Qirg’iziston parlamenti yangi eski bosh vazirni sayladi

525
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Temir Sarievni hukumat tepasiga hech qachon yaqinlashtirmasligi haqida va’da bergan bo’lishiga qaramay, Rossiya xohishiga ko’ra Temir Sariev joriy yilning may oyida bosh vazir lavozimiga saylandi. Temir Sariev hukumat tepasiga kelishi bilan darhol Rossiyaning Qirg’izistondagi manfaatlarini amalga oshirishga, xususan rus hukumati ko’rsatmasi asosida Islom va musulmonlarga, Islom dini qadriyatlariga qarshi oshkora kurash boshlab yubordi. Temir Sariev bu xizmatlari bilan Rossiyani rozi qilgan ko’rinadi, shu sabali ham Rossiya yana qayta uni hukumat tepasida olib qolishga qaror qildi.

Joriy yilning 4 oktyabr kuni bo’lib o’tgan saylovlaridan so’ng o’zi ishini boshlagan Jogorku Kenesh deputatlari 5 noyabr kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda Temir Sarievni yana qayta bosh vazir etib saylashdi. Sarievning nomzodini shu kungi yig’ilishda ishitrok etgan 118 deputatning barchasi bir ovozdan ma’qullashdi va Sariev tomonidan taqdim etilgan hukumat tarkibi, tuzilmasi va dasturini tasdiqlashdi.

Shunday qilib, Temir Sariev bosh vazir lavozimida qoldi. Uning birinchi o’rinbosari Ali Qarashev, iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Oleg Pankratov, ijtimoy masalalar bo’yicha o’rinbosari esa Gulmirf Qudayberdieva bo’ldi.

Orzibek Qo’joshev -Iqtisodiyot va sanoat vaziri;

Melis Turg’anbaev – IIV; Jildiz Mambetalieva -Adliya vaziri;

Odilbek Qosimaliev -Moliya vaziri;

Qubatbek Bo’ronov -FVV;

Turdunazir Bekboev -Qishloq xo’jaligi va melioratsiya vaziri;

Qudaybergan Bozorboev -Ijtimoiy taraqqiyot vaziri;

Elvira Sarieva -Ta’lim va fan vaziri;

Oltinbek Maqsutov -Madaniyat, axborot va turizm vaziri;

Talantbek Botiraliev -Sog’liqni saqlash vaziri;

Arg’inbek Malaboev -Transport va kommunikatsiyalar vaziri;

Erlan Abdildaev -Tashqi ishlar vaziri etib tayinlanishdi.

Prezident Almazbek Atambaev kvotasi asosida tayinlanadigan Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasining raisi Busurmonqul Tabaldiev o’z vazifasidan ozod qilindi. Uning o’rniga ayni vaqtga qadar milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi tahlil bo’limi direktori vazifasini bajarib kelgan Abdil Segizboev tayinlandi.

Bundan tashqari Atambaev buyrig’iga binoan qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Asanbek Alimqo’jaev lavozimidan ozod qilinib, uning o’rniga o’rinbosari Jonibek Qaparov tayinlandi.

Bundan tashqari, yangi tuzilgan mudofaa ishlari bo’yicha davlat qo’mitasi rahbari etib bosh shtab rahbari o’rinbosari Marat Kenjisariev tayinlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.