Atambaev din ustidan nazoratni kuchaytirishga buyruq berdi

497
0

Prezident Almazbek Atambaev shanba kuni Din ishlari bo’yicha davlat qo’mitasi raisi O’rozbek Moldalievni qabul qildi va mamlakatda diniy vaziyat ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasini topshirdi.

Prezident ma’muriyati matbuot xizmatining xabar qilishicha, Atambaev dunyoda vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda salbiy oqibatlarni oldini olish va tahdidlarni bartaraf etish bo’yicha o’z vaqtida chora-tadbirlar qabul qilish qulay bo’lishi uchun mamlakatdagi diniy vaziyat ustidan doimiy nazoratni yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Bundan tashqari, Atambaev Moldalievga radikallashuvni oldini olish bo’yicha ish olib borayotgan tegishli mahkamalar ishini yanada kuchaytirish va vaqtida xabar berib turish vazifasini topshirdi.

Turkiston:

Hukumat rahbarlari tomonidan chiqariladigan farmonlar yoki qonun va qarorlarning barchasi fuqorolar uchun o’ta ahamiyatlidir.

E’tibor bergan bo’lsangiz, Bishkek shaxrining O’sh bozori oldida militsiya xodimlari bir chetdan o’zlari shubhali deb bilgan odamlarni pasportlarini tekshira boshlashdi. Ular (organ xodimlari) 2010 yildagi O’sh voqeasidan keyin aynan hukumatning maxfiy buyrug’iga binoan, tozalash amaliyotlari o’tkazishib, minglagan O’zbek millatiga mansub Musulmonlarni har tomonlama to’nab yuborishgan edi. Ularning qoroqchilarcha ish olib borishlari oqibatida O’zbeklar Rossiyaga va O’zbekistonga qochib ketishga majbur bo’lishgan. Buning oqibatida O’zbek rejimi minglagan millatchilikda ayblangan agressiv odamlarni Qirg’izistonga bosim berish maqsadida haligacha ushlab turibdi.

Rossiya o’z hududida harbiy holat e’lon qilish arafasida turibdi. Putin Musulmonlarga qarshi urush olib borayapti. Uni tushunish mumkin, u o’ta og’ir ahvolda qoldi. Putinning urushni kuchaytirib boraverishdan va ichkarida harbiy nazorat o’rnatishdan o’zga chorasi yo’q. Qirg’iziston hech bo’lmaganda Qozog’iston singari, o’z fuqorolariga zulm qilishdan tiyilib turishi kerak edi. Qirg’iz hukumati Rossiya bilan izma iz borishi o’ta xavfli ekanini tushinib etishi kerak. Chunki Qirg’izistondagi islomiy muhit Rossiyanikidan tubdan farq qiladi.

Korruptsiyalashgan kuch strukturalari esa shaxsiy manfaatlarini mamlakat manfaatidan deyarli yuz barobar ustun qo’yishadi. Natijada xalqqa bo’lgan zulm ham o’shancha barobar ziyoda bo’lib boradi. Musulmonlarni mansabdor shaxslar qo’liga atayin topshirib berish esa, uningsiz ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tang ahvolimizni yanada yomonlashtiradi. Qirg’iziston Rossiya emas, u hatto mamlakatda harbiy holatni ham eplay olmaydi. Rossiyaga ishonib, hukumat o’z fuqorolarining sezilarli ko’p qismini tashkil qilgan Musulmonlar bilan munosabatlarini keskinlashtirib olishi esa, Qirg’izistonning manfaatiga zid. Rossiya shu kunlarda o’zini o’zi eplay olmay qoldi. Harbiy holati esa, uni battar holdan toydiradi. U Qirg’iziston ichida ham harbiy rejimni ushlab bera olmaydi.

Atambaev o’z xalqining otasi bo’lish sari yurishga harakat qilishi kerak edi. Fuqorolari Islomni xohlashayotgan bo’lsa, unga qarshi olib borilayotgan har bir harakat – harakat qiluvchining obruyiga katta putur etkazadi. Haqiqiy obruyni esa kuch bilan qozonib olish mumkin emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.