بسـم الله الرحمن الرحيم
UMMATNING RIJOLLAR QANI
Rosululloh(s.a.v) shunday dedilar: «Ikki toifa insonlar borki, agar ular tuzalib o’nglansalar, insonlar ham o’nglanadilar. Agar ular buzilsalar, isonlar ham buziladi. Ular ulamolar va amirlardir». («Al-Hilya» kitobida Abu Na’im rivoyat qildi). Telekanallar ekranlarida ba’zi ulamolar, ayniqsa «saroy ulomalari» degan nom juda munosib keladigan ulamolar ko’p ko’ringani sayin munofiqlik, din va haq so’zni aytish hamda nohaq va botilni kashf qilish o’rniga, zolim hokimlarga laganbardorlik qilish, ularni rozi qilishga urinish va odamlarga xiyonat qilish ko’payib boryapti. Bu xususda imom G’azzoliy «Ihyou ulumud din» («Din ilmlarini jonlantirish») nomli kitobida shunday deydi:
«… Mana shular amri-ma’ruf va nahy-munkar qilishdagi va sultonlar saltanatiga parvo qilmaslikdagi ulamolarning siyrati va odatlari bo’lgan edi. Ular sultonlarning saltanatiga tayanmadilar, balki Alloh Taoloning fazliga suyanib O’z hifzu-himoyasida saqlashni so’rash istagida bo’ldilar va Alloh Taoloning hukmiga rozi bo’lib, Undan shahidlikni nasib etmog’ini so’radilar. Niyatlarini xolis etganlari bois ularning so’zlari toshdek qotgan qalblarni mumdek eritib yubordi va qattiqligini ketgazdi. Ammo hozir esa ochko’z tama’girlik ulamolar tilini qattiq bog’lab qo’ydi. Natijada ular haqni aytishdan sukut qildilar, agar aytadigan bo’lsalar ham, ularning so’zlari o’z ahvollarini o’nglashga yordam bermadi. Oqibatda zafar topmadilar. Agar haqni aytib, ilm haqiqatini maqsad qilganlarida edi, najot topgan bo’lur edilar. Demak, fuqarolarning buzilishi podshohlarning buzilishiga, podshohlarning buzilishi esa olimlarning buzilishiga bog’liqdir. Olimlarning buzilishi ularni mol-dunyo va mansabga muhabbat egallab olishiga bog’liqdir. Shuning uchun kimning ustiga dunyo muhabbati g’olib bo’lib minib olgan bo’lsa, eng razil kishilarni ham rozi qilishga qodir bo’lolmaydi. O’zlari razil bo’lishlarga qaramasdan bunday olimlardan g’azablanishadi. Shunday ekan podshohlar va ulug’ odamlarni qanday rozi qila olsin. Har qanday holda ham Alloh O’zi yordam bersin».
