Rossiya Turkiya insonparvarlik yordami karvonini yakson qildi

441
0

O’tgan seshanba kuni Turkiya tomonidan Rossiyaning Su-24 harbiy bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi ortidan shoshilinch bayonot bergan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu ishning “jiddiy oqibatlari” bilan ham ogohlantirgan edi.

Bunday jiddiy oqibatlar o’zini uzoq kuttirmadi.

Rossiya samolyoti urib tushirilganidan ikki kun o’tib rus harbiy samolyotlari Turkiya chegarasida joylashgan A’zaz shahrida Turkiyadan kelayotgan 20ta yuk mashinasidan iborat insonparvarlik yordami karvonini bombardimon qildi. Hujum natijasida etti kishi qurbon bo’lib, 10 kishi jiddiy yaralangan.

Xabarlarga ko’ra, Turkiyadan yo’lga chiqqan karvon Suriyadagi qochoqlar lageriga tijorat mollari va insonparvarlik yordami olib ketayotgan bo’lgan.

Aviazarbalardan omon qolgan xaydovchilarning so’zlariga ko’ra, karvon 20ta yuk mashinasidan iborat bo’lib, ular yo’l olgan qochoqlar lageri Turkiya chegarasidan 5 km uzoqlikdagi A’zaz shahrida joylashgan edi. Suriya qochqinlariga mo’ljallangan yordam Humanitarian Relief Foundation (Gumanitar yordam fondi) xalqaro xayriya tashkilotining Turkiyadagi shtab-kvartirasi tomonidan tashkillashtirilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.