Tojikiston va Saudiya Arabistoni xavfsizlik, jumladan, terrorizmga (Islomga) qarshi birgalikda kurash olib borish sohasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda dushanba, 4 yanvar kuni Tojikiston prezidenti matbuot xizmati Imolali Rahmon hamda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Abdulaziz o’rtasida bo’lib o’tgan muzokaralar yakuniga ko’ra xabar qildi.
Ayni paytda Tojikiston etakchisining Ar-Riyodgi qilgan uch kunlik rasmiy safari davom etmoqda. Imomali Rahmon so’zlariga ko’ra, Tojikiston Saudiya Arabistonini arab dunyosi va O’rta Sharqdagi muhim sherigi deb hisoblab, doimiy ravishda ushbu mamlakat bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi.
Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakatning xalqaro siyosatdagi pozitsiyasi bir-biriga yaqin bo’lib, etakchi global va mintaqaviy masalalar bo’yicha o’zaro mos tushadi.
“Tojikiston va Saudiya Arabistoni har ikki mamlakat xavfsizlik, jumladan, uyushgan transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida samarali hamkorlik shaklini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega”, – dedi Imomali Rahmon.
Bundan tashqari Saudiya Arabistoniga safari natijasida Imomali Rahmon qirollik rasmiylarining millionlab dollar yordam va’dasini olishga muvaffaq bo’lgan.
Qirol Salmon Abdulaziz va boshqa rasmiylar bilan muzokaralar chog’ida Tojikistonga 108 million AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratishga kelishilgan.
Saudiya Islom Taraqqiyot Banki orqali Tojikistonga berishi kutilayotgan ushbu mablag’ Dushanbe-Ko’lob-Xorog-Murg’ob xalqaro avtotrassasi ta’miriga sarflanadi.
Turkiston:
Bu G’arbning Tojikistonga Saudiya orqali pul berishi, xuddi Los Vegas qimorxonalaridagi bir tomonning ikkinchi bir tomonga muayyan maqsadini amalga oshirish uchun o’tkazib beradigan pora berishi uslubini eslatdi.
“Terrorizm”ga (Islomga) qarshi kurashda yoki umuman boshqa siyosiy va harbiy ishlarda Saudiyaning bu mintaqalarda hech qanday manfaati yoki ta’siri bo’lgan emas.
Kufr sistemasining etakchilari bo’lmish G’arb davlatlari Islom sistemasiga qarshi birlashishdi. Bunda ular o’z ixtirolari bo’lgan “Islom davlati” tashkilotidan o’zlari uchun o’ta manfaatli foydalanib kelishayapti. Lekin Saudiya Arabistoni bizlarning mintaqalarimizga himoyachi rahnamo rolida aralashgan emas edi. Demak kofir G’arb davlatlari islomiy yurtlardagi o’z malaylarini boshqa malaylari bo’lgan yasama quvvatlarga qarshi otlantirish uchun musulmonlararo harbiy harakatlarni markazlashtirmoqchi bo’lyapti.
E’tibor bersak, ilgari qashshoq mamlakatlar uchun faqat inson erkinliklarini himoyasi uchun mablag’lar ajratilar edi. Endi esa, boshqa musulmonlarga qarshi tuzilib kelinayotgan markaziy harbiy uyushmalarga jalb qilish va o’z fuqorolariga qarshi zulmlarni kuchaytirishlari uchun moliyaviy ko’mak ko’rsatila boshlandi. Bu G’arb sistemasini o’z aqidalarining mafkuraviy asoslari bo’lgan qadriyatlaridan voz kechishayotganlaridan darak beradi. Buni ular o’z qo’llari bilan emas, boshqa islomiy mamlakatlar qo’llari bilan amalga oshirishmoqchi.
Xuddi “Islom davlati” tashkiloti singari bu davlatlarni ham, ma’lum missiyalari nihoyasiga etgunicha itdek ishlatadi. So’ng ularni hozirdagi Rossiya singari yoki o’z xotimasini kutib turgan “Islom davlati” tashkilotidek qoralay boshlaydi. Bu bilan kufr olami, har ikki tomonni ham dastaklab, ularni bir birlari bilan uzoq urushtiradi. Chunki kufr sistemasining ishlash mexanizmi shunday. Avval vahimali obraz yaratib oladi, so’ng uni bartaraf etish uchun unga qarshi yana boshqa vahimali tashkilot yoki davlat paydo qiladi. Ikkala tomon urushayotganida esa u har ikki tomonni dastaklab boradi.
Tojikistondagi kufrning manfaatlariga kelsak. Bu Saudiyaning mulozamatlari, Afg’onistondagi G’arb mashinasining kelgusidagi rejalariga bog’liq. Kufr sistemasi etakchilarining Markaziy Osiyodagi bir qator qabih harakatlari Afg’oniston orqali boshlanishi rejalashtiriladi. Tojikiston, Afg’oniston va O’zbekistonning eng yaqin qo’shni mamlakati ekanligidan, G’arb uchun Tojikiston muhim strotegik mintaqa hisoblanadi. Xuddi bir vaqtlar Pokiston Afg’oniston uchun, Turkiya Checheniston va Suriya uchun muhim plotsdarm vazifasini bajargani kabi. Bu bilan G’arb O’rta Osiyoning markazi bo’lgan O’zbekistonni xavotirda ushlab turadi, Afg’onistondagi o’ta zaif bo’lgan o’zining hokimiyatini himoya qiladi va oxirgi mustamlakalari joylashgan Rossiyaning manfaatlariga ham qandaydir ziyon etkazishni rejalashtiradi.