IShID Suriya rejimi bilan kelishgan holda ortga chekinmoqda

0
833

Suriya poytaxti Damashqda hukumat kuchlari bilan IShID o’rtasida bitim tuzildi. Mazkur bitimga binoan IShID kuchlari muxolif kuchlardan tortib olgan hududlardan chiqib ketadi. Bu haqida Suriya Inson huquqlari tashkiloti ma’lum qildi.

Markazi Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) asoschisi va prezidenti Rami Abdurahmon tarafidan payshanba kuni berilgan bayonotda aytilishicha, mintaqadagi IShID jangchilari va ularning oila a’zolari, shuningdek, ayrim yarador jangchilar ishonchli o’tish yo’li orqali mintaqani tark etadi.

Bayonotga ko’ra, BMT vositachiligida amalga oshirilgani bitimga binoan Poytaxt Damashq atrofidagi mintaqalar IShID jangchilaridan tozalanishi ko’zda tutilgan. Rami Abdurrahmon o’zining bayonotida IShIDning Yarmuk qochqinlar lageridan va Hajarul Asvatdan ham chiqib ketishi kutilayotganini ham aytib o’tdi.

Oxirgi olingan xabarlarga ko’ra, kelishuv tafsilotlari IShID va Asad rejimi o’rtasida sir tutilmoqda. Mintaqadagi ishonchli manbalarning Suriya Inson huquqlari observatoriyasiga bergan ma’lumotga aytilishicha, IShID jangchilari yuklangan avtobus al-Qadam maydoniga etib borgan.

Suriya Milliy kelishuv vaziri Ali Haydar ham biroz avval ayni masala haqida og’iz ochgan edi. Yarmuk qochqinlar lagerida o’rnashib olgan IShID jangchilarini o’zaro kelishuv orqali chiqarib yuborish haqida reja tuzilayotganini aygan Ali Haydar bu haqida batafsil to’xtalmagan edi.

Izohlar yo'q