat bu ikki mas’ul konferentsiya boshlanishi oldidan so’nggi tayyorgarlik rejalarini belgilaydi. Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerrining matbuot voizi Jon Kirbi bunday dedi: «Kerri va Lavrov yaqin aloqada qolishga hamda yaqin kunlarda uchrashish uchun fursat topishga kelishib oldilar».
Amerikalik va rossiyalik mas’ullar o’rtasidagi ayni uchrashuv va maslahatlar taqozosiga ko’ra, De Mistura Jeneva-3 konferentsiyasida ishtirok etishlari uchun Suriya hukumati vakillari bilan muxolafat vakillariga chaqiriq yo’llaydi. Konferentsiya belgilangan vaqtda, ya’ni 2016 yil 25 yanvarda o’z ishini boshlaydi. E’tiroz bildirilsa ham aslo kechiktirilmaydi. O’tgan payshanba kuni Amerika tashqi ishlar vazirligi «Amerika va Rossiya hech qanday dastlabki shartlarsiz Jeneva muzokaralarini o’z vaqtida 25 yanvar kuni o’tkazishga kelishib olishgan», deya bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari va bir vaqtning o’zida Rossiyaning O’rta Sharq va Shimoliy Afrikadagi maxsus vakili Mixail Bogdanov Novosti agentligiga bergan intervyusida bunday dedi: «Shuni tushunish lozimki, Jeneva-3 bir martalik tadbir emas, balki, u siyosiy iroda, sabr-toqat va vaqtni talab qiladigan muzokara amaliyotidir. Biz bu kabi konferentsiyaning o’tkazilishini qo’llab-quvvatlovimizga loyiq, deb hisoblaymiz. Shu bois Jeneva-3ga tayyorgarlik ko’rish uchun amaliy qadamlar tashladik».
Jeneva-3 konferentsiyasini o’tkazish chaqirig’i mustahkam xalqaro manbaga asoslangan bo’lib, Xavfsizlik Kengashining 2015 yil 18 dekabrda chiqargan 2254 sonli qaroriga, Vena hujjatiga va xalqaro Parij to’rtligiga tayanadi. Ushbu qaror, hujjat, to’rtlik bandlarida Islomga (ekstremizm)ga va jihodga (terrorizm)ga qarshi kurashishga hamda shariat bilan boshqarish talabini rad etishga chaqirilgan. Bu esa Suriyadagi davlatni ilmoniylik, demokratik, ko’ppartiyaviylik asosida tiklashga chaqirish bilan hamda G’arb hazorati tushunchalari asosiga qurilgan va dinni siyosatdan ajratish mafkurasidan kelib chiqqan yangi fuqaroviy konstitutsiyani ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek Suriya bo’hronini turli bosqichlar bilan hal etishga harakat qilish bilan ham Islom va jihodga qarshi kurashiladi va shariat boshqaruvi rad etiladi. Bu bosqichlar – hukumat va muxolafat bitta hukumatda ishtirok etib, prezident Bashar Asad ham o’z mansabida noma’lum muddatga qoladigan o’tish davri bilan boshlanib, Suriyada davom etayotgan kurashga noaniq umumiy siyosiy echim berish bilan nihoya topadi.
Amerika va Rossiya konferentsiyada muzokarachi tomonlarga aloqador bandlarni, ayniqsa konferentsiyada qatnashadigan muxolif guruhlar nomlarini buzishga harakat qilmoqda. Rossiya bilan Suriya Demokratik Kengashi ayrim islomiy guruhlarning, ayniqsa, Jayshul Islom va Ahrorur Shom harakatlarining ishtirok etishiga qarshi chiqib, ularni terrorist deb sifatlamoqda. Rossiya ularning o’rniga konferentsiyaga o’n besh shaxs nomi bitilgan hujjat taqdim qilyapti. Bu shaxslar aslida muxolafat sifatida Jenevaga kelib bo’lishgan. Ularning asosiylari, Kurd Demokratik Ittifoqi partiyasi raisi Solih Muslim, sobiq diplomat Jihod Maqdisiy, Demokratik Minbardagi etakchi Samir Atiyya, O’zgartirish va Ozodlik Xalq fronti etakchisi Qudriy Jamillardir. Bulardan tashqari, allaqachon unut bo’lib ketgan va Damashqdagi rasmiy ichki muxolafat orasidagi guruhlar ham tiqishtirilgan bo’lib, bularning hammasi Bashar rejimi tarafdorlariga kiradi.
Rossiyaning Solih Muslim va uning muxolafatdagi guruhini ishtirokchilarga qo’shish taklifiga Amerika ham rozi. Xususan, Amerika o’zining Davlat tashkilotiga qarshi urushida Suriyadagi demokratik kuchlarni qo’llab-quvvatlashini va bu kuchlar orasida Solih Muslimning asosiy rolni o’ynashini e’tiborga olganda, Amerikaning bunga rozi bo’lishi tayin.
Shuning uchun Jeneva-3 konferentsiyasi borasida Rossiya bilan Amerika o’rtasida – hatto yuzaki bo’lsa ham – birorta ham ixtilofga guvoh bo’lmadik. Shuningdek, Suriya hujjatini boshqarish va konferentsiya yig’inlarini nazorat qilish ishlari De Misturaga topshirilishida ham hech qanday kelishmovchilik yo’qligini ko’rib turibmiz. Bu ikki davlat Eronning ishtirok etishini xohlamoqda. Xususan, Eron o’zining yadroviy loyihasidagi eng muhim elementlardan voz kechishi ortidan undan jazo-choralari olib tashlangan ekan, ular shuni xohlashmoqda.
