Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on G20 sammiti so’ngida tashkil qilingan mushtarak matbuot anjumanida AQSh prezidenti Barak Obama bilan birgalikda bayonot berdi. Erdug’on o’z bayonotida “terrorizm”ga qarshi qat’iyat bilan kurash olib borilishini ta’kidladi.
“Dunyodagi xalqaro terrorizmga bizning munosabatimiz juda aniq va qat’iydir. Aniq ishonch bilan aytamanki, unga kerakli javob beriladi”, “Janob Barak bilan Suriyada IShIDga qarshi kurash ustida gaplashib oldik. Koalitsiya kuchlari borasida ham bundan buyog’iga tashlanadigan qadamlar haqida gaplashib olishga fursat topdik. Strotegik hamkorlar sifatida kelajakda dunyo tinchligiga hissa qo’shish uchun hamjihatligimizni qat’iyat bilan davom ettiramiz”, dedi Turkiya prezidenti.
Ayni paytda Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyatining matbuot bo’limi ham G-20 sammiti haqida bayonot chiqardi. Bayonotda haqiqiy terroristlar kimlar ekanligi ochib tashlandi.
“Parij hodisasi ortidan Frantsiyaning Suriyada ma’sum musulmonlarni va yosh bolalarni qatl qilishi odatiy hol sifatida qabul qilindi”, “G20 davlatlari o’zlaricha, “terror” haqida og’iz ko’pirtirishmoqda, ammo “terroristlar” deb atalayotgan xalqlarning o’lkalarini ishg’ol qilganlar, mol-mulklarini talon taroj qilganlar, undan so’ngra insonlarni ayovsiz qirg’in qilganlar ana o’shalarning o’zlaridir. Sammitda Suriya masalasi muhokama qilindi. Ammo yuz minglagan musulmonlarni qatl etgan terrorchi Bashar Asadni qo’llab quvvatlaganlar ham yana o’shalar. Qotil rejimni dastaklab, Suriya inqilobini musulmonlardan o’zlari tarafga burib olmoqchi bo’lganlar ham G20 davlatlaridir” deyiladi jumladan Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyatining matbuot bo’limi tarafidan chiqarilgan bayonotda.