“Prezidentlik boshqaruviga o’tilgan taqdirda Erdo’g’on “xalifa” bo’ladi”.
Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasini qo’llovchi nashrlardan birining yozishicha, uzoq kutilgan prezidentlik tizimiga o’tilsa Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo’g’on “xalifa” bo’lishi va barcha sunniy musulmonlar rahbariga aylanishi mumkin.
Yeni Akit sharxlovchisi Abdurrahmon Dilipok, xalifalik tiklanganidan so’ng prezidentning Oq saroy qarorgohidagi xonalarni turli musulmon davlatlari vakillari egallashini aytdi. U qo’shimcha qilib, Turkiyada xalifalik har doim mavjud bo’lgan, dedi.
“Agar Toyib Erdo’g’on prezidentlik boshqaruviga o’tishga muvaffaq bo’lsa, mamlakatning barcha hududlarida o’z maslaxatchilarini tayinlaydi. Uning Beshtepadagi saroyida Islom olamining barcha mamlakatlar vakolatxonalari ochiladi”, – dedi Dilipok Kanada poytaxti Torontoda bo’lib o’tgan konferentsiyada so’zlagan nutqida.
1 noyabr kuni bo’lib o’tgan muddatidan oldingi parlament saylovlarida Adolat va taraqqiyot partiyasi 49,36 foiz ovoz bilan g’olib chiqdi va yakka o’zi hukumat tuzish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Turkiston:
Xalifalik davlatini e’lon qilish yoki avvaldagi Xalifani saylab olish o’zining shar’iy hukmiga muvofiq ijro etilmasa, xuddi nikoh shartlari topilmagan yoki nikoh noshar’iy yo’l bilan ado etilmagan oila singari bo’ladi. O’sha oila, boshqa oilalar singari hatto barcha shar’iy burchlarni ado etib yashaganlarida ham botil oila hisoblanadi.
Agar unday bo’lmaganida olam Musulmonlari Bag’dodiyni tan olishga majbur bo’lishar edilar. Uning Xalifa deb tan olinmaganligi, uni olib borgan noto’g’ri jihodida yoki fatvolarida emas (chunki bu xatolar Xalifalikka aloqasi bo’lmagan alohida xatolardir). Balki xalifalikni e’lon qilish va Xalifa saylash ta’riqati noshar’iy tarzda amalga oshirilganligidadir.
Xalifalik, Musulmonlarning hayotiy masalasi, u osongina Kanada singari kufr yurtlarida, kufr uyushtirib bergan majlislarda, kufr bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan nayrang emas!? Biz ilgaridan aytib kelamiz, kufr olami Erdagonni Bog’dodiydan keyin yana Musulmonlarni chalg’itish uchun boshqacharoq ko’rinishdagi etakchi qilishga tayorlab borayapti.
Ular (kufr olami va unga bog’langan malaylar) haqiqiy Xalifalik davlatidan o’ta qattiq xavotirdalar. Lekin o’sha haqiqiy Xalifalik hamma qatori Erdagonlarniki ham emasmi. Ular ham undan o’z ulushlarini olishlari mumkinku! Hatto agar sofliklarini saqlab qolishsa, Xalifalikka o’z nomzodlarini ko’rsatish orqali da’vogar bo’lishlari ham ularning haqlari doirasiga kiradiku! Nahotki ular, kufr va’da qilayotgan Xalifalik, Olloh va’da qilayotgan Xalifalikdan ko’ra aniqroq va ishonchliroq deb bilishsa! Yo’q, avvora bo’lishadi!
Lekin bu navbatdagi fitnaga qarshi fikriy kurash olib borishga shoshilmasak, yana Ummat ichida dunyo va oxirat farovonligi yo’lida ko’proq qurbonlar berib qolishimiz mumkin. Kufr sistemasi, yuqoridagi buzuq fikrat vositasida aynan Musulmonlarni bir necha bo’laklarga bo’lib yubormoqchi. Erdigonga kufr olami mo”tadil deb atab olgan Musulmonlar toifasini ajratib berishni re’jalashmoqda. Qolgan Musulmonlar u tariqa kelgan Xalifani tan olishmasligini yaxshi bilishadi. Maqsadlari ham shu nuqtaga cheklanadi. Ular o’sha tan ola olmaydigan haqiqiy Musulmonlarni ajratib olib, Erdigonni ularga qarshi otlanishga undashmoqchi.
Obamaning 2015 yil 18-19 fevralda Vashengton konferentsiyasida so’zlagan nutqidan ma’lum bo’ldiki, endi Amerika iloji boricha o’z qo’shinlari bilan xorijiy yurtlarga urush qilib kirmaydi. Ular, o’sha yurtlardan o’zi uchun sodiq xizmatkorlarni mumkin qadar ko’paytirish uchun qattiq harakat boshlaydi. Har bir mamlakatga, o’z hududida Islom va Musulmonlarga qarshi harakat olib borishlari uchun bosimlar yasaydi va iqtisodiy ko’maklarni xo’rak sifatida ishga soladi. Hozir “IDISh” tashkilotini vahima qilib, dunyo mamlakatlarini kufr mafkurasi atrofiga jipslab kelishayapti. Aynan “IShID” tomonidan Musulmonlarni qatl qilish marosimlarini keng tarqatilishi, shu kunga kelib Musulmon xodimlarini kufr atrofiga qochib borishlari uchun atayin tarqatilgan edi.
Lekin ular rejalayotgan ish (ya’ni musulmonlarning qo’li bilan Islom va Musulmonlarga zarba berish) ular kutgan ko’lamda amalga oshmadi. Shuning uchun Amerika bu urushga Rossiyani tortishga majbur bo’ldi. Kufrning bu muvaffaqqiyatsizligi, Ollohning nusrati bilan Islomni to’g’ri tushungan va malomatchining malomatidan qo’rqmay haqni olamga olib chiqib borayotgan haqiqiy rijollarning jonbozliklari bilan amalga oshib borayapti insha Olloh.