O’zbekiston: Toshkentda yo’llar to’silmoqda, zapravkalarda sun’iy navbatlar uyushtirilmoqda

496
0

“Farg’ona” agentligining O’zbekistondagi manbasi ma’lum qilishicha, 14 noyabr kuni Toshkentdan chiquvchi barcha yo’llar militsiya tomonidan to’sib qo’yildi: shahar chetidagi barcha postlarga olib boruvchi yo’llar bir polosagacha qisqartirildi, qolgan polosalar beton plitalari bilan to’sildi. Postlarda odatdagidan ko’ra ko’proq formali odamlarni kuzatish mumkin bo’ldi, har bitta mashinani kamida uch kishi sinchkovlik bilan tekshiruvdan o’tkazdi. Natijada, tirbandlik bir necha chaqirimga cho’zilib ketdi. Shu bilan birga, Toshkentga kiruvchi yo’l deyarli nazaorat qilinmagani ajablanarli edi. Bu holat ertalab soat 11 dan kech soat 5 gacha davom etdi.

Manba, shuningdek, oktyabr oyida shaharda pasport rejimi kuchaytirilganidan keyin militsionerlar ko’chada soat 21:00 dan so’ng hujjatsiz yurgan odamlarning hammasini uchastkaga olib keta boshlaganlari, Toshkentda esa benzin sotib olish uchun avtomobillar navbati bir necha kilometrlarga cho’zilib ketganiga e’tibor qaratdi. Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek TIIB huquqbuzarlikalarga qarshi kurash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari mayor Bahodir Otaqulov xushyorlik oshirilishi sababi sifatida O’zbekiston poytaxtida 3 oktyabr kuni sodir etilgan “unchalik katta bo’lmagan ikkita terakt”ni ko’rsatdi.

“Butun shahar bo’ylab navbatlarni ataylab, huddi har bir toshkentlik haydovchining yuzini sinchkovlik bilan ko’rish uchun uyushtirilganga o’xshadi”, – deya taxmin qiladi “Farg’ona” suhbatdoshi.

Aftidan, toshketlik rasmiylar kimnidir izlayaptilar, ammo odatdagidek, aholiga hech kim hech narsani tushuntirishni xayoliga ham keltirmayapti.

“Aytishlaricha, qaysidir temirchilik ustaxonasida tekshiruv davomida bomba uchun zagotovkalar topilgan emish. Truba bo’laklarning ikki tomonida rezba ochilgan, ularning ichini porox va mix bilan to’lg’azib, ikki tomonida zaglushka qilib qo’yilsa, bo’ldi. Tokar buyurtmachilarning kimligini aytib, tergovchilarga yordam bergani uchun qutilib qolgan”, – deydi“Farg’ona” manbasi.

Unga ko’ra, poytaxtliklar orasida “Toshkentda istalgan fursatda harbiy holat e’lon qilishlari mumkin”, degan gap yuribdi.

Oldinroq O’zbekiston Milliy gvardiyasining Toshkent garnizoni 3 noyabrdan boshlab jangavor tayyor holatiga o’tkazilgan. “Xavfsizlikka jiddiy tahdid paydo bo’lganini bilaman. Ofitserlarga Farg’ona vodiysida radikal diniy oqimlar faollashib qoldilar, deb aytilgan. Biroq rasmiylar kattaroq narsalarni yashirmoqdalar, degan gap yuribdi. Biz poytaxtdagi harbiylar va xususan, Milliy gvardiya birinchi darajali jangavor tayyorlik holatiga keltirilganini bilamiz, xolos”, – dedi manba.

manba: “Farg’ona” axborot agentligi

Turkiston:

Rossiya quturib borayapti. AQSh uni shu quturgan holatidan foydalana boshladi. U Rossiyaning bu agressiv holatidan butun dunyoni, xossatan YeIni vahimaga sola boshladi. Frantsiyani ham bir terakt bilan Suriyaga qarshi yo’naltirib qo’ydi. AQSh dunyoni ikkiga, Islom va kufrga bo’lib yuborish vaqti kelganini anglab etdi. Lekin kufr olami ham, islomiy yurtlar ham uning ortidan u tuzib borayotgan loihalarga rioya qilgan hollarida borishlarini xohlaydi.

Hozir AQSh Rossiyani quturgan bo’yicha bir oz o’z holiga qo’yib berdi. Putin bu holatidan foydalanib, o’zining ta’siri ostidagi mintaqalarda yirik qo’poruv amaliyotlarini o’tkazishi mumkin degan xavotir bor. Karimov ham ushbu vaziyatdan va Putinga berilayotgan bu erkin faoliyatlardan qattiq xavotirda. Shuning uchun u o’zining avtoritar boshqaruv apparatini ishga solib, odatdagiday hech qanday axborot tarqatmasdan ish olib borayapti.