Bular – qisqa qilib aytganda – Jeneva-3 konferentsiyasining haqiqatidir. Shuningdek, xavfli adashtiruv ham mana shudir. Buni Amerika bilan Rossiya Suriyadagi qo’zg’olonga qarshi hamda u erdagi musulmonlarga qarshi olib bormoqda. Oddiy qilib aytganda, ushbu konferentsiya qo’zg’olonni bostirish, jilovlash va Amerika ko’rsatmalariga qo’zg’olon ahlini tiz cho’ktirish uchun bo’lgan navbatdagi urinishdir. Bu konferentsiya qatli om qilish, qamalga olish, och qo’yish va vayron qilishda qurol sifatida xizmat qiladi. Shu orqali Suriya ahlini kuch bilan ezib, taslim bo’lishga va buyuk islomiy loyihalaridan voz kechishga majburlamoqchi bo’lishyapti. Ularni Mustamlakachi kofir davlatlar tomonidan musulmon xalqlariga taklif qilinaverib siyqasi chiqib ketgan buzuq loyihani qabul qilishga undashmoqda.
Mana, yarim asrdan oshdi hamki, musulmonlar kechayu kunduz axborot vositalaridan o’sha eski shiorlarni eshitib keladi. Shunga qaramay, barcha azob-uqubatlarni boshdan kechirishmoqda. Zo’rlab tiqishtirilgan kapitalistik demokratik tuzum va undagi dahshatli qonxo’rlik sababli barcha mashaqqat alamlarini tortmoqdalar… Axir, islomiy yurtlarda demokratiya va inson huquqlari niqobi ostida qanchadan-qancha jinoyatlar amalga oshirildi?! Milliylik va fuqaroviy davlat targ’ibotchilari qo’li bilan qanchadan-qancha gumanitar falokatlar sodir etildi?! Islom Ummati o’nlab yillardan beri mana shunday vaz’iy kufr tuzumlari ostida yashab kelmoqda. U hayotning barcha sohalarida orqada qolib, doimo qoloqlik, zulm va muvaffaqiyatsizlikda davom etmoqda.
Ey Suriyadagi qo’zg’olonchilar!
Bundan oldin takror-takror aldanganingiz kabi, navbatdagi konfrentsiyalarga yana aldanib qolmang. To’g’rirog’i, Amerika va sheriklarining kechayu kunduz sizga qarshi to’qiyotgan navbatdagi til biriktiruvlariga yana aldanib qolmang. Agar Jeneva-3ni qabul qiladigan bo’lsangiz, muvaffaqiyatsizlik, xorlik, sharmandalik va mag’lubiyatdan o’zga natijani ko’rmaysiz.
Konferentsiya rahnamolaridan nima kutyapsiz?! Jinoyatchi va fitnachi Amerikadan nimani kutyapsiz? Axir, Amerika o’tgan besh yillik qo’zg’oloningiz mobaynida tog’ut Bashar rejimini qonuniy himoya bilan ta’minlab kelmadimi, hokimiyatda qolishiga imkoniyat yaratib bermadimi. Rossiya va Eronga Asad rejimini barcha moddiy va hayotiy resurslar bilan ta’minlashlariga ruxsat bermadimi? Rejimni – u qulash arafasida turgan bir paytda – Suriyani vayron qilib, qirg’in amaliyotlarini sodir etishiga va shaharlarni kulini ko’kka sovurishiga qo’yib bergan mana shu Amerika emasmi?!
Rossiyadan nima kutyapsiz, axir, uning uchoqlari Suriyadagi shaharlar va aholi turar joylariga havo hujumlarini sodir etib, o’lim bombalari va vayron qiluvchi qattol raketalarini boshingizga yog’dirmadimi? Qurolsiz, begunoh ayollaru bolalarni qirg’in qilib, uy-joylarni aholisi bilan qo’shib kulini ko’kka sovurmayaptimi? Shuncha jinoyatlarni sodir eta turib, bularga parvo ham qilmayaptiku?! Chunki Rossiya musulmonlar borasida na ahdga va na burchga boqadigan davlatdir!
Demak, konferentsiya rahnamolari mana shu ikki jinoyatchi davlat ekan, Alloh haqqi, qanday qilib ularga ishonmoqdasiz?!
Siz bu ikki davlatga ishonishni bas qilsangiz – aslida, Allohning nusratiga ishonuvchi har bir musulmondan shu narsa kutiladi – Saudiya, Turkiya, Qatar, Eron singari ularga tobe davlatlarga ham ishonishni bas qilmog’ingiz zarur. Chunki bu davlatlar shu ikki davlat chizgan chiziqdan chiqmay, ularning atrofida aylanmoqda.
Ammo Jeneva-3 konferentsiyasini – Alloh saqlasin – qabul qilsangiz, u holda, halokat va aniq mag’lubiyatga eltuvchi yo’lni tanlagan bo’lasiz. Chunki ayni konferentsiya dushmanlarimiz bizga chizib ko’rsatib bergan yo’lni kengaytirib beradi. Bu yo’l mashaqqatli, uzun yo’l bo’lib, azob-uquqbatlar, qamallar, qirg’inlar bilan to’ladir. Shuningdek, bu yo’l dunyo va oxirat mag’lubiyati va xorligiga eltuvchi shaytoniy yo’llardan biridir.
Sizlar, qo’zg’olonchilar va barcha musulmonlar uchun eng yaxshisi, bu yo’lni kesib-uzib tashlashingiz, uloqtirishingiz va qulatishingizdir. O’rniga esa Alloh va Rosuli arqoniga mahkam bog’lanishingizdir. Alloh sizu bizni Ummat uchun yaxshilik bo’lgan ishga muyassar aylasin.
Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub