Roya gazyetasining 2015 yil 9 dyekabr chorshanba kungi 55-sonidan:
Kerri: Rossiyaning Asadni qo’llab-quvvatlashi Hizbulloh bilan Eronni qo’llab-quvvatlash demakdir
Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri – Rossiyaning Suriya rejimini qo’llab-quvvatlash bilan Hizbulloh va Eronni ham qo’llab-quvvatlayotganini, agar Rossiyaning sunniylar dunyosi bilan aloqalarini saqlab qolish niyati bo’lsa, bu ishi yaxshi emasligini aytdi. Keyin shu oyda Nyu-Yorkda Suriya bo’hroniga oid muzokaralar olib borilajagini ta’kidladi.
Kerrining qo’shimcha qilishicha, Suriyadagi sunniy muxolafatni Asad rejimiga qarshi hujum qilishdan to’xtatishga o’rin yo’qligini Rossiya bilan Eron tushunib etishi lozim. Keyin u Rossiya bilan Eronning joriy oyda Nyu-Yorkda bo’lib o’tadigan Suriya kelajagi bilan bog’liq so’zlashuvlarda qatnashajaklarini bildirdi. Kerri o’tgan shanba kuni Vashingtondagi «Brookings Institution» institutida bo’lib o’tgan konferentsiyada so’zlagan nutqida xalqaro hamjamiyat Suriya bo’hronini hal etishda sa’y-harakatlarini davom ettirishi zarurligini ta’kidladi. (Al-Jazira net).
Roya gazetasi sharhi:
Amerika tashqi ishlar vaziri Eron bilan uning Livan va Iroqdagi qo’g’irchoqlari Asadni qulashdan himoya qilish uchun Suriyaga go’yo Amerikaning xohishisiz kirishgandek gapiryapti!! Rossiyaning aralashuvi ham shunday. Zero, Rossiyaning Suriyada hech qanday siyosiy nufuzi yo’q bo’lib, u erdagi rejim Amerikaga tobe rejimdir. Shubhasiz, Amerikaning nayranglaridan biri shuki, u bu ishlarni parda ortida turib idora qilmoqda. Shu bois sunniylarga mintaqadagi kurash sunniylar bilan shialar o’rtasidagi kurash, Eron bilan Rossiya ilonning boshi, Amerikaning o’zi esa Suriya ahlini Asad rejimi zulmu sitamlaridan qutqaruvchi, deb ko’rsatmoqda. Shuning uchun Suriyadagi Amerika siyosatini ochib tashlash lozim. Bu esa Asad rejimi aslida Amerikaga tobe ekanini, Qo’shma Shtatlar alternativ tayyor bo’lgunga qadar bu rejimni qo’llab-quvvatlayotganini, Eron, Iroq, Turkiya va boshqa qo’l ostidagi davlatlardan mana shu maqsadda foydalanayotganini, buni amalga oshirishda unga Rossiya kabi davlatlar yordam berayotganini ko’rsatib berish bilan bo’ladi.