Rossiya O’rta Osiyoda Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurashish uchun Qirg’izistonni qurollantirmoqda
2015 yil 23 dekabr chorshanba kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu uning davlati O’rta Osiyo mintaqasida Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurashish maqsadida qirg’iz armiyasini qayta qurollantirmoqchi ekanini ta’kidladi.
U Moskvada qirg’iz qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig’i general Janibek Kaparov bilan uchrashuvi chog’ida «Biz Afg’oniston tomondan kelayotgan bunday tahdidlarga qarshi kurashishi uchun qirg’iz qurolli kuchlarini qurol-yaroq bilan ta’minlash rejasi yo’lida qo’limizdan kelgan barcha ishlarni qilamiz», dedi.
Keyin «Umid qilamanki, bularning barchasi bugun yuzaga kelgan ayni tahdidlarga qarshi kurashda yanada ijobiy yo’llarni ochib beradi», dedi. Shoygu shunga ishonch bildirdiki, kirg’izistonlik hamkasblari, Afg’onistonda mavjud terroristik tashkilotlarga qo’shimcha, yangi IShID jangari tashkiloti paydo bo’lganiga guvoh bo’lishgan. Zero, ularning soni oz emas, maqsadlari esa o’z terroristik faoliyatlarini davom ettirish evaziga moliyaviy daromadlarni qo’lga kiritishdir.
Shoyguga ko’ra, har ikki tomon mushtarak sa’y-harakatlar orqali ayni tahdidlarga qarshi Qirg’izistonda mudofaa tizimini yaratishga muvaffaq bo’lajaklariga ishonishini bildirdi («Sputnik» sayti).
Roya gazetasi sharhi:
Rossiya mudofaa vizirining qirg’iz qurolli kuchlarini qurol-yaroq bilan ta’minlash to’g’risida qilgan bunday bayonoti Moskvaning ayrim O’rta Osiyo respublikalariga Afg’oniston orqali Islomiy Davlat tashkilotining kirishidan va Rossiya ichkarisida qurolli amaliyotlar sodir etishidan xavfsirayotganiga dalolat qiladi. Rossiya Amerikaning Islomiy Davlat tashkiloti xatti-harakatlaridan ayrim mintaqalarda foydalanishini biladi. Shuning uchun Amerikaning ayrim Rossiya manfaatlariga zarba berishidan chindan ham xavfsiramoqda. Rossiyalik bir mas’ulning bayonotiga ko’ra, Rossiya Tolibon harakati bilan ikki tarafning mushtarak dushmani bo’lgan Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi hamkorlikda kurashish uchun so’zlashuv o’tkazgan. Tolibon esa o’rtalarida bunga o’xshash aloqa bo’lganini rad etgan.
Roya gazetasining 2015 yil 30 dekabr
chorshanba kungi 58-sonidan