Roya gazyetasining 2015 yil 9 dyekabr chorshanba kungi 55-sonidan:
BRITANIYa VA GYeRMANIYa FRANTSIYaGA ERGAShMOQDA…
YeVROPANING SURIYaGA BOSQIN QILIShDAN MAQSADI NIMA??
Voqea-hodisalarni kuzatib borayotganda nazardan qochirmaslik kerak bo’lgan narsa tushunishning asosi bo’lgan haqiqatlarni anglab olishdir.
Bu haqiqatlarning birinchisi: Yevropa davlatlari mustamlakachi davlatlardir. Chunki ular dinni davlatdan ajratuvchi kapitalistik mabda-sistemani qabul qilishgan. Bu mabda manfaat asosiga qurilgan bo’lib, amallar o’lchovi ham manfaatdir. Mustamlakachilik ayni shu mabdani yoyish yo’lidir, qolaversa bu uning maqsadidir. Bularning barchasi haqiqat bo’lib, inson shu haqiqat orqali Yevropa davlatlari va Amerikani tushunib olishi va bunga zid fikr bilan o’zini o’zi aldamasligi darkor. Aks holda shu davlatlar tuzog’iga tushib, butunlay g’aflatda qoladi. Masalan, ayrim ulamosifat kimsalar va boshqalar Amerikaning Iroqqa bo’lgan, Frantsiya va boshqa davlatlarning esa Liviyaga bo’lgan bosqinini himoya qilishmoqda.
Ikkinchi haqiqat: Bu kapitalistik davlatlar o’z mabdasi qarshisida birorta mabdaning turishiga rozi bo’lmaydi. Shu bois ular kommunistik mabdaga qarshi kurashishdi va nihoyat bu mabda quladi. Islom mabdasiga ham qarshi kurashib, davlatini ag’darishga muvaffaq bo’lishdi. Hozir esa shu Islomning qaytib kelishiga hamda Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda gavdalanuvchi davlatining qayta barpo etilishiga qarshi kurash olib borishmoqda. Ular shaxslar va jamoalar sifatida kapitalistik mabda ostida yashab, uning qonunlariga rioya qilayotgan musulmonlarni qabul qilishsada, davlati bor bo’lgan va mabda sifatidagi Islom hukmronligini qabul qilishmaydi.
Uchinchi haqiqat: Ushbu Yevropa davlatlari tepasida Britaniya, Frantsiya, Germaniya turadi va ularning har biri buyuk davlat sifatiga ega. Bu davlatlar qadimdan hukmron bo’lish, mustamlaka qilish ustida raqobatlashib kelgan. Shuning uchun ham birinchi va ikkinchi jahon urushida bir-birlarini vayron qilishdi. Ish musulmonlar bilan bog’liq bo’lganda esa, ularni mutlaqo qadr-qiymati bo’lmadi. Faqat o’z maqsadlarini amalga oshirish maqsadida ulardan foydalanayotgandagina ozgina e’tibor berib qo’yishdi, xolos. Keyin Amerika keldi va ular bilan raqobatlashib, bu davlatlarni bir chetga chiqarib qo’ydi. Mana bugun Amerika butun dunyoga o’z hukmronligini o’tkazishga, uning aksar boyliklarini barcha yo’llar bilan o’zlashtirib olishga harakat qilmoqda.
Shuning uchun Suriya quturgan mustamlakachilik kurashlariga guvoh bo’ldi. Frantsiya chiqib ketgandan so’ng Britaniya o’z malaylari orqali kirib olishga muvaffaq bo’ldi. Keyin Amerika keldi va Britaniya bilan raqobatlasha boshladi… Natijada bu ikkisi o’rtasidagi kurashlar sababli o’tgan asrning elliginchi va oltmishinchi yillari mobaynida Suriya bir necha inqiloblarni boshdan kechirdi. Nihoyat, Amerika etmishinchi yillarda Hofiz Asad qudratga kelgandan so’ng Suriyada o’z nufuzini o’rnatib olishga muvaffaq bo’ldi. Biroq ish shu bilan nihoyasiga etmadi. Chunki Suriya ahli Amerika nufuzidan xalos bo’lishni istab, bir necha urinishlar qildi, natijada 2011 yil qo’zg’oloni alanga oldi.
