بسـم الله الرحمن الرحيم
Putin noto’g’ri qadam tashlashligi oqibatida rus xalqini “botqoq”qa tortib ketmoqda (1)
Rahbar qabul qilgan qarorlarining o’z xalqi uchun ahamiyati juda katta. Putin 2000-chi yil Rossiya prezidenti bo’lgandan boshlab ichki siyosatda xalq tuyg’usidan foydalanib, yolg’on va’dalar bilan diktaturani asos qilgan bo’lsa, tashqi siyosatida AQShning tashqi siyosatidagi “bayrog’i” ostiga kirib olishi bilan noto’g’ri qadam tashlagan edi. Bu xatosi hozirgacha davom etmoqda. Chunki AQSh 1990-chi yillardan boshlab tashqi siyosatida Islomni o’zi uchun raqib deb bildi. Buning sababi AQSh Islom olamidagi boyliklarni talon-taroj qilayotgan siyosatini malaylari vositasida olib borar edi. Undan bu boshqaruvni Islomgina olib qo’yishi mumkinligini va natijada AQSh uchun “qon tomirlar” hisoblangan Islom olamidagi boyliklarini saqlab qolishni hisobga olib Islomni siyosiy maydonga kelib qolishini o’ziga asosiy xatar deb bildi. Shundan kelib chiqib AQSh tashqi siyosatini Xalifalik kelib qolmaslikka qaratdi….
Putin siyosatini Rossiya konistitutsiyasining asosi bo’lgan demokratiyaga emas, balki tashqi siyosatida AQSh uchun manfaatli bo’lgan Islomga qarshi turish asosida boshladi. Bu bilan butun Islom olamining nafrati, xossatan o’zining fuqarolari, hamda unga ittifoqdosh bo’lgan xalqlar bilan birga 70-80 million musulmonlarning nafrati asosida ish boshladi. O’z xalqiga tayanmagan siyosat quruq, rasmiyatchilikdan nariga o’tmaydi. Lekin Putin bu xatosini SSSR davridagi mavqe’iga bo’lgan ruslardagi tuyg’uni qo’zg’ash orqali bekitib keldi. O’tgan asrda Rossiya AQShning manfaati asosida emas, balki sottsialistik mafkura asosida, o’z maanfatlarini amalga oshirish uchun siyosat qilar edi. Brejnov rahbarligida mafkuradan ko’ra ko’proq ruslashtirish siyosati asos bo’lgandan boshlab SSSR zaiflasha boshladi va parchalanib ketdi. Putinning siyosati ham mafkuraga emas, balki tuyg’ularni qo’zg’ash, hamda o’zining ahmaqona fikrlari asosida olib borishi natijasida Rossiyani jar yoqasiga tortib kelmoqda. Suriyadagi AQShning rejasiga qo’shilishdagi munosabatida eng katta xatoni boshlab qo’ydi. U bu rejaga ikki asosda:
1.Islomni siyosiy maydonga kelib qolishidan qo’rqishida AQSh bilan hamfikr bo’lganligidan…
- Rossiyaga AQSh tomonidan kelishi kutilayotgan zarbalarni oldini olish maqsadida AQSh siyosatiga qo’shildi. Bu bilan O’rta Osiyodagi kabi davlatlarni o’z nufuzida saqlab qolish asosida kelishuvga bordi. Putin Islomni o’rganib chiqib, unga qarshi chiqish siyosatini tanlagani yo’q, balki kompartiya rahnamolik qilgan “din afyundir” shiori asosidagi o’quv yurtlarida ta’lim olganligi bois, ko’r-ko’rona Islomni dushman deb sanadi. Aslida Islom Yaratguvchi tomonidan bandalariga nozil qilingan buyuk ne’matdir. Uning iqtisodini o’rganib chiqqan Yevropadagi iqtisodchilar; “bizni krizisdan faqat Islom iqtisodiy nizomigina olib chiqadi” degan xulosaga kelishdi. Ijtimoiy tomondan ayol faqat oila mustahkamligi uchun harakat qilib, kelajak avlodlarni tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladigan, hamda jamiyatni pokiza saqlagan holda, jamiyatni o’ziga ma’qul ko’rgan tomondan yuksaltirishga o’z hissasini qo’shishiga qaratilgan va erkak ham o’z navbatida oilani farovon bo’lishi uchun tinmay harakat qilib, jamiyatni buzishga emas, balki uni yuksalishiga o’z hissasini qo’shishga qaratilgan siyosatini yoqtirmadimi? Yoki boshqaruvda hammani bir xil ko’rib, qonun barchaga; oqu-qoraga, musulmonu-g’oyridinga yoki arabu-ajamga, hatto xalifayu-oddiy fuqaroga hech qanday farqsiz tadbiq qiladigan boshqaruvidan qo’rqdimi? Nimaga Islomni siyosiy maydonga kelishidan qo’rqmoqda?!
