Rossiya Turkiya bilan urushga kirishmoqchi emas

406
0

Rossiyaning Su-24 harbiy bombardimonchi samolyoti Turkiya harbiy havo kuchlariga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti tomonidan 24 noyabr kuni urib tushirilishi ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusiga aylanib qoldi. Mazkur xodisaga munosabat bildirgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni “orqadan urilgan zarba”, deb atab, buning oqibatlari “jiddiy” bo’lishidan Turkiyani ogohlantirib o’tgan bo’lsa, 25 noyabr kuni jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuv chog’ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, “Bu hujumning behosdan qilinganiga shubhalarimiz bor, bu oldindan rejalashtirilgan provokatsiyaga o’xshayapti”, – dedi.

“Men hozirgina Turkiya tashqi ishlar vaziri Chovusho’g’li bilan telefon orqali suhbatlashdim. Biz turk tomonining yuqori darajada oydinlik kiritishini kecha kutgan edik, ammo hechdan ko’ra kech yaxshi”, – dedi vazir bugungi telefon qo’ng’irog’idan so’ng bergan bayonotida.

Lavrovning so’zlariga ko’ra, Turkiya TIV rahbari Rossiya tomoniga hamdardligini bildirib, bo’lib o’tgan hodisa yuzasidan afsusdan ekanini aytgan, biroq bir vaqtning o’zida Turkiya HHK harakatlarini yoqlab chiqqan.

Bundan tashqari Sergey Lavrov, “Turkiya bilan urushmoqchi emasmiz, turk xalqiga munosabatimiz o’zgargani yo’q. Turiya rahbariyatigagina savollarimiz bor”, deb bayonot berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.