Bu qo’zg’olon nafaqat Amerika nufuziga, balki butun G’arb nufuziga tahdid soldi. Shu boisdan Amerika qo’zg’olon olovini malayi Bashar Asad vositasida o’chirish qo’lidan kelmagach, avval Eron va uning Livandagi Hizbini, keyin Rossiyani yordamga chaqirdi. Rossiya Suriyaga bevosita harbiy jihatdan aralashdi va o’zi bilan qo’shib mintaqa davlatlarini ham olib kirdi… Amerika Rossiya yonida Yevropaning harbiy aralashuviga ham yo’l qo’yishga majbur bo’ldi. Aslida esa Yevropaning, ayniqsa, Britaniyaning aralashuvidan xavfsirardi. Chunki Suriyadagi oxirgi, ya’ni Amerika kirib borishidan avvalgi o’yinchi Britaniya edi. Uning bilim, kuch-qudrat va tajribasi bor bo’lib, o’z odatiga ko’ra iflos inglizcha rol o’ynashi mumkin.
Shuning uchun Amerika Yevropa davlatlarining o’ziga bo’lgan zararlarini to’xtatib qolish, urushni o’z nazorati va etovida olib borish maqsadida ularning Suriyaga nisbatan harbiy aralashuviga ruxsat berdi, ularning o’z boshqaruvi tashqarisida harakat qilishlaridan xavfsirab, shunday qildi. Chunki bu davlatlar bosim o’tkazib kelardi. Biz shuni guvohi bo’lganmizki, Frantsiya Suriyaga harbiy jihatdan aralashishga ruxsat berilgach, ilgari qilgan bayonotlaridan voz kechib, Asadni qolishiga rozi bo’la boshladi va uni Davlat tashkiloti mavzusiga bog’lamadi. Britaniya ham shunday qildi.
Darhaqiqat, 2015 yil 4 dekabr kuni Germaniya parlamenti hukumatning Davlat tashkilotiga qarshi kurash bahonasida Suriyaga o’z harbiy kuchlarini yuborishga oid qarorini bir ovozdan ma’qulladi. Bu harbiy kuchlar 1200 nafar askar, 6ta razvedka samolyotlari, Frantsiya Avianosetslarini qo’riqlash va ularni yonilg’i bilan ta’minlash uchun fregatdan iborat. Bu esa nemislarda xorijdagi harbiy aralashuvga nisbatan ommaviy intilish mavjudligiga dalolat qiladi. Shuningdek, bu Germaniya buyuk davlatga aylanish sari harakat qilayotganini va eski moziysini qumsab, mustamlakachilik bilan shug’ullanmoqchi bo’layotganini ko’rsatadi. Ayni sohada tajriba orttirish uchun u Frantsiya bilan kelishgan holda harakat qilishga qaror qildi va qarorni Merkelning 2015 yil 26 noyabr kuni Frantsiya safari ortidan qabul qildi. Zero, Germaniya va Frantsiya 2003 yildan boshlab o’zlariga xos asosda harakat qila boshlashdi. O’shanda ikkala davlat ham Amerikaning Iroqqa qilgan bosqiniga qarshi chiqishgan edi. Frantsiya esa Suriyaga harbiy jihatdan aralashishga 2015 yil sentyabrda qaror qilib, 24 sentyabr kuni o’zining birinchi zarbasini berdi.
Britaniya Suriyaga bo’lgan hujumini 2015 yil 2 dekabr kuni parlament tomonidan ovoz berilganidan bir necha soat o’tiboq boshladi va o’zining Kiprdagi harbiy bazalaridan harakat olib bordi.
Britaniya bilan Frantsiya Suriya ishida o’z rollariga ega bo’lishga harakat qilishmoqda. Xalqaro o’yinchilar sifatida qolishni, xalqaro masalalarni muhokama qilishdan chetda qolib, o’z mavqelarini yo’qotib qo’ymaslikni istashyapti. Germaniya ham shuni xohlayotgan edi va ularga etib ham oldi. Zero, u Yevropa siyosatida va Ukrainada ayrim yutuqlarga erishdi va Eron yadroviy dasturi muzokaralarida qatnashdi. Yaqindagina esa Vena konferentsiyalarida ishtirok etish uchun Suriya qochqinlari masalasidan kuzir qarta sifatida foydalandi.
