Saudiya Arabistoni mas’ullari o’ttiz to’rt islomiy davlat ishtirokida “terrorizm”ga qarshi harbiy koalitsiya tashkil qilinganligini ma’lum qildi. Koalitsiya tarkibidan o’rin olgan o’ttiz to’rt islomiy davlat quyidagilardir: Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Bahrayn, Bangladesh, Benin, Turkiya, Chad, Togo, Tunis, Djibouti, Senegal, Sudan, Sierra Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Islom federal Respublikasi, Qatar, Kot-d’Ivuar, Quvayt, Livan, Liviya, Maldiv orollari, Mali, Malayziya, Misr, Marokash, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Yaman.
Berilgan birinchi bayonotga ko’ra, Islomiy harbiy koalitsiya xorijiy guruhlar va do’stona davlatlar bilan kelishilgan holda “terrorizm”ga qarshi kurash olib borishi rejalashtirilgan. “Terrorizm”ga qarshi tuzilgan Islomiy harbiy koalitsiyaga ishtirok etmagan davlatlar Jazoir, Ummon, Iroq va Eron davlatlaridir.
Saudiyaning Valiahd shahzodasi Islomiy harbiy koalitsiyaga oid matbuot anjumani tashkil qildi. Valiahd shaxzoda koalitsiya haqida bergan bayonotida Islomiy harbiy koalitsiyaning amaliyotlari IShIDga qarshi kurash bilan cheklanib qolmasligini ma’lum qildi. Shaxzodaga ko’ra, harbiy ittifoq xalqaro hamjamiyat bilan kelishilgan holda harakat olib boradi hamda tashkil qilingan koalitsiya Yaman koalitsiyasidan o’zgacha bo’ladi.
Valiahd shahzoda hozirda o’ttiz to’rt davlatdan tuzilgan koalitsiyaga yana o’nta davlat qo’shilishi kutilayotganini ham aytib o’tdi.
Saudiya rahnamoligida tashkil etilgan anti-terror ittifoqiga a’zo bo’lgan 34 davlat orasida Turkiya ham bor. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Davuto’g’li Bolgariya safari oldidan tashkil qilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning bu haqidagi savollariga javob berdi.
“Saudiya Arabistonidan taklif keldi, biz qabul qildik. Kim tarafidan bo’lsa bo’lsin, qaerda terrorizmga qarshi kurash doirasida bitim tuzilsa Turkiya qo’lidan kelgan yordamni berishga tayyordir”, dedi bosh vazir Ahmad Davuto’g’li.
Turkiston:
Kufr olami “terrorizm” afsonasini shu maqsadi uchun o’ylab topgan edi. U ushbu atamalardan, musulmonni musulmonga qarshi yo’naltirish uchun qurol qilib foydalanishni qasd qilgan.
Lekin, bu xoin musulmonlar tuzayotgan kufr koalitsiyasi albatta mafkuraviy qarshiliklarga barxam bera olmaydi. Bu koalitsiya mag’lub bo’lishi aniq. Lekin kufr sistemasi shu vaqt oralig’ida qanchalagan musulmonni qonini to’kib oladi. Eng achinarlisi, musulmonni qo’li bilan musulmonlarni qoni to’kilishi kutilayapti.
Kufrning va dunyo uchun manqurtga aylangan bir xovuch xiyonatchi avlodni yoki rejimlarni ximoyasi uchun oxirat azobiga va shu dunyoda badbaxt bo’lishga rozi bo’ladigan musulmon odamlar axvoli qanday xam achinarli!? Musulmon askarlar, olimu ulamolar, musulmon siyosatchilari, musulmon saqofiy ziyolilar, farzandlarini musulmonlarga qarshi xarbiy xizmatga yuborishayotgan ota – onalar…. shu urushga bir so’zi bilan bo’lsa xam xissa qo’shishi mumkin bo’lgan jamiyki musulmonlar, sizlarga shu urush kerakmi?!