Qirg’iziston ham xuddi shu xalqaro vaziyatlarni sezgan holida vahimaga tushib, bir qancha ish choralarini ko’ra boshladi. Lekin Qirg’iz hukumati O’zbeklarning hukumati singari ish olib bora olmaydi. Aksincha T. Sariev boshchilik qilib turgan bu hukumat yuqoridagi vaziyatni oldini olish uchun butun matbuoti bilan olamga jar solgan holida ish boshladi. Faqat o’z hadigini asosiy sababchilari bo’lgan mamlakatlarni yashirib, yana Islom va Musulmonlarga qarshi matbuot hujumi va mafkuraviy kurash singari tushunarsiz harakatlar bilan borayapti.

Qirg’iziston boshqa dunyodagi ba’zi islomiy yurtlar mamlakatlari kabi, Islom mafkurasiga qarshi o’z mafkurasiga ega emas. Demokratiya mafkurasi esa, islomiy mafkuradan mutloq mag’lub bo’lib, ular bu kufr mafkurasini endi qurol sifatida ishlata olishmaydi. Ular kufr sistemasining maslahati va tuzib berayotgan loihalariga binoan, Islom dinini o’zlariga muvofiq va munosib tarzda bo’laklarga bo’lib yuborishmoqchi. Kufrning bu loihasiga ko’ra, islomiy yurt etakchi guruhlari, mo”tadil islom nomi ostida, Islom dini ichidan o’zlari uchun yangi bir tushunarsiz “mo”tadil Islom” nomli yangi mafkura chiqarib olishmoqchi. Kufrning bu loihasiga muvofiq, ularning shu botil mafkuralari atrofida musulmonlarni jamlab, unga rozi bo’lmayotganlariga qarshi urush ochishlari rejalashtirilgan.

O’zbekiston bu kabi mafkuraviy harakatlar olib bora olmaydi. Chunki Karimov Musulmonlarga qarshi o’ta repressiv siyosatini natijalarini, dunyo hamjamiyati oldida oqlanish maqsadida, Islom mafkurasini tor mor qildim, ularni kuch bilan yanchib yubordim deb hisobot berib yuborgan. Shuning uchun Karimov faqat kuch ishlatish metodini qo’llashga mahkum bo’lib qolgan. Shunga qaramay, oxirgi vaqtlardagi Toshkentning o’zidan yuzlagan Hizb ut-Tahrir a’zolarining qo’lga olinishlari Karimovni ham, dunyo hamjamiyatlarini ham hayratga sola boshladi. Ular yana bir bora, kuch bilan fikrni yanchib bo’lmasligiga iqror bo’lishgan bo’lsalar ajab emas.

Shu fursatdan foydalanib Karimov ham dunyo oldida maxfiy va xufyona o’zining Islom va Musulmonlardan mag’lub bo’lganini tan ola boshladi. Buni biz O’zbek matbuoti orqali, qo’lga olingan islomiy shaxslarni Hizb ut-Tahrirga aloqador ekanliklarini yashirmasdan ochiq ayta boshlaganlaridan bildik. Karimov ham Islom bilan kufr urushida, kufr karvoniga qo’shilib olish uchun harakat olib bora boshladi.

Islomiy yurt etakchilarining deyarli hammasi Karimov singari ish olib borishayapti. Ular kufrning dunyo bo’ylab olib borayotgan qo’poruvchilik vositasidagi agressiv loihasi asosidagi harakatlarini to’g’ri tushunishdi. Kufr olami, musulmonlar mamlakatlari etakchilari uchun shart qo’ya boshladi. Ya’ni ularning o’zlari uyushtirib borishayotgan qo’poruv amaliyotlaridan, islomiy etakchilar o’z mamlakatlarida foydalanib, islomiy qadriyatlarni, shaxs va jamoalarni bartaraf etib olishlari uchun vaqt berayapti. Bu amaliyotlarni amalga oshirish chog’ida ular qo’llanishlari mumkin yoki mumkin emas bo’lgan choralar va zo’rovonliklar sodir etilishiga ham kufr sistemasi yashil chiroq yoqib berdi.

Demak xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Karimovning hadigi boshqa dunyo mamlakatlarining xavotirlari kabi, quturib borayotgan Rossiya va uni ortida ish olib borayotgan AQSh mamlakatlaridan. To’g’rirog’i, ular foydalanishlari mumkin bo’lgan nosog’lom islomiy jangarilar yoki ularning nomidan ish olib borishlari mumkin bo’lgan Do’stum armiyasi askarlari yoki Qodirov kallakesarlari singari yollanma mahsus ayg’oqchilaridir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.