Sening siyosiy faoliyating hech kimning marhamatisiz Islom senga bergan huquqdir!
Saudiyadagi va Saudiya jamiyatiga o’xshagan barcha jamiyatlardagi ayol shar’iy hukmlarning to’g’ri tatbiq qilinmasligi hamda shar’iy hukmlarning odatlar va an’analardan iborat sarqitlar bilan aralash-quralash qilib yuborilishi oqibatida aziyat chekmoqda. Ana shu sarqitlarga misol qilib ayolga – go’yo u insoniyliku martabasida erkak kishidan quyi darajada turadigandek – past nazar bilan qarashni, uning ra’yini qabul qilmaslikni yoki hatto u bilan bahslashishni ham qabul qilmaslikni keltirish mumkin. Ular ayolga nisbatan u jamiyatda hech qanday rol va o’ringa ega bo’lmagan shunchaki bir sanoq sifatida qarashadi. Ayol merosdan ham mahrum qilinmoqda. Taloq qilingan ayollar o’zlarining haq-huquqlariga, jumladan bolani boqib tarbiyalash huquqiga ega bo’lishmayapti. Ayollarga mushtumzo’rlik qilish, mahrlarning o’ta yuqoriligi, uylanishdagi ba’zi odatlar yoshlarni uylanishdan o’zini olib qochadigan qilib qo’ydi. Bularning oqibatida qator muammolar kelib chiqmoqda. Masalan oiladagi zo’ravonlik, ayolga turmushga chiqishga rozi bo’lish huquqini bermaslik, o’z moli-pulini tasarruf qilish huquqini bermaslik kabi muammolar paydo bo’ldi. Bu erda ayolni – u fitnadir, uning tashqariga chiqishi unga tegajoqlik qilishga sabab bo’ladi degan hujjat bilan – tashqariga chiqishdan, ta’lim olish va ishlashdan man qilayotgan kimsalar ham bor.
O’zini islomiy mamlakat deb da’vo qilayotganiga qaramay shariatdan yiroq bo’lgan Saudiyadagi ayolning haq-huquqlari tortib olinayotgan va yo’q qilinayotgan mana shunday sharoitda ayol shu kunlarda baladiya saylovlariga sho’ng’imoqda. U oldin ko’rilmagan bir qadamdir. Ayol bu qadamni bir shifobaxsh malham va ideal echim deb xayol qilmoqda! Ayol o’zini bu qadam yuksakka ko’taradi va tortib olingan haq-huquqlarini qaytarib beradi deb xayol qilmoqda! Ovoz berish huquqini qo’lga kiritishganidan keyin saylov amaliyotida ilk marta ishtirok etayotgan ayollar tomonidan bo’layotgan kutish sharoitida 900 nomzod ayol baladiya majlislari saylovlariga sho’ng’imoqda.
Go’yo bir zo’r g’alabadek nog’orayu do’mbira qoqib jar solishayotgan bu saylovlar bilan Saudiya ayoliga uning haq-huquqlari rostdan ham qaytarib beriladimi?! Transport vositalaridagi yoki yo’llardagi beparvolik sababli yo’llarda qonlari to’kilgan bir qancha muallima ayollarning qonlari to’kilganidan javobgar kimsalar rostdan ham shu saylovlar bilan muhosabaga tortiladimi?! Bu ayollarning so’roqsiz, javobgarlikka tortishsiz, biron echim bermasdan yoki hatto bu muammoni hal qilishga harakat qilmay qolib ketavergan ana shu qonlaridan javobgar kimsalar rostdan ham shu saylovlar bilan muhosaba qilinadimi?! Saylanadigan ana shu ayol g’amxo’rlik yo’q bo’lgan bu sharoitda qashshoqlikka mahkum qilinib, o’zini va bolalarini boqish uchun muassasalar va tijoriy do’konlar eshiklarini qoqib tilanchilik qilayotgan qashshoq ayol bilan hamdard bo’lib turadimi?! O’ziga va bolalariga g’amxo’rlik ko’rsatish borasidagi, loaqal bolalarining asosiy ehtiyojlarini ta’minlash borasidagi o’zining haq-huquqi qani, qaerda deb so’roqlayotgan ana shu qashshoq ayol bilan hamdard bo’lib, elkama-elka turadimi?! Saylangan ayol faqat bir muayyan tabaqa uchungina emas, balki barcha fuqarolar uchun sog’liqni saqlash, himoya