Biz avval ham musulmon birodarlarimiz Asanaliev Mirbek va Kerimbekov Altinbeklarning xonadonlariga 1 dekabr kuni tonggi soat 6.30 lar chamasida MXDQ xodimlari bostirib kirishgani haqida ularning ayollari ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa qilgan murojaatlariga suyangan holda xabar qilgan edik.
O’sha murojaatlarida ojiza singillarimiz MXDQ xodimlari turmush o’rtoqlariga qo’shib o’zlarini ham yosh bolalari bilan olib ketgani va qo’l telefonlarini tortib olib, bo’lib o’tgan voqea haqida yaqinlariga xabar berib qo’yishlari uchun imkoniyat ham berishmagani, kechga qadar och-nahor ushlab turishgach, kechki soat 11:00 larda yolg’iz ko’chaga chiqarib yuborishgani haqida arz qilishgan edi. Ammo bu ojiza ayollarning ohu zorlari hukumat rahbarlaridan hech kimning qulog’iga etib bormadi.
Shu sababli ham bu mislima singillarimiz kuni kecha yana xalqqa murojaat bilan chiqishdi. Ularning so’zlariga ko’ra, MXDQ xodimlari turmush o’rtoqlarini olib chiqib ketganiga 15 kundan oshgan bo’lsada, ularni qaerda ekanligi, qaerda ushlab turilganligi va qanday ayblov qo’yilgani haqida umuman xabardor qilinishmagan. Holbuki, dunyoviylikni da’vo qiluvchi bu hukumat o’zlari uchun muqaddas qilib belgilab olgan konstitutsiyaga ko’ra “hech kim sud qarorisiz 48 soatdan ortiq vaqt davomida ushlab turilishi mumkin emas” edi. Ammo musulmonlarni “konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda” ayblashga ustasi farang bo’lgan rasmiy hukumatning o’zi davomli ravishda konstitutsiyani buzib kelishi odatiy holga aylanib qoldi.
Singillarimiz o’z erlariga nisbatan bo’layotgan nohaqliklardan shikoyat qilib Qirg’iziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambaevga, Jogorku Keneshga, Bosh prokuror Indira Jo’ldubaeva, Ombudsmen…ga xat orqali murojaat qilishgan. Afsuski, bu rahbarlardan birortasi ham boquvchisiz qolgan, homilador ayollarning shikoyatlariga e’tibor qaratib yordam berish u yoqda tursin, hatto xat orqali javob qaytarishni ham o’zlariga lozim topishmadi.
Qirg’iziston hukumati ham, kuch organlari ham Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashlarida biror me’yor yoki insoniylik qadriyatlariga odamiylik hislari qolmadi. Ular musulmonlarni yomonotliq qilish uchun tuhmat va bo’hton qilishga, erkaklar u yoqda tursin ayollar va hatto yosh go’daklarni ham ayab o’tirishmayapti. Ular muslima singlimiz Burulay Rahmonjon qizini qo’lidagi uch oyli emizikli chaqolog’i bilan ozodlikdan mahrum etish darajasida tubanlashib ketishdi.
Ha, Qirg’iziston hukumati Rossiya, Xitoy, AQSh… davlatlaridan arzimagan yordam puli olish ilinjida Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kundan-kunga kuchaytirib borishmoqda. Agar ular oz bo’lsa ham aql yuritishganida aholisining 85 foizidan ziyodini tashkil etuvchi musulmonlarga qarshi kurashish o’rniga musulmonlar bilan birlashib, mustamlakachi davlatlar tomonidan o’zlariga nisbatan bo’layotgan bosimlarni bartaraf etishda musulmonlar kuchiga suyanishgan bo’lar edi.
Hozir ham kech emas! Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun reja tuzib, buyruq berayotgan yoki bu buyruqlarni amalga oshirishda ozmi-ko’pmi o’z xissasini qo’shayotgan musulmon xodimlar tavba qilib bu ishlardan yuz o’giringlar. Aks holda bu dunyoda xorlikka yuz tutib, oxiratda esa Allohning azobiga duchor bo’lib qolishinglar mumkin, bunday oqibatdan Alloh saqlasin.
Abdurahmon.