Rossiya xavfsizlik xizmati 31 oktyabr kuni Misrda Rossiya samolyoti “terrorchilik akti” oqibatida qulaganini rasman tasdiqlaganidan bir kun o’tib, 18 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo’yicha idoralararo komissiya tuzish to’g’risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Rossiya federatsiyasining prokuraturalari, Markaziy bank, mahalliy hukumat va boshqa davlat mahkamalari terrorchi tashkilotlar va ekstremistik faoliyatga aloqasi bor deb gumon qilingan shaxslar bo’yicha ma’lumotlarni yangi tuzilgan komissiyaga topshirib turishlari shart.
Yangi tuzilgan komissiya esa “terrorchilik faoliyatiga aloqasi bor deb gumon qilinishiga etarlicha asoslar mavjud bo’lgan” tashkilot va jismoniy shaxslarning hisob raqamlarini muzlatib qo’yish huquqiga ega bo’ldi.
Bundan tashqari komissiyaga yuqorida sanab o’tilgan idoralarning barchasidan, shuningdek, xorijiy davlatlar “vakolatli idoralaridan” axborot va zarur materiallarni talab qilish huquqi berildi.
Turkiston:
Bu kabi iqtisodiy nazorat komissiyalari Rossiyaning inqirozini yanada tezlatish uchun hissa qo’shadi. Chunki bu komissiya, Putinning rejimi uchu, o’zlariga noqulay kompaniyalar va korxonalarga qattiq zarba berish quroli bo’lib xizmat qiladi. Bu komissiya, Rossiyadagi investitsiya muhitini va qo’shma korxonalar garovi bo’lgan osoishtalik muhitlarni buzib yuboradi. Rossiya, iqtisodiy ishlab chiqarish va savdo sotiq qilish uchun eng ishonchsiz mamlakatlar safidan o’rin oladi. Lekin bu iqtisodiy komissiya, Putinning rejimi uchun keraksiz va noqulay tashkilotlarni bartaraf qilib olish uchun sharoit yaratadi va vaziyatdan foydalanib, o’zlarining pozitsiyalarini mustahkamlab olishlariga keng imkoniyat beradi.
Misrda portlatib yuborilgan samolyotdagi va Frantsiyadagi qirib yuborilgan bir necha yuzlagan odamlarning o’limi bejiz ketishi mumkin emas. Ularni qurbon qilish ortidan, hatto bu qurbonliklar amalga oshirilishidan oldin, uni amalga oshirganlikda aybga tortilishi kutulayotgan odamlar, ularga qarshi olib boriladigan chora tadbirlar, bu yuqoridagi iqtisodiy komissiya va uning a’zolari ro’yxati tuzib bo’lingan edi. Faqat bularning har biri o’z yurtlarida amalga olirib kelayotgan qo’poruv amaliyotlarida bir birlarini ayblarini ochib yuborishmasliklari uchun ular birlashishdi. Hatto bu birlashish uchun Frantsiyada yuzlagan insonlarni qirib yuborib bo’lsa ham birlashishdi. Demak Musulmonlarga qarshi birlashish, o’z fuqorolarining bir necha yuzlaganining umrlaridan ko’ra ular uchun muhimroq bo’lgan.
Putin, vaziyatdan foydalanib, Rossiyada avtoritar rejimni kuchaytirib olmoqchi. Vaziyat esa, Putin bilan Rossiyaning manfaatlari ikkiga bo’linib borayotganidan kelib chiqqan. Suriyadagi urush Rossiyaning emas Putin rejimining manfaatidir. Faqat ushbu manfaat AQShning manfaati bilan hozircha paralel kelib qoldi. Putin bu vaziyatdan kelib chiqib, Rossiyani o’ziga bo’lgan bog’liqlik darajasini oshirib olmoqchi. Chunki yaqinda Rossiya urush girdobidan chiqa olmaydigan darajada botqoqqa botadi. Putin o’zini xavfsizligi uchun nafaqat 224 ta fuqorosini, balki butun Rossiyani qurbon qilib yuborishi ham mumkin. Putin o’shanda ham, Rossiyaning bu holatiga tushib qolishida Musulmonlarni ayblaydi.