Sizlarga nima bo’ldi? Qanday hukm chiqarmoqdasizlar?!

484
0
ALEPPO, SYRIA -SEPTEMBER 15: Syrians carry a victim at the site of Assad regime forces' air attacks on the opposition controlled al-Sukari neighborhood of Aleppo, Syria on September 15, 2015. (Photo by Ahmed Muhammed Ali/Anadolu Agency/Getty Images)

2015 yil 17 oktyabrda axborot vositalarida Musulmon Ulamolar Xalqaro uyushmasining Rossiyadagi a’zolari tomonidan berilgan bayonot nashr qilindi. Unda bunday deyilgan: «Biz Musulmon Ulamolar Xalqaro uyushmasining elektron saytida nashr qilingan bayonot bilan tanishdik. Bu bayonotda musulmonlar, arab xalqlari va rahbarlari, musulmon ulamolari va butun ozod dunyoga murojaat qilingan bo’lib, ularni Rossiyaning Suriya ishlariga aralashuvini qoralashga hamda buzg’unchi jinoyatkor Bashar hukumatidan ozod bo’lish yo’lida olib borilayotgan urushda Suriya xalqini qo’llab-quvvatlashga da’vat qilingan». Shundan so’ng saytda uyushmaning ayni da’vatiga nisbatan «rus a’zolariga xabar qilinmagan va ular bilan maslahatlashilmagan», degan tanqidlar paydo bo’ldi. Rossiya o’zining Suriyaga bomba yog’dirishini IShID tashkilotiga qarshi kurash, deya oqladi hamda o’zini Islomiy Ummatning do’sti, butun olamni G’arb yovuzligidan, terrorizmdan mudofaa qiluvchi posboni ekanini iddio qildi.

Bu tanqidchilar Rossiya musulmonlaridan maslahat olishni Ulamolar ittifoqidan talab qilayotgan ekan, ularga quyidagicha savollar yo’llamoqchimiz:

Salkam besh yildan buyon Asad tomonidan qasddan jazolab kelingan, endi esa rus bombalariga duchor bo’layotgan Suriya xalqi musulmon emasmi?! Bu xalq tog’ut terroriga javoban ko’chaga chiqdi va tinch namoyish boshladi… Ammo Asad qaroqchilari ularni qatli om qildi, qiynoqqa soldi… Xo’sh, ularning qo’lga qurol olishlariga Asadning shu qilmishlari sabab emasmi?!

Uning begunoh musulmonlar qonini daryo qilib oqizishi odamlarni ayni jinoyatkordan o’zlarini qurol bilan himoya qilishga majbur etdi, biroq ular terrorchi, deya nomlandi. Shundan so’ng Suriya xalqi rejimning terroridan qutulishni istadi va yurtda Allohning shariati bilan boshqarishni talab qildi… Xo’sh, bunga IShID tashkilotining nima aloqasi bor? Yaqqol ma’lum bo’lib turibdi, Asadning qurolli to’dalari IShID tashkilotiga qarshi jang qilmayapti, rus uchoqlari ham Idlib va Hamani, ya’ni IShID joylashmagan erlarni bombardimon qilyapti. Siz bo’lsangiz, ey tanqidchilar, qanday hukm chiqarmoqdasiz? Eslatma-ibrat olsangiz bo’lmaydimi? Alloh Taolo bunday dedi:

 وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ إِنَّكَ إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ

«Agar farazan sizga kelgan bilimdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsangiz, u holda, shubhasiz zolimlardan bo’lib qolasiz» [Baqara 145]

Sizlar Kreml qilmishini oqlab, G’arbni ayblayapsiz. Nahotki, bu bombardimon Amerika bilan Rossiya o’rtasidagi kelishuv asosida bo’layotganini bilmasangiz? Masalan, Shomga qilingan havo hujumi Putin bilan Obama uchrashuvidan bir kun o’tib boshlandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov ham: «Asad rejimi qulatilib, Xalifalik tiklanishiga yo’l qo’yishimiz mumkin emas», dedi. Suriya ahlining Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga bo’lgan harakatlari «Jeneva-1» va «Jeneva-2» korferentsiyalarida qabul qilingan bitimlarni barbod qildi. Shundan keyin Amerikaning ularga birorta yangi rahbarni tiqishtirishga bo’lgan barcha urinishlari samara bermadi. Shunda amerikaliklar ruslardan iflos rol o’ynab berishni so’rashga qaror qilishdi. Chunki yangi ilmoniy rejim uchun biror qurolli muxolafat yasab berishga urinishib, bunda ham omadlari chopmagandi.

Bugun G’arb ham, ruslar ham musulmonlarga qarshi jang qilishyapti. Ularning maqsadi qo’zg’olonchilarni Suriyaning ilmoniy kelajagi uchun kelishuvlarga tiz cho’ktirishdir.

Sizlar o’zingizni ulamolar, deb bilasiz, shunday emasmi? U holda, nima uchun zolimlar karvoniga ergashyapsiz. Chunki sizda haqiqatni gapirishdek ulamolar jur’ati yo’q, shundaymi? Alloh Taolo bunday dedi:

 وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

«Zulm yo’lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar), aks holda, sizlarga do’zax o’ti etar. Sizlar uchun Allohdan o’zga biron do’st yo’qdir. Keyin (zolimlarga ergashsangiz) sizlarga nusrat-yordam berilmas» [Hud 113]

Har ishga qodir Allohdan qo’rqing, muborak Shomdagi begunoh musulmonlar qonini oqizilishiga sherik bo’lmang. Chunki barcha xatti-harakatingiz o’z sahifangizga yoziladi va bilvosita bo’lsa ham bitta musulmonni o’ldirgan kimsaga Allohning jazosi juda qattiq bo’ladi. Tog’utlarga yordam bermang, Allohning shariatini tatbiq etish shartligini yashirmang, Suriya ahliga xiyonat qilmang, shundoq ham ular ko’p musibatlarni boshdan kechirdilar. Alloh Taolo bunday dedi:

 إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلْنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالْهُدَى مِنْ بَعْدِ مَا بَيَّنَّاهُ لِلنَّاسِ فِي الْكِتَابِ أُولَئِكَ يَلْعَنُهُمُ اللَّهُ وَيَلْعَنُهُمُ اللاعِنُونَ. إِلا الَّذِينَ تَابُوا وَأَصْلَحُوا وَبَيَّنُوا فَأُولَئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ وَأَنَا التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

«Alloh nozil qilgan Kitobdan iborat bo’lgan narsani yashiradigan va uni ozgina qiymatga sotadigan kimsalar qorinlarini faqat olov bilan to’ldiradilar, ularga qiyomat kunida Alloh so’zlamaydi, boqmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi, ular uchun alamli azob bor. Ana o’shalar hidoyat o’rniga zalolatni, mag’firat o’rniga azobni sotib olgan kimsalardir, jahannam oloviga muncha sabr-toqatli ekanlar-a?!» [Baqara 174-175]

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: ediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.