Faysal Qosimga oddiy javob: Kimdir xohlaydimi yoki xohlamaydimi kelajak Islom dininikidir
«Qudsul Arabiy» gazetasi 2016 yil 1 yanvarda o’zining elektron saytida doktor Faysal Qosimning «Xalifalik qaytishini orzu qiluvchilarga bir oddiy savol» nomli maqolasini nashr qildi. Uning savoliga oddiy javob berish uchun quyidagilarni aytamiz:
Qosimning «(realist) bo’lishimiz kerak» degan qarashidan kelib chiqiladigan bo’lsa demak Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning qayta tiklanishini «orzu qiluvchilar» oxiri borib «Amerika kovboyi» asri zamoni va makonidan tashqarida bo’lib qoladi.
Bu savolni D. Qosimdan boshqa ko’pchilik o’rtaga tashlaydi. Buni inkor qilmaymiz. Ular o’z qarashlarida voqelik kishanlaridan turib fikr yuritadi. Ularning aqli shu voqelik bosimi ostida qolgan. Shuning uchun ular eng yovuz moddiy qurol-aslahalar bilan tish-tirnog’igacha qurollangan va butun olam iqtisodiga, balki internetga ham o’z hukmini o’tkazayotgan «Amerika kovboyi»ga qul bo’lish kishanlaridan qutulishni shunchaki orzu qilishdan ham qo’rqadi. Hatto hayot kislorodiga ham ularning nazdida faqat amerikalik «Tom» amakini rozi qilish bilangina erishish mumkin!!
Buxoriy Abu Abdulloh Habbob ibn Arat Gdan shunday deganini rivoyat qildi: Biz Rosululloh A huzuriga shikoyat qilgani bordik. U kishi Ka’ba soyasida choponini yostiq qilib suyanib o’tirgan ekanlar. Biz: biz uchun nusrat so’ramaysizmi? Biz uchun duo qilmaysizmi? – dedik. Shunda Payg’ambarimiz bunday dedilar:
«قَدْ كَانَ مِنْ قَبْلِكُمْ يُؤْخَذُ الرَّجُلُ؛ فَيُحْفَرُ لَهُ فِي الْأَرْضِ، فَيُجْعَلُ فِيْهَا، ثُمَّ يُؤْتَى بِالْمِنْشَارِ فَيُوْضَعُ عَلَى رَأْسِهِ فَيُجْعَلُ نِصْفَيْنِ، وَيُمْشَطُ بِأَمْشَاطِ الْحَدِيْدِ مَا دُوْنَ لَحْمِهِ وَعَظْمِهِ فَمَا يَصُدُّهُ ذَلِكَ عَنْ دِيْنِهِ. وَاللهِ لَيُتِمَّنَّ اللهُ هَذَا الْأَمْرَ حَتَّى يَسِيْرَ الرَّاكِبُ مِنْ صَنْعَاءَ إِلَى حَضْرَمَوْتَ، لا يَخَافُ إِلاَّ اللهَ وَالذِّئْبَ عَلَى غَنَمِهِ وَلَكِنَّكُمْ تَسْتَعْجِلُوْنَ»
«Sizlardan avvalgilar davrida kishi ushlab kelinib, unga chuqur qazilar, so’ng shu chuqurga tushurilib, arra bilan boshini ikkiga bo’lib tashlanar edi. Temir taroqlar bilar taralib, go’shti bilan suyagi (ajratib olinardi). Ammo bu narsa uni dinidan to’solmas (ya’ni qaytarolmas) edi. Allohga qasamki, Alloh bu ishni albatta tamomiga etkazadi. Ana shunda San’odan Hazramavtga yo’l olgan otliq ham hech narsadan qo’rqmay bemalol boradigan bo’ladi. U faqatgina Allohdan va qo’ylarini bo’ri eb ketishidan qo’rqadi, xolos. Lekin sizlar shoshilyapsizlar». Ha, shunday, bu Sodiq, Masduq Payg’ambarimizning va’dasidir. Payg’ambarimiz Aning Suroqa ibn Molikka bergan va’dasini eslang. Suroqa mukofot olish ilinjida Payg’ambarimiz ortidan quvib ta’qib qilgan edi. Chunki Quraysh kim Muhammad Ani tiriklayin ushlab kelsa yoki o’ldirib olib kelsa unga eng zotdor tuyalardan yuztasi mukofot qilib berilishi haqida qabilalarda jar solib e’lon qilgan edi. Suroqa shu mukofotni olish ilinjida Payg’ambarimiz Ani ta’qib qildi. Shunda Payg’ambarimiz unga: «Ey Suroqa, Kisro bilakuzuklarini taqqan paytingda o’zingni qanday his qilar ekansan, nima deysan?» dedilar. Suroqa: Madoindagi oq qasr sohibi Kisro ibn Hurmuzningmi? – dedi. Payg’ambarimiz: «Ha, Kisro ibn Hurmuzning» dedilar. Holbuki Kisro o’sha davrda