Obama: Ma’sum yahudiylarga hujum qilayotgan falastinliklarni qoralayman

465
0

AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni hamda Suriya va Eron masalalarini muhokama qildi. Obama Netanyahu bilan Oq uyda uchrashdi. Ikki davlat rahbari Oval ofesida uchrashuv o’tkazishdan avval jurnalistlarga bayonot berishdi.

001114873Obama Falastin va Isroilda oxirgi haftalarda yuz bergan zo’ravonliklardan xavotirda ekanligini tilga olib o’tdi. AQSh prezidenti isroilliklarga nisbatan “bugunoh” so’zini ishlatgan bo’lsa, falastinliklarga nisbatan “terrorchi” so’zini ishlatdi. Obamaga ko’ra, qurolsiz muslimalarni otib o’ldirayotgan va maktablarga bostirib kirib, o’quvchilarni qamoqqa olayotgan “begunoh” yahudiylar o’zlarini himoya qilish huquqiga egadir.

“Begunoh, ma’sum isroilliklarga hujum qilayotgan Falastinliklarni tanqid ostiga olishimni ochiq aytmoqchiman. Isroil o’zini himoya qilish huquqiga egaligi va bundan mas’ul ekanligiga doir chuqur ishonchimni ham yana bir bor tilga olib o’tmoqchiman”, “Isroil Falastindagi terrorga qarshi o’zini himoya qilishga haqli”, dedi AQSh prezidenti.

Isroil davlatining xavfsizligi AQSh tashqi siyosatida muhim o’rinni egallashiga ishora qilgan Obama buning uchun harbiy va razvedka masalalarida ikki davlat o’rtasida hamkorlik olib borilayotganini qayd etdi. Shuningdek, u yahudiylarga ko’rsatilayotgan yordamlar faqatgina Isroilning xavfsizligi uchun emas, balki AQShning ham xavfsizligini o’ylab amalga oshirilayotganini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.