va etarli ta’minot sohasida g’amxo’rlik ko’rsatilishini ta’minlashga harakat qiladimi?! Ayolning or-nomusini, izzat-hurmatini qo’riqlaydigan va uning barcha ehtiyojlarini ta’minlaydigan g’amxo’rlikni kafolatlashga harakat qiladimi?! Infrastruktura yomonligi sababli yomg’irlardan qulab, yiqilgan uy-joylaridan ayrilib sarsonu sargardon bo’lib yurgan odamlarni boshpana bilan ta’minlashga saylangan ayol harakat qiladimi yoki bu ayol saudlar oilasi o’z basharalarini yaxshi qilib ko’rsatadigan bir quruq soxta ko’rinish bo’lib turaveradimi?! Ma’lumki saudlar o’zlarining fasod ishlari, hamma yoqni fasod qilishlari va malayliklarining badbo’y hidi hammaning joniga tekkani sababli o’zlariga qarshi norozilik ovozlari tobora baland ko’tarila boshlaganidan keyin o’zlarining basharalarini oppoq qilib ko’rsatadigan shunday soxta ko’rinishlarga muhtoj bo’lib qolishgan edi!
Muslima ayol qaerda bo’lmasin parlament yoki baladiyadagi o’rinlarga muhtoj bo’lmaydi. Aksincha u o’ziga Alloh Kitobi va Rosulining sunnati bilan siyosat yurgizadigan Rabboniy nizomga muhtojdir. Rabboniy nizom bag’rida u azizu mukarram bo’lib yashaydi, unga g’amxo’rlik ko’rsatiladi, mehnatidan tekin foydalanilmaydi, uni himoya qilinadi, or-nomusi qo’riqlanadi, hurmati saqlanadi. Rabboniy nizom soyasida ayol o’zining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy haq-huquqlariga to’liq ega bo’ladi.
Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi a’zolari butun musulmonlarga, xossatan ayollarga quyidagilarni ta’kidlaymiz: musulmonlar ayolga uning haq-huquqlarini berish borasidagi bunday aldamchi uslublar tuzog’iga tushib aldanib qolmasliklari kerak. Zero bu tuban nizomlar qanchalik urinmasin ayolga aslo yaxshi g’amxo’rlik ko’rsatolmaydi, uning hurmatini saqlay olmaydi. Chunki bu tuban nizomlar bashar ishlab chiqqan qonunlar bo’lib, bu qonunlar manfaatparastlik mahsulidir. Alloh shariatida esa adolat, azizu mukarramlik va huquq bor. Islom davlati, Payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati biz tiklashga chaqirayotgan davlatdir. Biz shu davlatga intilyapmiz, uni tiklashga harakat qilyapmiz. Chunki shu davlat tiklansa biz bu davlat hokimining go’zal g’amxo’rligi, boylikni mo’l-ko’l berishi, ixlosi, o’z Ummati haqida, bu Ummatning ilgarigi azizligini va mavqeini qayta tiklash haqida qattiq qayg’urib jon kuydirishi bulog’idan qonib-qonib ichadigan bo’lamiz. Shunday ekan – ey ayol – arzimas ushoqlarni qabul qilma, ular bilan xursand bo’lma. Balki o’z haq-huquqingni to’la qo’lga kiritishga harakat qil. Chunki Islom sening boshqaruvga aloqador bo’lmagan idoriy mansablarni egallashingga, jumladan Ummat majlisi a’zosi bo’lishingga o’n to’rt asr oldin ruxsat berib qo’ygan. Sen Ummat majlisida hokimni muhosaba qiladigan, u bilan bahslashadigan bo’lasan. Shunchaki bir baladiya a’zosi bo’lib qolmaysan. Shunday ekan mana shu buyuk qasrni tiklashga harakat qil. Chunki mana shu buyuk qasrda insha Alloh bu yaxshiliklarning hammasiga ega bo’lasan.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
«Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to’planursizlar» [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi
Manzil: alMazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 145010
Telefon: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info