O’zbekiston muslima ayollari ko’chada ro’moliga tajovuzdan qo’rqib, uylaridan chiqaolmay qoldilar

856
0

Xabar:

1 dekabrda “Ozodlik Radiosi” tarqatgan xabarga ko’ra: ”Toshkent shahrida kiyinish madaniyatiga rioya etmagan ayollar ro’yhati tuzilmoqda. Poytaxtda hijobli ayollarni jamoat joylarida ro’molda yurish qonun bilan taqiqlanganligdan ogohlantirib, bu haqidagi hujjatga qo’l qo’ydirmoqda. Rasmiylar ro’yxatni yuqoridan rahbariyat talab qilayotganini aytmoqda.”

Izoh: Keyingi yillarda zolim Karimovning jinoyatchi rejimi O’zbekistonda muslima ayollarni qattiq ta’qib ostiga olmoqda. Islom dinini bu yurtga qaytishidan qo’rquvchi va nafratlanuvchi kufr rejimi iffatli muslima ayollarni jamoat joylarida qo’lga olib, ro’mollarini echishga majburlamoqda. Avvalo bu ishlar ayollarni qo’lga olib, haqoratlar bilan so’roq qilish, ko’p hollarda esa surbetlarcha ko’chada ro’mollari yulib olish shaklida bo’lar edi. Endi esa bu rejim ro’mol o’ragan ayollarni ro’yxatga olishni boshladi.

Birinchi marta qo’lga tushgan muslima ayollarni jamoat joylarida islom dini talablari asosida kiyinish qonunga zidligi haqida ogohlantirilib, diniy libos kiyish taqiqlangani haqidagi hujjatga qo’l qo’yishi talab qilinmoqda. Hujjatda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 14-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 184-modda, 1-qismi haqida so’z yuritiladi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 184-modda, 1-qismida: “Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi — eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi”, deyilgan. Buning natijasida, qo’lga olingan ayollar ro’mollarini echmasalar, birinchisida 250 dollar atrofida jarimaga tortiladilar. Agar ikkincha marotaba qo’lga tushsalar, 15 sutkaga qamaladilar, agar bunda ham echmasalar uzoq muddatli qamoq jazosiga tortiladilar.

Aksari hijob kiygan muslimalar qo’lga olinib va ko’chada hijoblariga tajovuzdan qo’rqib. jamoat joylariga chiqa olmay uyda o’tirishga majburlar. Ko’chaga chiqishga majbur bo’lganlar esa, or nomuslarini xavf ostiga qo’yib bo’lsada, taksi xizmatidan foydalanmoqdalar, chunki yo’llarni esa tinimsiz nazorat qiluvchi militsiya xodimlari taksi haydovchilaridan tovlamachilik qilib, pul undiradilar. Agarda taksida hijobli muslima ayolni to’xtatsalar, bunday holatda jarima yoki hibsga olishdan qutulib bo’lmaydi.

Ey musulmonlar! Zolim Karimov rejimi Yaratuvchini inkor qiluvchi kufr tuzumidir, demak uning asosida Islom va musulmonlarga dushmanlik yotadi. O’zbekiston va O’rta Osiyoda to bunday tuzum mavjud ekan, pokiza qizlarimiz, opa singillarimiz, onalarimiz va ayollarimiz bunday ta’qiblardan aslo qutula olmaydi. Allohga va Oxirat kuniga kufr keltirganlar musulmonlarni o’z dinlaridan qaytmagunlaricha ta’qib etaveradilar. Qudratli Allox Taolo o’z kitobida aytadiki:

 وَلَا يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمْ عَنْ دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُوا

“Ular (kofirlar) qo’llaridan kelsa to diningizdan qaytargunlaricha sizlar bilan urishaveradilar.” (2:217)

 إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ اللّهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُواْ إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ

“Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yo’lidan to’sish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflaydilar-u, so’ngra o’zlariga hasrat bo’ladir, keyin mablug’ bo’larlar. Kufr keltirganlar jahannamga to’planurlar.” (8:36)

 وَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا فَتَكُونُونَ سَوَاءً

“Ular siz ham xuddi o’zlaridek kofir bo’lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar.” (4:89)

Ey Musulmonlar! Bunday xor va og’ir ahvoldan qutulishning yagona yo’li O’rta Osiyodagi va barcha Islomiy o’lkalardagi musulmonlar ustiga o’rnatib qo’yilgan Tog’utlarning xudosiz tuzumlaridan ozod bo’lish uchun qattiq harakat qilishlikdir, bunday harakat qilish muqarrardir. Islom dinini qayta hayotga olib kelish bizlarni xavfsizligimizni, nomusimiz va izzatimizni qaytaradi. Hech qachon unutmangki, Qur’on va Sunnat bilan boshqaradigan adolatli hokim rahbarligidagi Islom asosidagi roshid Xalifalikning qayta tiklanishigina ayollarimiz, opa-singillarimiz va onalarimiz xavfsizligini ta’minlay oladi.

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

“Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam beradir va qadamlaringizni sobit qiladir.” (4:47)

Hizb ut-Tahrir Markaziy Media Ofisi xodimi Eldor Xamzin

20.12.2015

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.