Tojikistonda masjidlar o’yin kulgu markazlariga aylantiriladi

0
549

Islomga qarshi kurashishda O’zbekiston tutgan yo’ldan yura boshlagan Tojikiston respublikasida ro’yxatdan o’tmagan masjidlar faoliyati to’xtatilib, o’yin kulgu markazlari sifatida foydalaniladigan bo’ldi. Tojik hukumati tarafidan poytaxt Dushanbeda rasman qayddan o’tmagan masjidlar yopilishi haqida qaror chiqarildi. Shunga ko’ra, amalda belgilangan standartlarga mos kelmagan masjidlarning barchasi yopib qo’yiladi.

Masjidlarning yopilishi haqidagi qarorga Dushanbe shahar hokimi Mahmad Said Ubaydullaev imzo chekdi. Qarorga binoan shahar loyihasi, me’morlik, yong’inga qarshi kurash, sog’lik va gigiena qoidalariga mos kelmagan masjid va jomelar yopib qo’yiladi. Shaxslarning mablag’i asosida bino qilingan masjidlar ham faoliyati to’xtatiladigan masjidlar jumlasiga kiradi.

Hokimiyat vakillaridan birining Assoshieyted Press axborot agentligiga bergan intervyusiga ko’ra, 7 noyabrda imzo chekilgan qarorga binoan yopib qo’yiladigan masjidlarga qarashli kichik binolardan o’yin kulgu va madaniyat markazlari, ish joylari hamda sog’lik va xavfsizlik markazlari sifatida foydalanish ko’zda tutilgan.

Dushanbe shahar hokimi Mahmad Said Ubaydullaev bundan avval ham musodara etilgan masjid va jomelarni uy bekalari uchun ish markazlariga aylantirish haqida o’zining yordamchisi Jamila Langorovaga buyruq bergan edi.

Izohlar yo'q