Birodarimiz An Yevgeniy O’zbekiston tog’uti qamoqxonalarida shahid bo’ldi

472
0

Birodarimiz An Yevgeniy O’zbekiston tog’uti qamoqxonalarida shahid bo’ldi

 إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz»

Toshkent shahrida yashagan, asli koreys millatiga mansub bo’lgan, 1977 yili tug’ilgan yigit An Yevgeniy Qashqaadaryo viloyati Koson shahrida joylashgan UYa 64/51 qamoqxonasida shahid bo’ldi.

U qamoqqa olinib, sud bo’lishidan ilgari O’zbekiston aholisining oddiy bir kishisi edi. U ham ko’pchilik koreys tengdoshlari kabi Allohga iymon keltirmagan va hayotini hech bir g’oyasiz o’tkazgan edi. Maqsadi bo’lmaganligidan jinoiy ishlar bilan shug’ullangan edi. Xullas, narkotik moddalar iste’moli va savdosi bilan shug’unlangani sababli qamoqqa olingan edi.

Qamoqxonada Yevgeniy Hizb ut-Tahrir yigitlari bilan tanishadi. Ular Islom mabdasini aqida va hayot nizomi sifatida sharhlab berishadi. Shunda Alloh uning qalbini iymonga ochadi, u Allohni hidoyati va tavfiqi ila kufr zulmatlaridan Islom nuriga o’tadi. Chunki uning qalbiga Iymon o’rnashib, Islomning omonatdor qo’riqchilaridan biriga aylanadi-da, da’vatni olib chiquvchilar karvoniga qo’shiladi va qamoqxonaning yo’g’on panjaralari uning qalbida alanga olgan iymon qo’zg’olonini bostira olmaydi.

Qamoqxona ma’muriyati koreys millatiga mansub mahbus Yevgeniyning Islomni qabul qilganini va Islomiy hayotni qayta boshlash va payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish uchun da’vat qila boshlaganini sezib qolgach, qo’riqchilar uni qiynashni boshlab yubordi. Turli uslublar bilan uni Islomdan xudosizlikka burib yuborishga harakat qilishdi. Lekin u o’z fikrida nafaqat qattiq turib oldi, balki u Alloh toatiga samimiyati va qat’iyati hamda qamoqxona musibati ustiga o’ziga etayotgan bu qiynoqlarga sabru bardoshi kuchaydi.

08/10/2015da qo’riqchilar Yevgeniyni boshqa bir kameraga tashlashdi. U erda uni jinoyatchilar boshlig’i Xilolning yugurdaklari kutib turishardi. Bu jinoyatchilar birodarimiz Yevgeniyni vahshiyona tarzda shafqatsizlarcha shunday kaltaklashdiki, buning oqibatida u shahid bo’ldi (Biz shunday, deb, hisoblaymiz va Alloh O’zi bilguvchidir).

Bu hodisa Baro ibn Azib – Alloh u kishidan rozi bo’lsin – rivoyat qilgan hadisni eslatadi: “Nabiy SAVning huzurlariga temir niqob kiyib olgan bir kishi kelib, shunday dedi: yo Rasululloh, jang qilaymi yoki musulmon bo’laymi? U zot: musulmon bo’l, so’ngra jang qil, dedilar. Shunda u musulmon bo’ldi, so’ngra jang qilib, qatl qilindi. Payg’abar SAV shunday dedilar: oz amal qildi, (lekin) ko’p ajrga ega bo’ldi” (Muslim rivoyati).

Birodarimiz Yevgeniyni qalbiga iymon yaqinda kirib kelgan edi. U o’z Iymoni bilan tog’ut Karimov va uning gumashtalari kuchlariga qarshi turdi. Ularni o’z saboti, sabri hamda Alloh Subhonahu uni Iymon ne’mati ila mukarram qilgandan keyin Allohni va’dasiga bo’lgan ishonchi bilan mag’lub qildi.

Biz Buyuk va Qudratli Allohdan yolvorib so’raymizki, birodarimiz Yevgeniy mbodatlarini qabul aylasin va uni payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga tiriltirsin, toki biz ham to Alloh bizdan rozi bo’lgan holda u zotga yo’liqqunimizga qadar er yuzida fasod tarqatayotgan tog’ut hokimlar bilan bo’lgan kurashimizda mustahkam tog’lardek, bukilmay davom etaylik. Shunda bizni va butun Islomiy ummatni O’zining kuchli nusrati va shodligi ila mukarram qiladi. Biz esa dunyo mustamlakachiligiga hamda uning Alloh, farishtalar va mo”minlar la’natlayotgan pastkash malaylariga bo’lgan qulchilik kishanlarini parchalaymiz, so’ngra bashariyatni dunyo mustamlakachiligi va uning kirlaridan ozod qilish uchun otlanamiz.

 مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

“Mo’minlar orasida Allohga bergan o’z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bordir. Ulardan ayrimlari o’z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo’ldi), ayrimlari esa (shahid bo’lishga) intizordir. Ular (ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q”.

Hizb ut-Tahrirning Markaziy matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.