Kaparov: agar buyruq berilsa, biz bajarishga tayyormiz

525
0

Qirg’iziston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig’i Janibek Kaparov jurnalistlarning KXShTga a’zo davlatlarning xorijiy davlatlar, shu jumladan Suriya va Afg’oniston hududlarida tinchlikparvar amaliyotlarda ehtimoliy ishtiroki to’g’risidagi savollariga javob berdi.

“Agar buyruq beriladigan bo’lsa, biz uni bajarishga tayyormiz”, – dedi Janibek Kaparov jurnalistlar savoliga javoban.

Uning so’zlariga ko’ra, mazkur masala harbiy mashg’ulotlar vaqtida ishlab chiqilmoqda. “Kollektiv xavfsizlik Kengashi tomonidan mashg’ulotlar tahlil qilib chiqilgandan so’ng qaror qabul qilinadi. Biz harbiylarmiz va bosh qo’mondon qarorlarini muxokama qilishiga emas, uni bajarishga ko’nikkanmiz. Shu sababli agar buyruq beriladigan bo’lsa, biz uni bajarishga tayyormiz, shu jumladan tinchlikparvar vazifalarni ham”, – dedi u.

2015 yil o’quv yilida Bosh shtab faoliyati natijalarini sarhisob qilgan Kaparov, Qirg’iziston qurolli kuchlari o’zidagi mavjud kuch va vositalar bilan har qanday topshiriqlarni bajarishga qodir ekanliklarini belgilab o’tdi.

Kaparovning aytishicha, 2015 yili o’tkazilgan xalqaro va milliy xarakterdagi barcha tadbirlar moddiy-texnik jihatdan to’liq ta’minlandi. “Shuning uchun ham to’plangan tajribalar, qurolli kuchlar sifati va salohiyati faqat oshib boraveradi, deb aytish mumkin”, – dedi Kaparov.

Turkiston:

Qirg’iziston hukumati shu kunda armiyada 12000 atrofida askar ushlab tura oladi. Uning harbiy texnikalari SSSRda ishlab chiqilgan eski texnikalar bo’lib, ularni ko’p qismi xizmat qilish vaqtini o’tab bo’lgan. Hatto Qirg’iz armiyasida bor yo’g’i 21 nafar MiG – 21 qiruvchi samolyotlari ham, ikkinchi jahon urushidan keyin SSSRda ishlab chiqilgan. Qirg’iz armiyasi harbiy texnikasi hali biror marotaba haqiqiy modrnizatsiya qilingan emas. Faqat Rossiya Qirg’izistondan biror narsa sotib olsa yoki qarz qilib olish maqsadida falon million yordam puli berishga bitim tuzsa, xoin hukumat bilan kelishgan holda, o’zida harbiy zaxirada eskirib butgan harbiy texnikalarini bizga dollor hisobida o’tkazib beradi. Shu holatimizda Rossiya bizlarning harbiy yordamimizga muxtoj deb o’ylash mumkinmi?!

Yo’q albatta. U Qirg’izistonni ramziy va rasmiy tarzda urushga olib kirib qo’ymoqchi xolos. Rossiya, Suriya urushida o’zining tarafdorlari ko’proq bo’lishini xohlaydi. Rossiya bizlardan harbiy quvvat bilangina emas balki ruhan va moddiy tamonlama yordam kutishlari mumkin. Kerak bo’lsa Asad tarafdorlari qochqinlarga aylangan kunda ularni qabul qilib olish bilan bo’lsa ham o’ziga yordamchi hamkorlar tayorlab olmoqchi. Xuddi AQShning Afg’onistonga va Iroqqa qarshi tuzgan koalitsiyasi singari. O’shanda Angliyaning katta armiyalari bilan bir qatorda, 10 ta atrofida Qozoq askarlari ham kiritilgan edi. Bu koalitsiyaga a’zo davlatlar askarlari deyarli urushga kirishmagan bo’lsalar ham, ularni jo’natgan mamlakatlar rasman o’sha urushda qatnashishgan hisoblanishadi. Hozirga kelib, AQSh Afg’onistonni o’ta notinch va noqulay ahvolga olib kelib qo’yib, xuddi shu holatidan, Markaziy Osiyo davlatlarini qo’rqityapti. Dunyo mamlakatlari esa, bu AQShning Afg’onistonga bostirib kirishidagi xatosi oqibatidan kelayotgan notinch holatlar ekanini ochiq aytishga botinisha olishmayapti. Chunki ular ham bu urush olib borilishida tuzilgan koalitsiyaga a’zo bo’lish bilan unga rozilik bildirishgan edilar.

Qirg’iziston o’zining ko’rpasiga qarab oyog’ uzatishi kerak. Aks holda “tuyani shamol uchirsa echkini osmonda ko’r” deganlaridek, o’ta yomon ahvolda qoladi. Hozirning o’zidan Qirg’iz hukumati Rossiyaning ortidan izma iz yurib, YevroOsiyo ittifoqiga a’zo bo’lishi oqibatida o’z fuqorolarining boshiga tushib borayotgan iqtisodiy bo’hronni yashirishga harakat olib boryapti. U yana Rossiyaning ortidan borib, Putin rejimi Rossiyaning iqtisodiy halokatlarini urush bilan yopib qolmoqchi bo’layotganidek, Qirg’iz hukumati ham shu maqsatda urushga kirmoqchi bo’layotgan bo’lsa, katta xato qiladi.

E’tibor berayotgan bo’lsangiz Qig’iz hukumati xuddi Rossiya hukumati singari oxirgi vaqtda olib borayotgan barcha harakatlari, faqat shu kunda boshimizga tushib borayotgan nosog’lom muhitlar uchun kimnidir aybdor qilish asosida borayapti. Ular shu kunning real boshimizga tushib borayotgan inqirozlar xarakterlari va undan qutilish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun harakat qilishni ikkinchi o’rinda parda ortida qoldirib borishayapti. Hukumat faqat ushbu vaziyatlardan o’zlari pokiza chiqib olish uchungina harakatlanayotgani bilinib turipti. Ular hatto Islom va Musulmonlarni atayin jig’iga tegib, ularni qo’zg’ash maqsadida bir necha amaliyotlar va matbuot hujumlari o’tkazib ham ko’rishdi.

Hozirda Qirg’iziston fuqorolari uchun xuddi Rossiya xalqi kabi, “ko’rganimizdan hali ko’radiganlarimiz ko’proq” deyish mumkin. Kutilayotgan siyosiy, iqtisodiy va harbiy inqirozlar va bo’hronlar oldinda turgandek. Buni sezib turgan Putin Suriya urushiga Rossiyani olib kirib borayapti. Qirg’iziston hukumati, aqlini eb bitirgan deb gumon qilinayotgan Putinning ortidan bu terroristik urushga hatto ramziy shaklda ham qo’shilishi mumkin emas. Bu nafaqat Qirg’iziston Musulmonlari uchun, balki butun mamlakat va fuqorolar uchun xiyonat bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.