“The Independent” nashrining xabar qilishicha, Yaqin Sharqning ikki mamlakat hukumatlari Saudiya Arabistoni boshchiligida tuzilgan koalitsiyadagi ishtirokidan bexabarligini ma’lum qildi.
Pokiston va Livan terrorizmga qarshi tuzilgan islomiy koalitsiyaga o’z mamlakatlari kiritib qo’yilganidan bexabar ekanligini ma’lum qilishdi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Ayzaz Choudri bayonot berib, u bu haqda gazetadan o’qib bilganini ta’kidlagan. Shundan so’ng Saudiya Arabistoni elchisi qo’ng’iroq qilib vaziyatni muhokama qilgan. Uning so’zlariga ko’ra, rasmiy Islomobod bilan koalitsiyaga qo’shilish masalasi muhokama qilinmagan.
Shuningdek, Livan tashqi ishlar vazirligi ham koalitsiyaga kirganligi haqida hech qanday xabar olmagan. Vazirlik vaziyat yuzasidan izoh talab qilgan va bu qadamni ayrim kuchlar Livan TIV vakolatini o’z zimmasiga olishga bo’lgan harakat qatori baholadi.
Malayziya harbiy amaliyotlarda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan bo’lsa, Indoneziya hozircha Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga kirishga ikkilanib turgani aytilmoqda.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni 34 ta musulmon davlat ishtirokida terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha koalitsiya tuzilganini e’lon qilib, koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladesh, Bahrayn, Benin, Turkiya, Chad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d’Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokash, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgani haqida xabar qilgan edi.