AQSh va G’arb IShID bahonasida musulmonni musulmonga qarshi qo’ymoqchi

498
0

Belgradda tashkil qilingan YeXHT tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida bayonot bergan AQSh davlat kotibi Jon Kerri IShIDni engish uchun havo hujumlari etarli emasligini va qo’shimcha ravishda quruqlikdan ham hujum uyushtirish lozimligini bildirdi. Kerri quruqlikdan hujumga o’tish uchun Suriya va Arab armiyalarini qasd qilganligini yashirmadi. Unga ko’ra, buning uchun Suriyada “O’tish davri” shartnomasi imzolangandan so’ng Suriya armiyasi bilan Suriya muxolifati hamkorlikda quruqlikdan hujumga o’tishi lozimdir.

“G’arb tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan muxolifat IShIDga qarshi kurashda rejim kuchlari bilan hamkorlik qiladimi?”, degan savolga: “Siyosiy o’tish davri shartnomasi orqali Suriya armiyasi va muxolifat tarafidan IShIDga qarshi tashkil qilinadigan birlashgan kuchlar IShIDni bir necha oy ichida tugatishi mumkin. Suriya armiyasi, muxolifat kuchlari, AQSh va koalitsiyasi hamda Rossiya IShIDni vayron qilishi mumkin. Bu ishda faqat havo hujumlari bilan natijaga erishib bo’lmaydi”, deya javob berdi Kerri.

AQSh prezidenti Barak Obama ham Amerika xalqiga murojaat qilib, “terror”ga qarshi kurash davom etishini bildirdi. AQSh prezidentining ma’lum qilishicha, Suriyadagi amalga oshiriladigan quruqlik hujumlari AQSh manfaatiga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun mintaqadagi muxolifatni harbiy mashg’ulotdan o’tkazish va ularni harbiy anjomlar bilan ta’minlashni davom ettirish lozim. Obama o’zining bayonotida musulmon jamiyati IShIDga qarshi kurashda AQShning eng buyuk yordamchisi bo’lishi zarurligini ta’kidladi.

 Ayni paytda Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius ham IShIDga qarshi kurashda mahalliy kuchlarni ishga solish lozimligini olg’a surdi.

“Suriyada siyosiy o’tish davri uchun endilikda Asad iqtidordan ketishi shart emas”, “IShIDga qarshi kurash muhim, lekin muvaffaqiyatga erishish uchun barcha Suriyaliklar va mahalliy kuchlar bir bo’lishlari lozim”, dedi “Le Progres” gazetasiga intervyu bergan Fabius.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.