Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskvada bergan bayonotida, turk avtomobillarini Rossiyaga yoki Rossiya orqali yuk olib o’tishini YeOIIga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda cheklash yoki bekor qilish masalasini hal qilish zarurligini aytib o’tdi.
Rossiya bosh vaziri bergan ma’lumotlarga ko’ra, hozir turk yuk tashuvchilari Rossiyaga yuk olib kelish uchun sakkiz minga yaqin ruxsatnoma olishadi. Medvedev kelajakda butunlay bekor qilish imkoniyati bilan ularning sonini keyingi yilda to’rt marta kamaytirishni taklif qildi.
Bosh vazir Yevropa ittifoqi mahsulotlariga kiritilgan cheklovlar YeOII orqali aylanib o’tayotgani sababli samarasiz bo’layotgani kabi, Turkiyaga qarshi kiritilgan cheklovlar ham ta’sirli bo’lmasligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.
“Shu sababli ham YeOII bo’yicha hamkor davlatlar Turkiya bilan munosabatlarini uzishlari zarur”, – dedi Medvedev.
Turkiston:
Rossiya Putinning mafiyalashgan rejimi ortidan jarga qulay boshladi. U o’zi bilan YeOII tashkilotiga a’zo davlatlarni, jumladan Qirg’izistonni ham tortib ketishga harakat qilayapti. Yuqoridagi Medvedev qo’yayotgan talablar, nafaqat Rossiyani balki Qirg’izistonni ham iqtisodiy, siyosiy va harbiy inqirozlar girdobiga tortib ketadi.
Qirg’iz hukumati bizlarning maslahatlarimizga quloq solib, Rossiyadan ilgariroq uzoqlasha boshlaganida va YeOII tashkilotiga kirmaganida edi, bugungi qiyin va xavotirli ahvolda qolmagan bo’lar edik. Hozirda Rossiyaning o’lik jasadi ham Qirg’izistonga bosim bera oladi. Qirg’iziston o’z siyosatida Rossiyaga mutlaq tavakul qilib, harbiy va iqtisodiy falaj holatda qolib ketmoqda. Endi YeOII a’zo bo’lib, avval Xitoy bilan iqtisodiy munosabatlari keskinlashgan bo’lsa, endi Turkiya bilan iqtisodiy uzulish arafasida turipti. Ichki ishlab chiqarish tovarlar mahsuloti esa, deyarlik yo’q hisobida.
Rossiya Turkiya bilan davom etayotgan iqtisodiy manfaatlarimizni uzib yuborishni talab qilayotib, o’rniga alternativ biror chora taklif qila olmaydi. Xuddi shuningdek Xitoy bilan aloqalarimiz va reeksport qilib topayotgan manfaatlarimizdan ham mahrum qildi. Natijada O’rta Osiyoda yagona bo’lgan ulkan bozorlarimizdan ayrildik. Endi YeOII tashkilotdagi majburiyatlarimizni esga solib, Putinchilarning manfaati asosidagi be’mani va maqsadsiz Turklarga qarshi Rossiyaning ta’qiq sanktsiyalariga qo’shilib ularni qo’llashimizni buyurayapti.
Bu qirg’iz hukumati uchun bir sinov holati bo’ladi. Qani ular Qirg’iz mamlakati manfaati uchun fidoiylik qilib, Rossiyaning bosimiga qarshi qanday jonbozliklar ko’rsata olishar ekan.
Putin Rossiyani ham o’ta qiyin vaziyatga olib keldi. Vaziyatdan qutulish yo’llarini esa, ilgarigi KGBdan meros bo’lib qolgan uslubi bilan yana yopib turishga harakat qiladi. Putin bunday vaziyatlardan chiqish uchun faqat islomiy terroristlar nomidan qo’poruv amaliyotlari uyushtirish bilan yuzlagan o’z fuqorolarini qirib yuboradi. Putin shu uslub bilan 1999 yili taxtga kelgan. U bundan o’zga, vaziyatdan qutulish yo’llarini bilmaydi.
Qirg’iziston hukumati ham bir guruh siyosatshunoslar armiyasi bilan xuddi putinchilar singari islomiy muhitga qarshi ish boshlab yubordi. Ular ham Rossiyadagi kabi islomiy muhitning rivojlanib borayotganidan jamiyatni qo’rqitish maqsadida matbuot kurashini boshlab yuborishdi. Nosog’lom kuchlar esa, bu kurash me’yoriga etishini kutib turishibdi. Ular Toshkentdagi 16 fevral voqe’asi singari amaliyotlar loihalari ustida ish olib borishayapti. Ha, ular Musulmonlar nomidan qo’poruv amaliyotlari uyushtirishadi. Dunyoda Islom va Musulmonlarga qarshi ishlarning deyarli hammasi bir xil xuddi shu ko’rinishda amalga oshirilib kelinadi.
Shuning uchun Qirg’iz hokimiyati hozirdan esini yig’ib, Putinning g’alamis rejalar asosida olib borayotgan siyosatini inkor qilib, nima bo’lganida ham o’z mamlakati manfaatidan ish olib borishi lozim. Buning uchun hokimiyat o’z xalqining e’tiqod qiladigan mafkurasiga teskari borishi to’g’ri bo’lmaydi. Chunki buyuk va qudratli davlatlar, hech qachon o’z fuqorolarining aqidalaridan o’zga aqidani ushlamaydilar. Aks holda mamlakat parokanda bo’lib boraveradi. G’alamis tashqi kuchlar esa, bu qarama qarshilik holatlaridan unumli foydalanib qolishadi.