Karimov rejimining O’zbekistondagi yangi jinoyatlari

802
0

Islom Karimovni joriy yilning mart oyida O’zbekiston prezidenti etib saylanishi tasodif bo’lgan emas. Zero, juda ko’p mutaxassislar, xalqaro va turli mahalliy ommaviy axborot vositalari bu saylov tafsilotlari haqida so’z yuritib, uning qaytadan prezidentlik muddatiga saylanishi o’zi qabul qilgan konstitutsiyaga zid ekanini bayon qildi… Shu bilan birga, butun dunyo sukut saqladi, hatto Karimov rejimi demokratik asosda boshqarilyapti, deya olqishladi ham! Ya’ni xalqaro xamjamiyat, xususan etakchi davlatlar Karimov rejimining ko’pgina jinoyatlariga e’tibor bermay kelyapti. Jumladan:

Andijonning qurolsiz aholisiga qarshi o’q otishi, fikriy muxoliflar va fikrga qarshilarni jismonan yo’q qilishi, ro’mol yopinish, soqol qo’yish va oq do’ppi kiyishni taqiqlashi, davlat xizmatchilarini namoz o’qishdan taqiqlashi, yosh bolalarni masjidlarga kirishdan taqiqlashi, ramazon oyida jamoiy iftor berilishini taqiqlashi, shuningdek, O’zbekiston rejimi qamoqxonalari va vaqtinchalik ushlab turish joylarida qo’llayotgan jinoyatlari… Bu rejimning vahshiyligi haqidagi so’nggi haqiqatlardan biri, diniy sabablarga ko’ra sudlanganlarga taalluqli bo’lgan 159-modda bilan qamalganlar tomonidan bizga etib kelgan bir maktubdir. Qamoqxonalarda saqlanayotgan ushbu mahbuslarning ovozini, zulmni va uning dahshatini his qilarmikin, deya butun dunyoga etkazmoqchi bo’ldik. Mana o’sha mahbuslar maktubining matni:

“Biz Qashqadaryo viloyati, Koson shahridagi UYa 64/51 qamoqxonasida saqlanayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolarimiz. O’zbekiston hokimlari bu qamoqxonani Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida joylashgan UYa 64/48 qamoqxona shakliga aylantirishga urinmokda. Chunki bu qamoqxonada mahbuslarga, xususan, Hizb ut-Tahrir a’zolariga nisbatan turli xil eng og’ir qiynoqlar qo’llanadi… Jumladan, rejim davlat himoyasi ostida bo’lgan, hukumat buyruqlarini ijro qilib, uning nomidan jirkanch ishlarni amalga oshiradigan mahbuslarni bu erga ko’chirib olib keldi. Ya’ni Zarafshon shahridagi UYa 64/48 sonli qamoqxonasidan Koson shahridagi UYa 64/51 sonli qamoqxonaga o’tkazishdi… 2015 yil 19 sentyabrda ko’chirilgan va qamoqxona ma’muriyati himoyasi ostida bo’lgan bu mahbuslar davlat siyosatiga qarshi bo’lganlarga nisbatan provakatsiya ishlarini boshlab yuborishdi. Ularni qiynab, xorlab, masxara qilishdi, ularga nisbatan odatda o’limga olib boradigan ishlarni bajarishdi… So’ngra olib o’tilgan bu mahbuslar 2015 yil 25 sentyabrda UYa 64/51 sonli qamoqxonani “chyorny zona”, deb e’lon qilishdi. Bu jinoyatchilar fikrlari hukmron bo’ladigan zonalarga nisbatan ishlatiladigan atamadir. Sababi qamoqxona ichkarisida bo’layotgan hodisalarni turli qarashlarga ega mahbuslar kurashining alamli natijasi, deb e’tibor qilish orqali hukumat o’zining jinoyatlarini berkitmoqchi bo’lib, chalg’itish maqsadida qilmoqda. Shu narsa aniqki, olib kelingan bu mahbuslar davlat yugurdaklari bo’lib, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanib turgan jinoiy to’dalardir. Ular bajarayotgan ishlar har qanday jinoiy to’da amalga oshiradigan ishlardan ancha yomon.

