Madayada musulmonlar ochlikdan o’lmoqda

440
0

Asad kuchlari va Hizbulloh askarlari tarafidan qamal qilingan Suriyaning Madaya shaharchasida ochlikdan jon taslim qilayotgan musulmonlarning soni borgan sari ortib bormoqda.

Fuqarolar huquqini himoya qilish tashkilotining vakllaridan biri Abdulloh Hafining bildirishicha, Madaya shaharchasida 40 ming inson ochlikdan halok bo’lish xatari ostida qolgan. Asad va Hizbulloh kuchlari 194 kundan buyon u erga insoniy yordam kirgizishga izn bermay kelyapti.

Shahar fuqarolaridan biri “ochlikdan it va mushuklarni eyapmiz, ularning huquqlarni himoya qilmaysizmi”, deya hayvonlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilib chiqdi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, shaharda yo’qchilik tufayli oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari 15-20 barobarga oshib ketgan. Shaharda tibbiy uskunalar va dori-darmon etishmasligini ta’kidlab o’tgan manbalarning bildirishicha, xalqaro jamoatchilik mintaqaga insonparvarlik yordamini kiritish uchun Asad rejimiga bosim o’tkazish zarurdir.

Ayni paytda shahrda bir kilogramm shakar 60 ming Suriya lirasi (taxminan 150 AQSh dollari), bir litr o’simlik yog’i 70 ming Suriya lirasi (taxminan 175 AQSh dollari), bir kilogramm guruch 40 ming Suriya lirasi (100 AQSh dollari) bahosida sotilmoqda. Elektr energiyasi uzilib qolgan mintaqalarda yurt aholisi vayronaga aylangan uylar ostidan topilgan yog’och qismlari bilan isinib jon saqlashga majbur.

Madayadagi musulmonlarning qamal qilinishi va ochlikdan o’lishiga qarshi Sharqiy G’uta va Halab aholisi butun dunyo xalqlarini diqqatini jalb qilish uchun namoyishlar o’tkazmoqda. Namoyishchilar qo’llarida “Xasis xalqlarning chirigan oziq-ovkatlari bizga kerak emas”, “Tiz cho’kishdan ko’ra o’lganimiz yaxshidir”, “Biz Madaya halqi bilan birgamiz”, “Qamal, ochlik va qashshoqlik bizni birlashtiradi”, deb yozilgan bannerlarni ko’tarib chiqishdi.

Turkiston:

Payg’ambarimiz (sav) tomonidan maqtalgan Shom mintaqasining markazi bo’lgan Suriya mamlakati musulmonlari, faqat robbimiz Alloh deganlari uchun azoblanishmoqda.

 Quturgan kufr olami, Suriya inqilobini bira to’la sindirib yuborish uchun, butun olamni bir tomonga surib oldi. Islomiy mamlakatlarni esa, yaqin qo’shnilari yoki qarshilik qilish uchun imkoniyatlari bo’la turib, lom deya olmaydigan qo’rqoq va manqurt musulmonlarga aylantirib oldi.

Suriya musulmonlarining shu kungi holati Payg’ambarimiz (SAV)ning Makkada o’z qabiladoshlari bilan qamal qilinib turgan holatini eslatadi. O’shanda ham kufr etakchilari Payg’ambarimiz (sav)ga ergashgan musulmonlarni kufrga qaytarish uchun, hatto Islom diniga kirmagan qabiladoshlari bilan birga qamal qilib qo’yishganidan, ularning juda ko’p qismi ochlikdan qirilib ketishgan edilar.