Suriyadagi AQShning rejasiga qo’shilishidagi ikkinchi sababda ham xato qildi. AQSh Rossiyaga do’st emas, u o’z foydasigagina ish qiladi. Putin unga ishonib xato qilyapti. U BMTni barpo etish haqidagi qaror 1943 yilda SSSR, AQSh, Britaniya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida qabul qilinib, 1945 yilda tuzilgan xalqaro tashkilot-BMT Ustaviga ham rioya qilmadi va 1961 yil iyun oyida Xrushchyov va Kennedi o’rtasidagi kelishuvga ham rioya qilmay quydi. 2001-chi yildagi 11-chi sentyabr voqiasidan keyin AQSh qaysi xalqaro qarorga rioya qildi? Rossiya bilan kelishib qildimi? Endi Suriya masalasidagi kelishuvlarga roiya qiladimi? AQShning malayi bo’lgan Erdug’onning ishlari uning ko’rsatmasi bo’yicha bo’lishligi va dunyo ko’z o’ngida Rossiyaga qarshi jur’at qilishi AQShning rejasi va Rossiyaga bo’lgan xiyonati emasmi? Bu kelishuvdan keyin Rossiyani parchalab tashlash uchun siyosat olib bormaydi deb kim ishonadi? Putin bu ishlari bilan rus xalqini 15 yildan beri aldab kelayotganini yashirishni maqsad qilgan bo’lsa ham adashyapdi. Bu ishlar oqibatida Rossiya parchalanib ketadi va rus xalqi vahshiylar bo’lib qolishadi…
Ey, rossiyaliklar! Ey, rus xalqi!
Putinning Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan siyosatini hech bir aql oqlamaydi. Alloh Taolo sening ham Yaratguvching! Muhammad(s.a.v) senga ham Allohning navbatdagi va oxirgi elchisi va rahmati! U keltirgan Islom sen uchun ham ne’mat. Unda insoniyatning hayot tarzi uchun mukammal nizom bor, u bilan ikki dunyo saodatiga erishishinga kafolat bor. Unda juda hotirjam hayot bo’ladi va hamma sohada; ilm-fan, siyosiy, harbiy va iqtisodiy sohalarda, ayniqsa manaviy tomondan insoniyat juda yuksaladi. Tarixni xolis o’rganib chiqqan g’arb tarixshunoslarning guvohlik berishi sen Islomni o’rganishinga etarli turtki bo’lsa kerak. Uni o’rganmasdan turib unga qarshi chiqma.
Eh, Putin!
Islom va musulmonlarga qarshi siyosatni emas, balki Islomni qabul qilib, musulmolar bilan birga bo’lganingda edi, Islomning ilk davrlaridagi musulmonlar kabi sen haqiqiy “yo’l” (putin-yo’lchi yuldiz) bo’lar eding. Dunyoda haqiqiy etakchi, tarix zarvaraqlarida yozilib qoldiriladigan qahramonga aylanarding. Shunda Yevropa senga qarshi sanktsiyalar qabul qilishni hayollariga ham keltirmay qolar edi. Hatto AQSh ham senga qarshi chiqishni o’ylab ko’rgani ham jur’at qilolmasdi. Hozirdachi?! Senga AQShning malaylari ham tahdid qilmoqda. Senga shu kerakmidi? Axir AQSh Afg’onistondan iqtisodiy va siyosiy zarbaga uchragandan keyin musulmonlarga qarshi janga kirishga jur’at qilolmay qolganidan Rossiyani bu ishga tortmadimi?! Ulardagi harbiylar engil hayotga o’rganib qolganligi tufayli u erda urish olib borish juda qiyin bo’ldi, natijada tolibonlarni yakson qilish maqsadida kirgan AQSh, Yevropa hamkorligida bu ishni uddalay olmadi. So’ng Obama endi bunday xatoga yo’l qo’ymaymiz deb o’zlarini janga yaramasligini ochiq e’lon qildiku. Suriyadagi urishda qurbon bo’layotganlar musulmonlar va ruslar, lekin ishlar AQSh rejasi bo’yicha ketayapti. Buni SYeN va Erdug’on kabi AQSh malaylari amalga oshirib bermoqda. Rus xalqi AQSh rejasi uchun o’zlarini qurbon bo’lishlarini to’g’ri deb biladilarmi va bu ishingda seni qo’llaydi deb o’ylayapsanmi? Bu urishdan o’z xalqinga “ruslar vahshiylar” degan nomdan va yolg’onlardan boshqa nimani va’da qilasan?! (davomi bor).
G’arib.