O’n minglagan musulmonni Xofiz Asad qirib yubordi, o’g’li Bashar Asad yuz minglaganini qirib, millionlagan musulmonni kufr yurtlarida sarson qilayapti. Yaxudiylar Falastinda ayollarni ko’chalarda otib yuborishayapti. AQShning o’zi Afg’oniston va Iroqda bir necha yuz ming musulmonni qirib yubordi. Rossiya xam undan qolishgan emas. Oddiy birmadagi vaxshiyliklarga odam chidab bo’lmaydi. Umuman, kufr olamining musulmonlar ustidagi shunchalar qattiq zulmlari sizlarning “islomiy yurt armiyalarini” birotangizni o’rinlaringizdan qo’zg’ata olgan emas edi! Endi kufr olamiga qarshi zulmlarga chidab bo’lmay ketganidan, javob qaytarishga xarakat qilayotgan musulmonlarga qarshi sizlarni kim o’yg’otib yubordi?! Uyat emasmi!
Endi ID tashkilotini baxona qilib, minglagan musulmon farzandlarimizni qirib yuborayotgan Rus xarbiylaridan estafetani sizlarga topshirishadimi?! Sizlar Rossiya bilan elkama elka, musulmon farzandlarimizni qirishda davom etasizlarmi.
Voqe’likning asl moxiyati shuki, olamda kufr bilan Islom o’rtasida kurash avjiga chiqdi. Lekin xarbiy emas, olamda mafkuraviy kurash borayapti. Shu islomiy mafkura musulmonlarni bir safga tizib kelayapti. Unda xarbiylar, ziyolilar, siyosatchi va boshqa barcha tarmoq a’zolari bor. Kufr olami, Suriyaga piyoda askari bilan kira olmayotganining asosiy sababi xam shu mafkuraviy xamjixatlikni paydo bo’lib qolishidan qo’rqadi. U sizlardan o’zining o’rnida, musulmonlarga qarshi shu iflos maqsadlarida foydalanib olmoqchi.
Sizlarning xoin mamlakat raxbarlaringiz esa, xatto o’z mablag’larini xam kufr mamlakatlarida ularning tasarrufoti ostida saqlab kelishadi. Ular o’z manfaatlari uchun Islom va musulmonlar manfaatiga qarshi borishayapti. Lekin ummatdagi islomiy rux, ularni shu dunyoda xor qilib yuboradi. Chunki ular shuncha yillar kufrni ximoya qilib, lekin Alloxga qarshi xiyonatlarini yashirishga xarakat qilib, xiyla nayranglar bilan makr qilishga xarakat qilib kelishgan bo’lishsa, endi ochiq kurash maydoniga kufrni ximoyachilari bo’lib chiqib kelishayapti. Ularning bu pozitsiyalari, o’zlarini Islom niqobi bilan to’sib olishlariga deyarli imkon bermaydi. Ular kufrlarini oshkor qilishga majbur bo’lishadi. Kufr olami xam buni yaxshi biladi. U musulmon xoin malaylarini musulmonlarga qarshi urushga yo’llab yubormoqchi. Endi unga bu malaylarining unchalik keragi bo’lmay qoldi chog’i.
Kufr olami xar qaysi xolatda xam, ushbu islomiy koalitsiya mavjud bo’lar ekan, islomiy yurtlarda uzoq vaqt urushlar davom etaverishidan umid qiladi. Kufr urush vaqtida xar tomonlarga xam qurol sotib turadi. Bundan tashqari, shu vaqt mobaynida musulmonlarni o’zlarini o’zi bilan ovvora qilib qo’yib, kufr o’zini xar tomonlama yanada tiklab olishga xarakat qiladi. Islomiy yurtlarni esa, xar qaysi xolatda xam kelishi muqarrar bo’lib borayotgan Xalifalik davlati uchun zaif va vayrona xolatda qoldirmoqchi.
Albatta Allox taolo xammasidan ogox. Allox o’z nusrati bilan kufrning xamma nayranglarini o’zining zarari tomon o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lgan yagona zotdir. Biz u zotning nusratidan umidimizni zinxor uzmaymiz.