o’z asridagi eng kuchli podshohlarning eng kuchlisidan edi. Ana shu va’dadan keyin kunlar aylandi. Birdan qarabsizki, o’ldirib muborak qonini to’kishmoqchi bo’lgan, quvg’in qilinib, tun zulmati pardasida yashirinib Makkadan chiqib ketgan Payg’ambarimiz Muhammad A Makkaga sayyid, fotih holda, minglab yarqiragan qilichlar va nayzalar qurshovida qaytib keldilar. Kunlar yana aylandi. Birdan qarabsizki, musulmonlar ishini boshqarish Umar Foruq qo’liga o’tdi. Umar Foruq Kisro podshohligini yo’q qildi va musulmonlar o’ljalarni baytul molga olib keldilar. Shunda Umar Foruq Suroqa ibn Molikni chaqirib unga Kisro ko’ylagini kiygizdi, boshiga uning tojini qo’ydi, qo’liga uning bilakuzuklarini taqdi. Shundan keyin Umar Suroqaga qarab: voh (qoyil), Banu Madlajdan bir a’robiy boshida Kisroning toji va qo’lida uning bilakuzuklari – dedi. Ha, shunday, samolaru er va ularning orasidagi narsalar Alloh Subhanahuning mulkidir. Alloh Subhanahu biron narsani iroda qilsa unga faqat «bo’l» deydi, u narsa darhol bo’ladi. Demak Alloh Subhanahuni Amerikaning toju taxti ham, Rossiyaning toju taxti ham, er yuzidagi boshqa tog’utlarning toju taxtlari ham ojiz qoldirolmaydi.
Biz ummatlarning bir-biri bilan to’qnashib turishi, ularning o’rtasida kurashlar borishi koinot qonuniyatlaridan biri ekanini bilamiz. Chunki haq bilan botil o’rtasida kurash Alloh er va uning ustidagi narsalarni meros qilib olgunga qadar davom etaveradi. Bu kurash hujumlar va chekinishlarni boshdan kechiradi, ularda ko’tarilish va pasayishlar bo’ladi.
وَتِلْكَ الأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ النَّاس
«Bu kunlarni (ya’ni g’alaba va mag’lubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turamiz» [Oli Imron 140]
Masalan o’tmishda Islom dushmanlari mo’g’ul-tatarlar Xalifalik poytaxti Bag’dodni bosib olishga muvaffaq bo’lishdi. Ayni vaqtda salibchilarning kuchi Rosul Aning Isro erini toptab bulg’atayotgan edi. Ummatimiz tarixidagi ana shu qora sahifaga qaramay Alloh Subhanahu bu Ummatga xolis qo’mondonlikni taqdir etdi. Bu xolis qo’mondonlik musulmonlarni birlashtirib ularni ikkala bosqinchini: salibchilar va mo’g’ul-tatarlarni yanchib tashlash, bosqinchilik asoratlarini yo’q qilish sari etakladi. Bugina emas, balki Alloh Subhanahu bu Ummatga sulton Muhammad Fotihni taqdir qildi. Bu sultonni u Rosululloh Aning:
«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ، فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا، وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»
«Albatta Konstantinopol fath qilasizlar, uning amiri qanday ham yaxshi amir, ana shu qo’shin qanday ham yaxshi qo’shin», degan bashoratiga noil bo’lib zafar qozonishi uchun maydonga chiqardi. Shundan keyin musulmonlar qo’shinlari fathlarga otlanib, sulton Sulaymon davrida Venagacha etib bordilar. Endi agar Faysal Qosim Rosululloh Aning Rim fath etilishi haqidagi bashoratiga (Rosululloh Adan ikki shahardan qaysi biri avval fath etiladi, Konstantinopolmi yoki Rimmi, deb so’ralgan paytda Payg’ambarimiz A:
«مَدِينَةُ هِرَقْلَ تُفْتَحُ أَوَّلاً»
«Irakli shahri birinchi fath etiladi», ya’ni Konstantinopol, deb javob bergan edilar) shubha bilan qaraydigan bo’lsa, biz Alloh Azza va Jallaning O’z dinini g’olib qilish haqidagi va’dasiga qattiq ishonamiz.
يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ * هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ
«Ular Allohning nurini (ya’ni Islomni) og’izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O’z nurini (ya’ni dinini) to’la (ya’ni har tarafga) yoyguvchidir. U (Alloh) O’z payg’ambarini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar istamasalar-da — barcha dinlarga g’olib qilish uchun yuborgan zotdir» [Sof 8-9]
Faysalning Amerika kuchli, degan da’vosiga kelsak, bu da’vo menga Haq Subhanahu va Taoloning ushbu qavlini eslatadi:
مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاء كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًا وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
«Allohdan o’zga «do’stlar»ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o’zi uchun) uy qurib olib, (o’sha uyidan panoh istagan) o’rgimchakka o’xshaydi. Albatta uylarning eng nimjoni o’rgimchak uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (o’rgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan bo’lur edilar)» [Ankabut 41]
Ha, shunday, moddiy quvvat haqning quvvatiga tayanmaydigan bo’lsa u yo’q bo’lib ketuvchi mo’rt quvvatdir. Masalan Xitoy xalqiga afyun (opium, narkotik modda) savdosini zo’ravonlik bilan yuklagan Britaniya bo’ladimi, yoki 2011-2014 yillar orasida «rivojlanuvchi» davlatlarga 156 milliard dollar qiymatida qurol-aslaha sotgan Amerika va Rossiya bo’ladimi yoki Falastinda G’arb hazorati jinoyatlariga dalil bo’lib turgan jinoyatlardan biri yahud vujudi bo’ladimi, hech farqsiz, bularning barchasi yo’q bo’lib ketuvchi mo’rt quvvatdir. Shuning uchun Faysal Qosim haqni ajratib olsa yaxshi bo’lardi. Haqning haqligiga dushmanlarning o’zi guvohlik bermoqda. Masalan sobiq Amerika elchisi Den Simpson o’zining Pittsburgh Post-Gazette gazetasida 2015 yil 30 dekabrda nashr qilingan maqolasida Amerikaning olamdagi yovuzlik boshi ekanini, o’lim savdosi bo’lmish qurol-aslaha savdosi to’xtatilmas ekan er yuzida tinchlik hech qachon bo’lmasligini tan oladi.
Britaniyalik mashhur tarixchi Arnold Toynbi esa o’zining «tsivilizatsiya muhokama ostida» nomli mashhur kitobida G’arb hazorati shuncha ko’zni qamashtiruvchi moddiy yutuqlarga erishganiga qaramay bu hazorat oxir-oqibat tubanlik va yo’q bo’lib ketishga mahkum ekanidan ogohlantiradi. Chunki G’arb hazorati mustahkam diniy aqida asoslariga tayanmaydi, deb yozadi Toynbi. U Islom azamati-buyukligini unutgan o’z millatini qulashi muqarrar bo’lgan o’z hazoratlarining aldamchi texnologik taraqqiyotiga g’ururlanib, aldanib qolmasliklari zarurligi haqida ogohlantirgan (85-86 sahifa). U ularni o’zlaridan oldin o’tgan millatlar va hukm surgan, so’ngra yo’q bo’lib ketgan hazoratlar qismatidan saboq olishga chaqiradi (84 sahifa). Muallif bu bilangina kifoyalanmay balki o’z millatini yaqin kelajakda etakchilik rolini o’z qo’liga oluvchi islomiy hazoratni kashf qilishga ham chaqiradi. U Islomiy Ummat o’zini qamrab olgan vaqtincha uyquga qaramay o’zining G’arb hazorati ustidan qozongan g’alabasini yana takrorlashga tayyor turganini bayon qiladi. Islomiy Ummat Shom va Misrni ming yil davom etgan greklar hukmronligidan ozod qilishda qanday g’alaba qilgan bo’lsa tamoman shunday g’alaba qiladi. Bu Ummat Nuriddin Zangiy, Salohiddin va mamluklar qo’mondonligi ostida salibchilar va mo’g’ul-tatarlar bosqinini yanchib tashlashga ham muvaffaq bo’lgan, deb yozadi Toynbi (187 sahifa). Bugina emas, balki Toynbi olamiy hazorat markazi Bag’doddan tortib Farg’ona vodiysiga qadar cho’zilgan «ko’prik»da bo’lishini ham bashorat qiladi.
Endi toyota avtomashinalari va Amerika dollari haqida aytadigan bo’lsak, ey Faysal, sen bu arzimas, mayda-chuyda narsalarni qo’y. Chunki Islomiy Ummat boyliklar va bashariy layoqatlardan shunday narsaga egaki, bular unga bashariyat etakchiligi maqomini egallash imkonini beradi. Lekin Islomiy Ummat bu maqomni mustamlakachilik jinoyatchiligi asosida emas, balki haq va adolat asosidagi Islom risolati bilan egallaydi. Zero Islomiy Ummat odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatdir. U Allohning metin arqonini mahkam tutar ekan shunday ummat bo’lib qoladi. Islom esa
لاَ إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ
«Dinga zo’rlab (kiritish) yo’qdir» [Baqara 256]
tushunchasi asosiga qurilgan bo’lib, Islom yadroviy bombalar, kimyoviy qurollar va portlovchi bochkalar bilan emas, aksincha haqning quvvati va qanoatlantirish bilangina yoyildi. Shuning uchun agar G’arb tahdidi voqesini bahs qilishni, Ummatni uyg’otish uchun va bashariyatni G’arb jinoyatlaridan, zulmidan va bosqinchiligidan ozod qilish uchun G’arbga qarshi kurashish yo’lini bahs qilishni istasang biz buni sen ixtiyor qilgan har qanday makon va zamonda olqishlaymiz.
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi
Manzil: alMazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010
Telefon: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info