Suriyada ham, kufr olami o’ziga tobe’ bo’lgan jangari guruhlarni va boshqa musulmonlar istiqomat qiluvchi mintaqalarni bir necha qismga bo’lib oldi. Ularning ochiq o’ziga tobe’ bo’lganlarini har tomonlama behojat qilib, har xil yo’llar bilan ularni oziq ovqat, qurol yaroq uy joy, va hatto milliardlagan dollarlar bilan dastaklab kelishayapti. Keyingi toifa vakillari, ya’ni ochiq xiyonat qilishmagan, lekin siyosiy xatolar qilish bilan, beixtiyor kufrning bir qator muammolarini hal qilib kelayotgan guruhlarni ham asosiy ehtiyojlari qondirib turiladi yoki shunga imkoniyatlar yaratib beriladi.

Lekin yuqoridagi har ikki toifa turkumiga kirmagan, Shomdagi islomiy inqilobiy harakatni davom ettirish tarafdorlari bo’lgan bir toifa bor. Alloh ulardan rozi bo’lsin. Kufr olami ana shu haqiqiy musulmonlar toifasidan qo’rqadi. Ular esa, faqat Allohdan qo’rqishadi va unga bergan va’dalarida sobit qadam turaverishadi.

Kufr olami, bu toifa musulmonlarni har xil yo’llar bilan, avval mafkuraviy chalg’itishga harakat qilishadi, uddalay olishmagach, jismonan yo’q qilib yuborish uchun yuqoridagi kabi har xil uslublar bilan bir qator harakatlar olib borishadi. Lekin shu vahshiyona harakatlarini olib borishayotib, Turkiyada yig’ilgan AQShparast koalitsion harakat tashkilotini va Saudiya Arabistonida tuzulgan yangi islomiy yurtlar ittifoqi kabi bir qator musulmonlar iymoni uchun tuzoq bo’lgan tashkilotlarni ochib qo’yadi. Qaysi shaxs yoki guruh ushbu ittifoqqa qo’shilishni ixtiyor qilsa yoki ular bilan boshqa maxfiy va oshkora ishlar olib borsa, yuqoridagi kabi o’ta qiyin ahvollaridan chiqib olishlari uchun imkon berishadi.

O’shanda u mintaqadagi qirilib borayotgan musulmonlarga, va ularning ochlik va boshqa yo’llar bilan qatli omm qilinib borayotgan holatlariga islomiy mamlakatlar etakchilari jiddiy e’tibor bera boshlaganlarini ko’ramiz. Chunki u kunda kufr sistemasi ularning harakat tugmachalarini bosib, o’z toifalariga kirgan yangi bir guruhni qabul qilib olinglar deydi. Lekin shu kunlarda ustilarimizdagi etakchilarimiz, ularning qo’l ostilaridagi matbuot xizmatlari, ularning boshchiliklari ostidagi armiyalarning barchasi sukut qilib tamosha qilib turishaveradi.

Bu etakchilarimizga saltanatni ikki qo’llab topshirib bergan biz musulmonlar o’z xatolarimizni to’g’rilash uchun o’z hokimiyatlarimizga va armiya harbiylariga, yuqoridagi mintaqalarga yorib o’tib bo’lsa ham yordam berishlari uchun bosim berishimiz vojib. Aks holda biz sukut orqali o’z roziligimizni izhor etgan bo’lamiz (Alloh saqlasin)! Kufr olami bizdan xuddi ana shu sukut qiluvchi musulmonlardan bo’lishimizni talab qilishayapti. Uni ular “mo”tadil islomchilar” deb atab olishdi. Aslida bu “sukut rizolik alomati” degan qoidaga binoan, bizlardan kufrning har bir harakatiga rozi bo’luvchi ikkiyuzlamachilardan bo’lishimizni talab qilishayapti. Faqat iymonsiz insongina yuqoridagi holatlarga befarq qarashi mumkin (Alloh saqlasin).

Lekin, Allohning roziligini topib, yuqoridagi musulmonlar kabi, kufrni rozi qilish bilan oxiratlariga ziyon etkazib olishdan qo’rqib, ulkan balolarga sabr qilib kelayotgan musulmonlar uchun albatta Allohning nusrati keladi. Bu holat, ular uchun ham biz dunyo musulmonlari uchun ham, Allohning qattiq sinovi bo’layapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.