Sank- Peterburg sudining qarori o’z kuchida qoldi.
12 noyabr kuni Sank-Peterburg sudi qaroriga muvofiq Tojikiston jumhuriyati fuqarosi Zarina Yunusova besh kun mobaynida Rossiyani tark etishi lozim.
Avval xabar berganimizdek mehnat muhojirlarini tekshirish reydi natijasida 21 yoshli Zarina Yunusova va uning turmush o’rtog’i Dalerni II xodimlar mahkamaga olib ketishgan. Savol-javob paytida uning qo’lidan bolani majburan tortib olingan va bu erda dezinfektsiya ishlari olib borilayotgani bahona qilinib go’dakni boshqa binoga olib o’tilgan. Yarim kechasi esa telefon orqali “Sizning bolangiz vafot etdi” – degan xabar kelgan. Dalerning oila a’zolari bolaning o’limiga sabab nima ekanligini so’rashganda “bolangiz qattiq shamollagan ekan, shu boisdan olamdan o’tdi” – deyilgan.
Shundan so’ng bu ishga nisbatan ko’p advokatlar jalb etildi. Sud – tibbiy ekspertizalar olib borildi. Bolani ko’rganlar uning a’zolarida qotgan qon va jarohat izlari borligini aytib chiqishdi. Eng achinarlisi shu kungacha bolaning jasadi turli bahonalar bilan yaqinlariga berilmay, morgda saqlanib turipti.
Bu muddat mobaynida Nazarovlar oilasidan umuman tinchlik va osoishtalik yo’qolgan. Kun ora II xodimlari itlar bilan kelib takroran uyni tintuv qilishmoqda. Uy holati saranjom-sarishta bo’lishiga qaramasdan “Bola tarbiyasi uchun oilada zarracha sharoit yo’q, shu bois bola surunkali o’pka yallig’lanish kasaliga chalingan”, degan xulosa chiqarishdi. Bolaning ota-onasi qon topshirish uchun chaqirilganda ular bosh tortishgan.
Rossiya prezidentining so’zchisi Peskov bu to’g’rida quyidagicha fikr bildirdi : “Bolakayning o’limi va bu hodisaga taalluqli e’tirozlardan Putinning xabar bor. Biroq bu muammoni hal etish uning vazifasi emas. Bu ishga prezidentning aralashuviga ham hojat yo’q, holbuki mamlakatamizda ko’ngilsiz voqealarga tegishli masalalar bilan shug’ullanadigan tashkilotlar mavjud”.
Xullas, 14 oktyabrdan buyon 5 oylik Umaralining o’limi Rossiya sudyalarining “bosh og’rig’iga” aylandi. Suvdan quruq chiqish niyatida barcha aybni bolaning otasi Daler Nazarovga yuklab, hatto tergovchi unga tahdid qilib “men bolamni o’zim o’ldirdim” degan hujjatga imzo chekishligini talab qilgan. Zarinaga ham tazyiq o’tkazishib “shu hujjatga imzo qo’yasan” deb majburlashgan, natijada protokolga “rejalashtirilmagan bola” degan jumla ilova qilingan.
Kuni kecha esa oilaga yangi bosim qo’llanildi. Sank- Peterburg quyi sudi Zarinani qisqa muddatda Rossiyani tark etishligi haqidagi hukmni o’qidi. Garchi to’rt nafar advokat ishga oydinlik kiritishga uringan bo’lishsa-da , sud qarori o’z kuchida qoldi. Adovokat Olga Seytlinanig so’zlariga qaraganda, sud jarayonida bir necha inson huquqlari Konvensiya me’yorlariga nisbatan e’tiborsizlik sodir etilgan. Shuning uchun bu ishga echim topish uchun Ovrupo inson huquqlarini saqlash Sudiga murojaat qilinadi.
Shu kunlarda prezident apparati qoshidagi inson huquqlari Kengashi a’zosi Maksim Shevchenko sud qarorini sharmandalik deya atadi. Unga ko’ra, sud jarayoni umumbashariy me’yorlarga qarshi olib borilgan.
“Eng asosiy nuqson shundaki, sud asosiy jinoyatchidir. Umaralini onasining qo’lidan tortib olgan II xodimasi Alekseeva sudda ishtirok etmagan va hatto u haqida biror so’z ham aytilmagan. Buning aksi o’laroq barcha ayblovlarni Zarinaga yuklab, oddiy narsalarni ro’kach qilib hukm chiqarilgan. Ya’ni go’yoki Zarina rus tilida umuman so’zlasha olmaydi, bu muhojirat qoidasiga ziddir. Bundan tashqari bu erga hech bir asossiz, noqonuniy kelib izg’ib yurgan emish. Bizning davlatimiz inson huquqlarini himoya qilish asosida barpo bo’lganmi yoki barcha II boshqarmasi xodimlari qonunga xilof ravisha ish tutishni odat qilib olishganmi?! Agar qo’polroq qilib aytadigan bo’lsak, insonlari himoya qilish organlari ko’ngli tusagan ishlarni amalga oshiraveradilar va barcha jinoyat kodekslariga tupurishgan ko’rinadi ” – dedi Shevchenko.
Copyright @2015 TojNews