Turkiyaning Antaliya shahrida kecha yakshanba kuni boshlangan G20 sammiti bugun ham davom etmoqda. Dunyo iqtisodiyotining 85 foizini shakllantirgan 19 davlat va Yevropa ittifoqining rahbarlari hamda tashqi ishlar vazirlari o’zaro uchrashuvlar o’tkazmoqda.
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan alohida uchrashib, o’zaro suhbat o’tkazdi. Bu uchrashuvda Obamaning tashqi masalalar bo’yicha maslahatchisi Syuzan Rays ham ishtirok etdi. Jurnalistlar uchun bu ikki rahbarning bahs munozaralarini yaqindan kuzatishga ruxsat berilmadi. Uzoqdan bo’lsa ham kuzatgan jurnalistlarning ma’lum qilishicha, Obama bilan Putin o’rtasida o’tgan suhbat oddiy suhbat bo’lmagan, balki ular orasida jiddiy tortishuv bo’lib o’tgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashib, Suriya masalasida hamkorlikni kuchaytish va terrorizmga (Islomga) qarshi kurashish borasida kelishib olishdi. Bu haqida ularning o’zlari matbuot anjumanida ma’lum qilishdi.
Erdug’on Rossiya prezidenti Viladimr Putin bilan ham matbuotdan yashirin holda yopiq eshiklar ortida uchrashdi. Uchrashuv bir soatga yaqin davom etdi. – “Ular nima haqida gaplashganligini faqat o’zlaridan so’rab bilamiz”, deydi sammitni yoritib borayotgan jurnalistlardan biri.
Turkiston:
Obamaning Putin bilan uchrashayotganining o’zi, AQShning Rossiyaga bo’lgan munosabati haqida aytib turipti. Ularning o’rtalarida bo’lib o’tgan suhbat, faqat matbuot va dunyoning oddiy fuqorolarini aldash uchun xolos.
AQSh Rossiyani Suriyada olib borayotgan urushining maxfiy hamkoridir. Ular hatto Frantsiyadagi 13 noyabrda bo’lib o’tgan yirik terrorchilik amaliyotini uyushtirilishida ham hamkorlik qilishgan bo’lishlari mumkin. Bu qo’poruv amaliyotlarida Rossiya maxsus kuchlarining qo’li bor degan tahlillar kuchayib borayapti. Lekin Rossiyaning hozirda islomiy harakatlar bilan deyarli aloqalari uzulgan. Uning bir o’zi bunaqangi yirik amaliyotni qo’rqmay amalga oshirishi hozirgi xalqaro siyosatdagi holatida o’ta qiyin.
Suriya masalasida esa AQSh Rossiya uchun har tomonlama yo’l ochib beryapti. Turkiyani ham oxirgi vaqtlarda Rossiyaning havo hujumlari haqidagi hech bo’lmasa matbuot hujumlari olib borishdan ham tiyilib borayotgani ham bunga dalildir. Frantsiyadagi hodisa ham Olland yordam berib kelayotgan islomiy harakatlarga nisbatan Frantsuzlarning pozitsiyalarini o’zgartirishga undash uchun bosim qilishlari kutilyapti. Bu ham Rossiyani, Suriyada erkin nafas olishi uchun yo’l ochib berish amaliyotlari turkumidandir. Obama Putinni xuddi Asad singari boshi berk ko’chaga olib kirib olib, o’z manfaatlari yo’lida, qolgan siyosiy umri mobaynida itdek ishlatib oladi shekilli.