Hukumat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilish bilan xalqni qiynchiliklarga duchor qildi, dedi akademik va jamoat arbobi Jamin Akimaliev.
“Tog’ning har ikki etagida o’tlashni orzu qilgan echki ochlikdan o’libdi” deganlaridek, davlatimiz ham kavsh qaytarayotgan xayvonning ayanchili vaziyatiga tushib qoldi”, – dedi Akimaliev.
Uning so’zlariga ko’ra, Qozog’istondan Qirg’izistonga go’sht, un va oziq-ovqat mahsulotlari kirib kelmoqda, bizning mahsulotlar esa u yoqqa o’tkazilmayapti.
“Biz YeOIIga tayyorgarliksiz kirdik. Misol uchun, Qozog’istonda zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan veterinariya nazorati laboratoriyalar bor. U erda qoramol kasallangan yoki yo’qligini, emlangan yoki emlanmaganini tezlik bilan aniqlab beriladi. Qirg’izistonda esa zamonaviy talablarga javob beruvchi laboratoriyalar yo’q. Buning natijasida Qozog’istondan go’sht, un va boshqa mahsulotlar mamlakatimizga to’siqsiz kirib kelmoqda. Bizning mahsulotlar esa Qozog’iston bozoriga kira olmayapti”,- dedi akademik.
Shuningdek , agar Qozog’istonda shunga o’xshash muammo paydo bo’lganda davlat rahbarlari bu masalani darhol bartaraf etishini qayd qilib o’tgan olim, – “Ittifoqqa qo’shilish va kelishuvni imzolashdan oldin hukumat masalaning barcha tomonlarini yaxshilab o’rganib chiqishi kerak edi”, -dedi.
“Bir so’z bilan aytganda, YeOIIga qo’shilishimiz xato bo’lgan. Yo YeOIIdan chiqishimiz kerak, yoki qo’shni davlatlar bizga “eshiklarini” ochishi kerak. Nima uchun bizning “eshiklarimiz” ochiq, har kim bemalol kirib, xohlaganini qilmoqda? Kontrabanda mahsulotlari o’tib yotipti, ammo hech kim tekshirmaydi, nazorat qilmadi. Bu oddiy ish emas, balki xalq taqdirini xal qiladigan muammodir”,- dedi akademik Akimaliev.
Turkiston:
YeOIIdan chiqib ketishimiz bilan hamma narsa endi avvalgi holatiga qaytmaydi. Bu xuddi Qirg’iziston bir necha o’nlagan yillardan beri, Kanadaning “Centerr Gold” kompaniyasidan qutula olmayotgan o’ta achinarli holatini eslatadi. Xalqaro siyosatda, davlatlarning bir birlariga bo’lgan muomilalari, ularning og’ir sanoati va harbiy sanoatining Qudratiga, dunyo siyosiy sistemasida tutgan vazniga, strotegik va giopolitik ahamiyatiga va tabiiy boylik resurslariga qarab belgilanadi.
Aytaylik, Qirg’iziston YeOIIdan chiqishga qaror qildi. Endi Rossiya va Qozog’iston Qirg’izistonga Xitoyning mahsulotlarini o’z yurtlariga reeksport qilishiga yo’l berishmaydi. Demak ular o’z chegaralarini Qirg’iziston bilan imkon qadar berkitishga va o’z aro aloqalarimizni cheklashga va har xil sanktsiyalar bilan bizga bosim berishga harakat qilishadi. Chunki Qirg’izistonda yuqoridagi uning xalqaro siyosatda hurmat qilishi yoki hisoblashishlariga majbur qila oladigan shartlarning deyarli birortasi mavjud emas.
Siyosiy onglari o’ta past darajada bo’lgan siyosatchilarimiz, shu muayyan holatimizdan kelib chiqib, xalqaro shartnomalarni imzolashlari kerak edi. Ya’ni o’z ko’rpalariga qarab oyoq uzatishlari kerak edi. Ular esa, yirik davlatlarning bosimlari ostida, faqat o’z shaxsiy siyosiy o’rinlarini saqlab qolish maqsadida va shaxsiy manfaatlarini ko’zlab, mamlakat va millat mulklarini talon-taroj qilib yuboradigan va fuqorolarining manfaatlarini parokanda qiladigan va inqirozga uchratadigan shartnomalarni imzolab yuborishdi. Endi, hatto u shartnomalardan bir tomonlama chiqib ketishimiz ham o’ta qiyin va o’ta zararli kechadi.
Shu kundagi og’ir ahvolimizni bilib turgan yirik kompaniyalar, hatto ish faoliyatlarini to’xtatib qo’yishlari mumkin ekanliklari bilan tahdid qila boshlashayapti. Chunki byudjetda belgilangan moliyaviy kirimning hammasi xazinaga kelib tushishining o’zi juda gumonli bo’lib turgan paytda kamomadlarni qanday yopish haqida o’ylanib turgan etakchilarimiz, Centerra kompaniyasidan tushib turgan sadaqa misolidagi arzimas puldan ham voz kecha olmaydi. Qirg’iz hukumati tashqi kuchlar va kompaniyalar uchun Qirg’izistonni oson o’ljaga aylantirib berishdi. Yetakchi siyosatchilarimizning o’zlaridan “tashvish”lanmasak ham bo’ladi, ular shu har bir shartnomaga qo’l qo’yib berganlari uchun millionlagan dollar ulushlarini olib turishipti. Xuddi Akaev va Bakiev singari o’z villalarida yaxshi yashash uchun sharoitlar qilib qo’yishdi.