Turkiya va Isroil tijorati avjida

479
0

Turkiya va Isroil o’rtasidagi tijorat hajmi oxirgi besh yilda eng yuqori darajaga ko’tarildi. Turkiya statistika instituti tarafidan tashqi siyosat borasida olib borilgan tadqiqot natijasiga ko’ra, Turkiya va Isroil o’rtasidagi tijorat hajmi so’nggi besh yilda ikki barobarga ortib 5,6 milliard dollarga etgan. Bu raqam Isroillik mas’ullar tarafidan ham tasdiqlandi.

Isroil tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Emmanuel Naxson “Media Line” dasturiga bergan bayonotida Turkiya va Isroil iqtisodiyoti bir birini to’ldirganligini bildirdi. Naxsonga ko’ra, ikki davlat o’rtasida tijoriy aloqalar ancha kuchaygan. So’zchi Turkiya va Isroil o’rtasida olib borilayotgan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni bir biridan ajragan alohida-alohida aloqalar sifatida baholashga urindi.

“Ammo afsuslar bo’lsinki, siyosiy aloqalarimiz unchalik yaxshi emas. Sababi Turk hukumatining Isroilga nisbatan amalga oshirgan qo’pol muomalalaridir”, dedi Naxson.

Emmanuel Naxson Turkiya va Isroil o’rtasidagi siyosiy aloqalar iqtisodiy aloqalardan alohida yuritilishidan mamnun ekanligini qo’shimcha qildi. Bu bilan u iqtisodiy aloqalar siyosiy aloqalarning mahsuli ekanligidan chalg’itmoqchi bo’ldi.

Isroil tashqi ishlar vazirligining sobiq bosh mudiri Alon Liel ham mazkur ikki davlat o’rtasida diplomatik kelishmovchiliklar tijoriy aloqalarga ta’sir qilmasligini da’vo qildi.

“Ikki davlat ham o’zaro iqtisodiy aloqalari va siyosiy aloqalari o’rtasida devor paydo qilgan edi. Har ikki davlatning ham iqtisodiyoti va ehtiyojlari mavjud. Ular diplomatik darajada shiddatli talash tortish qilishiga qaramay, buning tijoratga hech qanday ta’siri yo’q”, dedi Alon Liel.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.