Suriyadagi jinoyatkor rejim kuchlari bilan Eron hizbi qurolli to’dalari o’tgan iyul oyidan beri Damashq yaqinidagi Madaya, Baqin va Zabadoniy shaharlarini qamal qilib kelmoqda. U erda aksari ayollar va bolalardan iborat 50 mingdan ziyod fuqaro oziq-ovqat mahsulotlari, toza ichimlik suvi va dori-darmonlardan mahrum qilindi. Fuqaro faollarining guvohlik berishicha, ocharchilik oqibatida halok bo’lganlar soni o’n olti nafarga etgan, ularning ko’pchiligi bolalar. Bundan tashqari, o’nlab inson jarohatlangan. «Qornim och», degan so’zni tinmay takrorlayotgan bolalariga qamal tashqarisidan biror egulik olib kirishga uringanlari esa snayper o’qiga yoki minaga duch kelib jarohat olgan va aksarining jarohati jiddiy…
Ocharchilik to’g’risida to’xtovsiz xabarlar berilyapti, dahshatli suratlar tarqatilyapti, ammo bu shaharlar nafaqat bir xil ahvolda qolmoqda, balki kundan-kunga yomonlashmoqda. Kunlar emas, oylar o’tdi hamki, begunoh ayollar, bolalar va qariyalar hamon tiriklik resurslari va vositalaridan mahrum holda qolmoqdalar, qirg’inbarot qamalda yashamoqdalar. Hatto «o’lim savdogarlari» oziq-ovqatni tasavvur qilib bo’lmas darajada qimmatga pullashmoqda, ya’ni har qanday turdagi 1 kg emishning narxi 27000 Suriya lirasiga etgan.
Bu shaharlar ahli qo’lida tut bargidan va Alloh in’om etgan ozgina yomg’ir suvidan boshqa hech vaqo yo’q. Chunki zolim hukmdorlar ularni suvdan ham mahrum etganlar. Madaya ahli hayvonlarni asrash jamiyatlaridan mushuklarni himoya qilish uchun kirishlarini so’radilar. Zero, ularning ahvoli mushuk go’shti eyishga majbur qilmoqda. Albatta, ularning bunday iltimoslari insonparvarlik tashkilotlari uchun sharmandali hol. Chunki ular och qolgan bolalar nolasidan quloqlarini berkitib olishdi. Farzandlariga edirib, o’zlari ochlikdan jon berayotgan insonlarni ko’rishdan ko’zlarini yumib olishdi. Xususan, «Qizil xoch»ning bayon qilishicha, bugunda 12 million shaxs (ulardan 5.5 millioni bolalarni tashkil qiladi) favqulodda insonparvarlik yordamiga muhtoj.
Jannat ne’matlardan istagancha to’yib eyish uchun Robbidan jannatga olib ketishni so’ragan fidoiy, azob-uqubatga sobir bolakay ham, o’lim farishtasiga maktub yozib, undan tezroq meni ochlik azobidan qutqargin, chunki oila a’zolarimga o’zimning tez-tez kulishlarim bilan chiroyli xotira qoldirib ketishni istayman, deya iltimos qilgan mazlum qizaloq ham barchamizni yuragimizni qon qildi… Ha, bolalarni kulmaydigan qilib qo’ygan, ularni holdan toydirib, cho’pday ozdirib, go’shtsiz suyakka aylantirgan… mana shu qamal bo’ladi.
Bu azob-uqubatlarni kishi aslo sanab tugatolmaydi, ta’riflab berishga til ojiz. Chunki ahvol tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada. Biz ushbu murojaatimizni biror tashkilotga qarata aytayotganimiz yo’q, chunki ularning hammasi bu holni qoralash, unga norozilik bildirish bilan kifoyalanyapti, xolos. Ular uchun musulmonlar faqat raqamlardan iborat bo’lib qolgan. Bu tashkilotlarning ishlab chiqarilgan joylari bitta: insoniy qadr qiymatni umuman bilmaydigan xalqaro siyosat va ochko’z mustamlakachilik.
Biz bu murojaatimizni jangchi guruhlarga yo’llaymiz: Sizlar birlashing va G’arbning emas, Allohning arqonini ushlang. Ochlikdan skeletlarga aylanib qolgan ayollaringiz, bolalaringiz va qariyalaringizni qutqarish uchun qamalni yorib kiring. Bu yaqinlaringiz qotili bilan muzokara stoliga o’tirmang va muborak qo’zg’oloningizni xor qilmang. Aksincha, uning oxirini zolimning barcha basharalariyu arkonlari bilan ag’darish bilan tamomlang hamda buyuk diningiz butun er yuzi va uning ahlini baxtli saodatli qilishi uchun Alloh shariatini hakam qiling.
Murojaatimizni musulmon zobitlar doxil o’zgartirishga qodir qudrat va yordam ahliga yo’llaymiz: Bunday mezonlarni to’ntarib tashlab, G’arb va uning malaylari rejalarini barbod qiling. Musulmon ayollar va bolalardan iborat bechoralarni qutqarishingizga, balki butun insoniyatga nusrat-yordam berishingizga yo’l qo’ymaslik uchun oyoq-qo’llaringizga solingan kishanlarni parchalang. Shuningdek, hukmdorlari toshu daraxt va insonlarni sotib yuborgan ushbu zaif davlatchalar o’rtasidagi soxta chegaralarni buzib tashlang.
U yoqda bosib olingan Falastin go’daklari bo’lsa, bu yoqda Madaya, nafaqat Madaya, balki majruh Suriya, mazlum Iroq, Taaz, qonga belangan Yaman farzandlari turibdi… Ularning ro’yxati uzundan-uzun. Ularning barchasini shu chegaralar ajratib turibdi. Ammo ular aslida bitta Ummat farzandlaridir. Bugun G’arb davlatlari Ummatga qarshi jamlandi. Ularning manfaatlari bu Ummatni har tomonga tortib ketmoqda. Ular erkinlik, tinchlik kabi niqoblar ostida Ummatni yo’q qilishga kelishib olishdi.
Biroq Islomiy Ummat sayyidimiz Muhammad Mustafo A Ummatidir. Shu bois faqat haq-rost so’zlaguvchi Rosulimiz Aning ushbu so’zlariga asosan, u ertaga o’z kuch-qudratiga azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan albatta qaytadi:
«لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ والنَّهَارِ، وَلاَ يَتْرُكُ اللهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إلاَّ أدْخَلَهُ اللهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ، عِزًّا يَعِزُّ اللهُ بِهِ الإسْلاَمَ وَذُلاًّ يُذِلُّ اللهُ بِهِ الْكُفْرَ»
«Bu ish kecha va kunduz etib borgan joygacha etib boradi. Alloh bironta ham o’trog’u ko’chmanchining uyini qoldirmasdan, unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi».
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi
Manzil: alMazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010 Telefon: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info