Amerikaning maqsadi, Suriya rejimini qanday bo’lsa o’shanday saqlab qolishdir. Buning uchun u o’z malayi Bashar taqdiri bilan bog’liq muhokamani ortga surib, odamlar diqqatini Davlat tashkilotiga buryapti va hammani shu tashkilotga qarshi jang qilishga chaqiryapti. Uning yuzsizligi shu darajaga etdiki, hatto Suriya ahlini Davlat tashkilotga qarshi jang qilish uchun rejim bilan ittifoq tuzishga chaqirmoqda. Suriya ahlidan Davlat tashkiloti qilgan jinoyatlardan million marta jirkanchli bo’lgan rejim jinoyatlarini unutishlarini xohlayapti. Zero, Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri 2015 yil 4 dekabr kuni bunday dedi: «Bashar Asadni ketkazish o’rniga, birinchi navbatda Suriya rejimi bilan muxolafat kuchlari o’rtasida Davlat tashkilotiga qarshi kurashda o’zaro hamkorlik qilish imkoniyati bor», dedi. Kerri boshqa xalqlardan ko’ra ancha ongliroq bo’lgan Suriya ahlini ahmoq deb o’ylayapti. Yoki bo’lmasa, Amerika qariyb besh yildan beri alday olmayotgan xalqni alday olaman, deb hisoblayapti. Demak, Amerika krizisda qoldi, o’zining siyosiy echimini tatbiq qilolmadi. Shu bois barcha vositalarni qo’llashga o’tdi, butun dunyoni o’ziga sherik qilmoqda. O’zidagi barcha imkoniyatni ishga solib, Suriya ahliga qattiq bosim o’tkazmoqda. Yevropaning Davlat tashkilotiga qarshi harbiy aralashuviga ruxsat berib, e’tiborni Bashar Asad mavzusidan boshqa tomonga burib yubordi. Bu bilan Suriya ahlida – muammo Davlat tashkilotida, butun olam unga qarshi Amerika bilan birga, shuning uchun ushbu yo’nalish bo’yicha yurishdan boshqa choramiz yo’q degan tasavvurni uyg’otmoqchi bo’lyapti. Bu esa Amerika Davlat tashkilotini tezda yo’q qilmasligini, balki Suriya ahli tomonidan ayni masala qabul qilingandan keyingina bu ishga kirishishini anglatadi. Qachon Suriya ahli mana shu yo’nalish bo’yicha yursa va Bashar Asadning o’tish davri bosqichida qolishiga, keyin uning mavjudligida rejimi bilan muzokara qilishga rozi bo’lsalar va siyosiy echimni tatbiq etishni qabul qilsalar, ana shundagina Amerika Davlat tashkilotini Suriyadan yo’q qilish amaliyotini boshlaydi.
Davlat tashkiloti fikriy va siyosiy ongsizligi sababli o’zini ham, Islomni ham, musulmonlarni ham yomonlik qilib ko’rsatdi. Bu esa Amerikaga qulay keldi. U qo’zg’olonni bo’g’izlab tashlash maqsadida Suriyaga qarshi qilgan bosqinida ayni tashkilot jinoyatlaridan foydalandi. Butun dunyo davlatlarini Davlat tashkilotiga qarshi kurashishga chaqirdi va ayni tashkilotni bahona qilib, zavolga yuz tutayotgan nufuzini saqlab qolishlari uchun ularga o’zining yonida turib harbiy jihatdan aralashishlariga ruxsat berdi. Agar bu tashkilot ongli va tushunchaga ega bo’lganda edi, barcha islomiy tashkilotlarga qarshi dushmanlik qilmagan, faqat o’zini haq deb, qolganlar esa o’ziga itoat qilishi lozim, deb hisoblamagan bo’lar edi. Zero u o’zini islomiy davlat va islomiy xalifalik, deb e’lon qildi. Uning bu ishi tom ma’noda shariatga zid bo’lib, bema’nilikdan o’zga narsa emas. Ha, u biroz ongli va ozroq tushunchaga ega bo’lganda edi, barcha islomiy tashkilotlar bilan ittifoq tuzib, birgalikda Damashqqa kirib borgan va rejimni ag’dargan, shundan keyingina shar’iy shartlar asosida xalifa saylash va Xalifalik e’lon qilishda shu tashkilotlar bilan kelishgan bo’lar edi.
Amerikaning ushbu barcha doiralardan yordam so’ramay, o’zining Suriyadagi nufuzini himoya qilishga ojizlik qilayotgani, uning muvaffaqiyatsizligiga va zavolga yuz tutayotganiga kuchli dalildir. Shubhasiz, Ummatning mard o’g’lonlari qo’zg’olon qilib, qurbonlar berib, Allohning kalimasini oliy qilish sari yo’nalgan va Uning diniga yordam berayotgan ekanlar, Alloh ham ularga albatta nusrat-yordam beradi. Ular mana shu ishda sabot bilan tursalar, Alloh albatta Xalifalik, g’oliblik, xavfsizlik va osuda hayot berish to’g’risidagi O’z va’dasini amalga oshiradi. Biroq ushbu zamon fir’avni bo’lgan Amerika va uning malaylari, ittifoqchilari, hamkorlari tomonidan musulmonlarning farzandlari, ayollari hatto go’daklari ham qirg’in qilinishidek ulkan sinov bor ekan, albatta buni Robbimiz kuzatib turibdi.
إن ربك لبالمرصاد
«Robbingiz (barcha narsani) albatta kuzatib turguvchidir» [Fajr 14]
As’ad Mansur qalamiga mansub.