بِسْمِ اللهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
2015 yilning 19 oktyabrida Moskvada Hizb ut-Tahrir a’zolarini ommaviy hibsga olish ishlari bo’lib o’tdi. Maxsus xizmatlar terrorizm ayblovi bilan 100 ga yaqin odam qo’lga olinganini va ulardan 20 dan ortig’i hibs qilinganligi to’g’risida xabar berishdi, shuningdek tintuv ishlari muhrlangan tezkor videolavhalarni OAV larda keng tarqatishdi. Unda kuchishlatar tuzilmalari xodimlarining qo’lga olingan musulmonlarga nisbatan kibr va bepisandlik bilan muomalada bo’lishayotganini, har qanaqasiga kamsitib, haqorat qilishayotganini ko’rish mumkin. Shu bilan birga, “terroristlar” deb atalayotganlar yonidan Hizb ut-Tahrir kitoblaridan boshqa hech narsa topilmagani ham kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmadi.
Bir necha kundan so’ng, 23 oktyabr kuni maxsus xizmatlarga tayangan Rossiya OAV lari “Hizb ut-Tahrirning Moskvadagi bo’limi boshlig’i” ning hibsga olinganligini shov-shuvli “sensatsiya” qilib tarqatishdi: qo’lga olingan musulmonga jazo chorasi belgilanishi to’g’risidagi videolavha butun mamlakat axborot vositalarini aylanib chiqdi. Bu voqealar, oldinroq hukumat tomonidan “IShID jangarilari tashkil qilgan terror hurujini oldini olish”, deb nomlangan spektaklning ertasiga – 12 oktyabrda ba’zi OAV lar maxsus xizmatlardagi manbasiga tayangan holda IShID jangarilari Hizb ut-Tahrir a’zolari ekanligini xabar qilishgandan keyin ro’y bermoqda.
Ochiq ko’rinib turibdiki, rus rejimi bu hatti-harakatlarni sentyabr oyi oxirlarida zolim, qotil Bashar Asad tomonida ochiq urushga kirib, qo’zg’olonchilar va tinch aholini bombalash bilan Suriyada jinoyatkor operatsiyasini amalga oshirayotgan bir paytda qilmoqda. Bu bilan Putin o’z xalqiga va butun dunyoga Suriyaga majburiy ravishda armiyasini jo’natayotganini ko’rsatmoqchi, huddiki “Rossiya va boshqa davlatlar xavfsizligiga raxna solayotgan terroristlardan” o’zini himoya qilib, oldini oluvchi zarba bermoqda. Shuning uchun ham Kremlga zudlik bilan poytaxtdagi “terror hurujini oldini olish” bilan bog’liq bo’lgan “terrorist” larni ommaviy qo’lga olish ishlari kerak bo’lib qoldi.
Rossiya rejimi o’zining haqiqiy maqsadlarini balandparvoz so’zlar va shiorlar bilan niqoblamoqchi bo’lmoqda. Lekin u haqiqiy basharasini yashira olmaydi, chunki yarim million musulmonning qotili Asadni himoya qilib, Suriyadagi begunoh bolalar, ayollar va qariyalarni qirmoqda. U bu jinoyatlarni o’zining geosiyosiy manfaatlari va Ukraina krizisi unutilishi hamda “kechirilishi” umidida Amerikaga yoqish uchungina qilmoqda. Putin amerikancha orkestrdagi rolidan shunchalik g’ururlanib ketdi shekilli, yuzsizlarcha o’zini “tinchlik kabutari” deb atadi. Yaqinda u Sochida “Men kabutarman, ammo mening juda kuchli temir qanotlarim bor”, dedi (“Rossiya bugun” 24.10.2015).
Hizb ut-Tahrirning birorta terror hurujiga ham, har qanday moddiy harakatga ham aloqasi bo’lmaganidek, IShID tashkilotiga ham hech qanday aloqasi yo’qligini Rossiya hukumati juda yaxshi biladi va tushunadi. Biroq Kremldagi jinoyatchilar Hizb ut-Tahrirga na mafkuraviy va na siyosiy jihatdan qarshi tura olmasligi tufayli yolg’onlarini davom ettirmoqdalar. Ular partiya a’zolariga qarshi shafqatsiz repressiyalarini oqlash umidida Hizb ut-Tahrirni surbetlik va uyatsizlik bilan terrorizmda ayblashmoqda.
Rossiya o’z hududida ham, Suriyada ham Islomga qarshi birdek kurashmoqda. U kuchli maxsus xizmatlar, ko’p sonli armiya va yuqori texnologiyali qurollarga ega. Lekin unda musulmonlarda bo’lgan butun olamlar Robbisining yordami yo’q, musulmonlarga yaqin g’alaba haqidagi bergan va’dasi, xushxabari yo’q. Rossiya hukumati xohlagan ishimizni qilaveramiz, degan hayolda Islom va musulmonlarga qarshi jangga chiqishdi, ammo ularning barcha urinishlari behuda ketadi in sha Alloh. Rossiya musulmonlari hech qachon dinlarini tark etmaydilar, chunki avval podshohlik, keyin sovet hukumatlari bosimlari ham Islomni yo’q qila olmadi, lekin bu Ivan Grozniy va Stalin an’analari davomchilari uchun ibrat bo’lmadi shekilli. Putin uchun sovet hukumatining Afg’onistonga sharmandali hujumi ham dars bo’lmadi, bugun u Suriyaga hujum qilmoqda va Allohning xohishi bilan uni ham o’zidan oldingilar kabi bu va mangu hayotdagi sharmandalik, xorlik kutib turibdi.
Allox Ta’olo aytadi:
وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ
“Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar” (26:227)
Hizb ut-Tahrirning Markaziy matbuot bo’limi
28.10.2015