Bishkekda militsiya uchoskovoyi otib o’ldirildi

807
0

Turkiston:

20 nayabr kuni, Bishkekning Oktyabrskiy tumani uchaska noziri, militsiya kichik leytinanti Abduvaliev Aktilek Asanovich, noma’lum shaxslar tomonidan otib o’ldildi.

O’sha kuni Osh shahrida № 1 sizoda, № 50 sizoning sobiq boshlig’i Imonkul Teltaev osilib o’lib yotgan holida topildi.

Teltaev, 12 oktyabrda № 50 sizodan 9 nafar mahbusni qochirib yuborganlikda ayblanib, qamoqqa olingan edi. U o’zi xo’jayin bo’lib turgan qamoqxonada 12 oktyabrda sodir bo’lgan ba’zi bir “bilishi kerak bo’lmagan voqe’lar”ni bilar edi. Chunki qamoqxonada shuncha katta amaliyot uyushtirilganida, uning xo’jayini biror sirdan voqif bo’lmay qolishi mumkin emas. Demak Imonkul Tentaevning o’limi, 12 oktyabr hodisasining uyushtiruvchilari tomonidan atayin uyushtirilgan.

Telbtaev o’sha kuni o’ldirib yuborilgan 3 militsiya xodimlari safida o’ldirib yuborilishi kerak edi. Biron bir sababga ko’ra u chetda qolib o’lmay qolgan edi. Yoki amaliyot maqsadga muvofiq ko’rinishda chiqmay qolganidan keyin, uyushtiruvchilar Teltaevni qurbon qilib (barcha aybni unga yuklab) yuborishga qaror qilishdi. Oradan bir oy o’tib, qotillar o’z xatolarini o’nglab qo’yishdi.

Lekin 12 oktyabrdagi uyushtirilgan amaliyotni marhumning va ilgari 12 oktyabr voqe’asida qurbon qilingan bir necha militsiya xodimlari bilan birga hammasining zimmasiga yuklab yuborishadi. Ularni ham, mahbuslikdan qochirib yuborilib so’ng otib o’ldirilgan qochqinlarni ham, bir birlari bilan hamkor deb, o’xshamay qolgan amaliyotni osongina yopib yuborishadi.

Yuqoridagi uchastka nozirining o’ldirilishi ham aslida yuqoridagi keng ko’lamdagi amaliyotlardan ko’zlangan maqsadga olib boruvchi fikriy yo’naltirish uchun atayin uyushtirilgan. Fikriy yo’naltirishdan esa, kuch tizimlarini o’z xalqiga va Musulmonlarga nisbatan rodikal va ashaddiyroq bo’lishlariga erishish qasd qilingan. Chunki har qanday diktatura tuzumi kuch organlarining vahshiylik ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishiga muxtoj bo’ladi.

Bu amaliyotlardan Rossiyaning maxsus ayg’oqchilarining olib borishadigan putincha ish harakatlarining hidi kelayapti. Ha, Qirg’iziston o’ta xavfli va ochiq nishonga aylanib borayapti. Uning hududi bo’ylab, Rossiya, AQSh, O’zbekiston, Xitoy… va hokazo davlat ayg’oqchilari bemalol yuradigan mintaqa bo’lib qoldi.

Hukumat esa, kufr ayg’oqchilarining provokatsiyalaridan vahimaga tushib borayotgani sezilib turgani bilan, o’zining haqiqiy xavotirini yashirib, yana fuqorolarini Musulmonlardan qo’rqitib boraveradi. Ayg’oqchilar esa, provokatsiya uyushtirish maqsadida militsiya xodimlarimizni o’ldira boshlashdi.

Ular Qirg’iz hukumatini, kufrning haqiqiy qotillarini aybga torta olishmasliklarini yaxshi bilishadi. Bu bechoralar har bir amaliyotlar uchun yasalma qotillar o’ylab topishlari kerak bo’ladi. Noqulay guvohlarni esa Teltaev va yana 12 oktyabr voqeasi chog’ida o’ldirib yuborishgan 13 kishi singari jismonan yo’q qilishlari kerak bo’ladi.

Fursatdan foydalanib biz maharririyat nomidan, yuqoridagi qatl qilingan musulmon birodarlarimizning oila a’zolariga, yaqinlariga ta’ziya bildirib ketamiz.

Ularning yaqinlariga va boshqa kuch organ xodimlariga shuni aytib o’tamizki. Shoshilmanglar, hozir birorta marhumning haqiqiy qotillari topilmaydi. Yasalma qotillarni esa, sizlar birinchilardan bo’lib taniysizlar. Chunki sizlar bu kabi jinoiy ishlar ustidagi mohir xizmatchilarsiz.

Hozirgi voqe’ligimizda, Suriya xalqi va unga aloqador barcha islomiy yurtlar fuqorolarining xavfsizli, jumladan bizning ham xavfsizligimiz, hayotimiz xavf ostida qolib borayapti. Kufr olami, xossatan AQSh va Rossiya, Suriya xalqini qirib yuborishdagi o’z maqsadlariga erishish yo’lida, bizlardan ba’zilarimizni nishonga ola boshladi. Ular nafaqat bizlarni, balki o’z fuqorolarini ham qirib yuborishayapti.

Hukumat vakillarimiz esa, bila turib kufrning iflos re’jalari asosidagi yo’llarni himoya qilib, o’z fuqorolarini qatl qilishlariga sheriklik qilishayapti.

 Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.