Bu qamoqxonaga o’tishi bilan davlat yugurdaklari bo’lgan ushbu mahbuslar o’z fikrida sobit turgan Hizb ut-Tahrir yigitlari irodasini, xususan, Andijon shahridan Kazakov Ahmadjon irodasini sindirishga urina boshlashdi. Uning oyoqlarini urib sindirishdi… So’ngra uning qarindoshlari ko’rgani kelgan paytda davlat yugurdaklari bo’lgan mahbuslar undan xotinini taloq qilishni talab qilishdi. U buni qat’iy rad qilib, ularga keskin qarshi chiqqach, mazkur mahbuslar UYa 64/51 sonli qamoqxona ma’muriyatiga 5 oktyabr kuni Ahmadjonning qornini pichoq bilan chavaqlab tashlanishiga yordam berishdi…

Bu qamoqxona ichki rejimini ham davlat yugurdaklari bo’lgan mana shu mahbuslar qo’lga olgan. Ular diniy sabablarga ko’ra 159-modda bilan qamalgan mahbuslarga nisbatan, xususan, Hizb ut-Tahrir a’zolaridan bo’lgan mahbuslarga nisbatan vaxshiyona ishlarni amalga oshirmokda. Ularni alohida kameralarga tashlab, turli xil qiynoqlarga solmoqda, xorlamokda… Ularning qo’l va oyoqlari o’ta vaxshiyona tarzda urib, sindirilmokda. Bu vaxshiylar bu bilangina cheklanib qolmasdan, mahbuslarning qarindoshlari uchrashishga ruxsat olib, uchrashuv xonalariga kelgan paytda, ularning uchrashuv uchun ajratilgan alohida xonalarga yuzsizlarcha ogohlantirishsiz kirib kelib, ularga tashvish tug’dirib, ozor bermoqda… Bo’layotgan bu xodisalarni barchasidan o’sha yugurdaklar ortiga bekinib olgan qamoqxona ma’muriyati xabardordir”. Maktub matni tugadi.

Biz eslatib qo’ymoqchimizki, O’zbekiston qamoqxonalarida Hizb ut-Tahrirning olti mingdan ko’proq a’zolari bor. Ularning ko’pchiligi 1999 yildan, ya’ni 16 yildan ko’proq muddatdan beri u erlarda yotibdi. Ularning muddatlari tugagan bo’lsa ham, O’zbekiston davlati ularni noqonuniy tarzda ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi marta qamoq muddatini cho’zib(raskrutka qilib), ushlab turibdi… Bu holat erkaklargagina cheklanib qolmasdan, muslima ayollar ham Karimov qamoqxonalarida aynan mana shu holatlarni boshdan kechirmoqdalar.

Biz shu o’rinda butun dunyoga shuni ma’lum qilamizki, bu jinoyatlar – in sha Alloh – bu dunyoda aslo jazosiz qolmagay. Oxirat azobi shak-shubhasiz, qattiqroq va davomliroqdir… Shuningdek, bu jinoyatlar Hizb ut-Tahrirni sabru matonat, boshini tik ko’tarib, Allohning nusrati va O’z dinini aziz qilishi yaqinligiga aniq ishongan holda Islomni hayot maydoniga qaytarishga da’vat qilishda davom etishidan aslo to’xtata olmaydi. Alloh Ta’olo O’zining buyuk kitobida aytadi:

 يُرِيدُونَ أَن يُطْفِئُوا نُورَ اللَّـهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللَّـهُ إِلَّا أَن يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

“Ular Allohning nurini og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’ladilar. Alloh esa – agarchi kofirlar yomon ko’rsalar-da – O’zining nurini komil qilishdan boshqa har qanday ishdan bosh tortadi”. (Tavba: 32)

Hizb ut-Tahrir O’zbekiston.

15 muharram 1437h

28 oktyabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.