AQShda Qirg’izistonni “o’ta xavfli davlatlar” ro’yxatiga kiritish taklif qilindi

606
0

AQShda Qirg’izistonni “o’ta xavfli davlatlar” ro’yxatiga kiritish taklif qilindi

“Izvestiya” gazetasining xabar qilishicha, AQShda Qirg’izistonni terrorchilar etkazib berishi mumkin bo’lgan “o’ta xavfli davlatlar” ro’yxatiga kiritish taklif qilinmoqda.

AQSh Kongressiga kiritilgan yangi qonun loyihasiga ko’ra, terrorchilar etkazishi mumkin bo’lgan “o’ta xavfli davlatlar” ro’yxatini rasman tasdiqlash taklif etilmoqda. Hujjatga ko’ra, bunday davlat fuqarolariga vizalarni kamida 30 kunda to’g’irlab berish, shuningdek, ulardan keladigan qochqinlarni nazorat ostiga olish ko’zda tutiladi.

Gazetasining yozishicha, ko’zda tutilgan o’zgartirishlar Davlat departamentiga “yomon ro’yxat”dagi davlatlardan kelgan majburiy muhojirlarni qabul qilishga moratoriy joriy etishi mumkin bo’ladi. Mazkur “xavfsizlik akti” Kentukki shtati senatori Rend Pol tomonidan ishlab chiqildi.

Mazkur ro’yxatda Rossiya hamda qator MDH davlatlari, shu jumladan, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Qozog’iston, va 30ga yaqin arab davlatlari bor.

“O’ta xavfli davlatlar”ning to’liq ro’yxati quyidagicha: Rossiya, Afg’oniston, Jazoir, Bahrayn, Bangladesh, Misr, Eritreya, Indoneziya, Eron, Iroq, Iordaniya, Qozog’iston, Quvayt, Qirg’iziston, Livan, Liviya, Mali, Marokash, Nigeriya, Shimoliy Koreya, Ummon, Pokiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Somali, Sudan, Suriya, Tojikiston, Tunis, Turkiya, BAA, O’zbekiston, Yaman va Falastin.

Turkiston:

AQShning bu ro’yxati xuddi terrorchi guruhlar yoki shaxslarning ro’yxatini eslatadi. Har ikkala ro’yxat asosida deyarli bir xil muomila olib boriladi. Ya’ni ushbu ro’yxatga tushgan davlatlar dunyo mamlakatlari uchun, jumladan AQSh uchun ham biror tarmoqda yoki umuman xavf tug’duruvchi mamlakatlarga aylanib qolishlari mumkin.

Lekin bu xavf ko’lamini va xavfli davlat yoki muayyan mamlakatdagi biror tarmoqdagi xavf ko’lamini faqat AQSh belgilab bera oladi. Albatta o’sha davlatning AQShga qanchalik tobe’ligi, uning AQSh uchun strotegik ahamiyati, o’sha mamlakat rahbariyatining ko’z qarashlari, AQSh uchun siyosiy va iqtisodiy jihatdan keltirishi mumkin bo’lgan yoki keltirayotgan manfaatlari…. va hokazo holatlari, AQShga mutanosib va manfaatli ekanligi asosiy va echuvchi rol o’ynaydi.

Masalan, O’zbekiston prizidenti Karimovning zolimligi uchun AQSh boshchiligida deyarli, butun dunyo undan va uning rejimidan yuz o’girgan edi. Afg’onistonda botqoqqa botib borayotganida O’zbekistonning yordamiga muhtoj bo’lib qolgan AQSh, Karimov rejimidan deyarli barcha sanktsiyalarni olib tashladi. Go’yoki u endi vahshiy emasdek yoki uning vahshiyligi endi hammamizga mos keladigan bo’lib qoldi degandek.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, AQSh “o’ta xavfli davlatlar” ro’yxatiga kiritgan davlatlar, AQShning nazorati ostida bo’lib turishadi. Ularning haqiqatda o’ta xavfli bo’lib ketishlari AQShga nisbatan muomilalariga bog’liq. AQShga tilyog’lamalik qilib, uning manfaatlari asosida ish olib borishsa, hatto Asad singari millionlagan odamlarni qirib yuborsa ham, J. Kerri Londonda Saudiya tashqi ishlar vaziri Jubayrga, “AQSh mintaqalarda o’z do’stlarini yolg’iz tashlab qo’ymaydi” deganidek, butun dunyo unga yomonlik qila olmaydi.

Asadga qarang, deyarli o’lik siyosatchi. Lekin u avvalgi kundan shu vaqtgacha AQShning chizig’idan deyarli chiqqani yo’q. Eramizdagi eng yirik vahshiy, qonxo’r etakchilardan bo’lishiga qaramay, xotirjam yashayapti. U AQShning taxtni tashlab qoch degan buyrug’ini kutayapti. Lekin AQSh uni o’z himoyasida ushlab turar ekan, hech qaysi quvvat uni yo’q qila olmayapti.

AQSh Qirg’izistonni ham eng xavflilar ro’yxatiga kiritdi. Endi AQSh Qirg’izistonning deyarli har bir tarmog’ida olib borilayotgan ishlarga burun tiqa oladi. U sohadagi xavf xatarlarni tekshiradi. Fuqorolarni AQSh bilan bordi keldi aloqalaridagi viza berish amaliyotini o’ta qattiq nazorat ostiga oladi. Yoki aksincha, hammasini bir tomonga surib qo’yib, o’z aro aloqalarini yaxshilab yuboradi. Endi bu Qirg’iz hukumatining AQShga munosib xizmat ko’rsatishiga va Rossiya bilan keskin muomila qilishiga bog’liq. Bu esa, hokimiyatimiz vakillari uchun yana juda katta muammolar olib kelishi mumkin.

Qisqasi Qirg’iz hukumati va prizidentining imkoniyatlari yanada toboro torayib va qisqarib borayapti. Mamlakat va mintaqadagi vaziyat esa, juda keskinlashib borayapti. Katta davlatlar O’rta Osiyo mamlakatlariga yanada yomonroq ko’zqarash bilan yomon toniga o’zgarib borishayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.