Ta’ziya
الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
«Ularga biror musibat etganda aytadilar: Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz»
“Turkiston.net” tahririyati butun Islom ummatiga, jumladan Hizb ut-Tahrir a’zolariga, xususan Hizb ut-Tahrir amiri ulug’ olim Abu Roshtaga (Alloh u kishini hifzu himoyasida asrasin) ustoz Abdulhodiy Four Hasan Four (Abu Mahmud)ning vafot etgani sababli chuqur qayg’u ila ta’ziyamizni izhor etamiz.
Ustoz Abu Mahmud 4 dekabr kuni Livan poytaxti Bayrutda joylashgan “Maqosid” kasalxonasida jarrohlik amaliyoti paytida hayotdan qo’z yumdi.
Shayx Abu Mahmud 1953 yilda Hizb ut-Tahrir tashkil topgan kundan buyon Xalifalik davlatini tiklash orqali Islomiy hayotni qayta boshlash uchun kechani kunduzga ulab tinimsiz faoliyat yuritgan zabardast ulamolardan biri edi. Uning eng buyuk orzusi Xalifalik soyasi ostida Allohning shariati ijrosini ko’rish edi. U umrining asosiy qismini Hizb ut-Tahrir asoschisi shayx Taqiyyuddin Nabahoniy va Hizbning ikkinchi amiri Abdulqodim Zallum (Alloh ularni O’z rahmatiga olsin) hamda Hizbning hozirgi amiri Ato ibn Xalil Abu Roshta (Alloh u kishini hifzu himoyasida asrasin) bilan hamrohlikda o’tkazdi.
Alloh Shayxning ahli oilasiga, birodarlariga, xossatan Hizb ut-Tahrir amiri Ato ibn Xalil Abu Roshtaga (Alloh u kishini hifzu himoyasida asrasin) sabru-jamil ato etsin. Shayx Abu Mahmudni Alloh rahmat qilsin, u kishining yotgan joyini obod aylab, O’zining keng jannatiga doxil qilsin va anbiyolar, siddiqinlar, shahidlar va solihlarga hamroh qilsin, ular bilan hamroh bo’lish naqadar baxt!
Ey Shayximiz! sizdan ajralganimiz uchun qalblarimiz g’am g’ussaga, ko’zlarimiz esa yoshlarga to’ldi. Biroq, Robbimiz rozi bo’ladigan
إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ
«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz» demoqdan o’zga choramiz yo’q.