Agar imom G’azzoliyning zamonasidagi olimlarning ahvoli shunday achinarli bo’lgan bo’lsa, u holda bugungi imomlarniki qanday bo’ladi?! Bugungi kunning ayrim olimlari masjid minbarlarida turib olib hokimlarni ko’klarga ko’tarib maqtamoqdalar. Haq da’vatchilariga esa hujum qilmoqdalar. Shuning uchun ularning tillari da’vatchilarga qarshi uzun, haddidan oshgan zolimlarning jabr-zulmiga esa gung-soqovdir. Bunday munofiqliklari evaziga turli mukofotlar, hadyalar, sovg’a-salomlar va sadaqalar oladilar. Ular zolim hokimlarni ag’darib tashlab, Allohning Kitobi va Rosulining Sunnati bilan hukm yurgizadigan, Ummatni bo’lib turgan sun’iy chegeralarni parchalab, Ummatni birlashtiradigan, kofirlarni Islom diyorlaridan quvib chiqarib, tortib olingan mamlakatlarni qaytib oladigan, G’arbning musulmonlar diyorlaridagi har qanday nufuzini haydab chiqaradigan, talon-taroj qilingan boyliklarini o’z egalariga qaytaradigan, banklarda va G’arbning moliyaviy bozorlarida yotgan pullarni qaytaradigan, iqtisodni qaramlikdan ozod qiladigan, ommaviy axborot vositalarini fasoddan, yolg’onlardan tozalaydigan, idora ishlarini poraxo’rlik va tanish-bilishchilikdan xalos qiladigan, ta’lim nizomini o’nglaydigan va tashqi siyosatni to’g’ri iziga soladigan va hokazo ishlarni qiladigan Xalifani barpo qilishni talab qilayotgan ovozni eshitgan paytlarida jonlari xiqildoqlariga kelib, jizhanak bo’layotganlarini va haq da’vatchilari ustiga g’azablarini sochayotganlarining guvohi bo’lamiz. Ularni ko’rgan kishi o’zgartirishlik maqsad qilinayotgan hokimlardan avval shu ulamolarning o’zlaridan boshlash kerakmikan, deb o’ylab ham qoladi. Hokimlar ham Ummatga yuzma-yuz turib berolmaydigan rad javobini mana shu ulamolar bermoqdalar. Chunki hokimlar bevosita Ummatga qarshi chiqishdan qo’rqishadi. Shuning uchun ulamolarni da’vatchilarga qarshi chiqishga gij-gijlaydi, go’yo bu hokim ahvolining tili sirtdan turib: «Ulug’ ulamolar, “shayhlar”ga ortiqcha gap qilmanglar, chunki ular sizlardan ko’ra dinni yaxshiroq tushunadilar», deyayotgandek.
Ey, ulamolar, masjid imomlari!
Sizlar o’z qavminglarga nisbatan olimsizlar va hayotning o’nglanishi sizlarga bog’liq, sizlarni dunyo aldab qo’ymasin, bu dunyo va uning matolari o’tkinchidir. Abadiy narsa esa, Alloh Taoloning huzuridagi narsa bo’lib, bu o’tkinchi narsalarga aldanib qolmaslikni maslahat beramiz. Shunda, ikki dunyo xorligidan qutilasizlar va ikki dunyo azizligiga erishasizlar, hamda Payg’ambarimiz(s.a.v)ning haqiqiy merosho’rlari bo’lib, Alloh Taolo va’da qilgan haqiqiy obro’da va yuqori maqomlarda bo’lasizlar. Abu Daro’ Rosululloh(s.a.v)ni: “kimiki ilm izlab yo’lga chiqsa, Alloh uni jannat yo’llaridan bir yo’lga yo’llab qo’yadi va albatta farishtalar tolibi ilmdan rozi bo’lib, qanotlarini unga qo’yadi. Albatta, olimga Yeru-osmonlardagi kimsalar va dengiz qaridagi kitlar istig’for aytadi. Albatta, obidga qaraganda olimning fazli boshqa yulduzlar ichidagi to’linoy kechasidagi oyning misolidir va albatta olimlar payg’ambarlarning merosho’rlaridir. Albatta payg’ambarlar dinoru-dirhamni meros qoldirmadilar. Ular ilmni meros qoldirdilar, bas kimda kim uni olsa to’liq nasiba olibdi”- deganlarini eshitganman, deb rivoyat qilgan. Abu Dovud rivoyati. Payg’ambarmiz(s.a.v): “Qiyomat kuni uch nafar: payg’ambarlar, so’ng olimlar, so’ng shahidlar shafoat qiladi”- dedi. Usmon(r.a)dan Ibni Mojjah rivoyati. Payg’ambarmiz(s.a.v): “albatta, olimlarning misoli osmondagi yulduzlar kabidirki, quruqligu, dengizning zulmatli kechalarda ularga qarab to’g’ri yo’lni topiladi. Agar yulduzlar ko’rinmay qolsa, yo’lboshchilar ham adashib ketishlari ehtimol” – dedi. Anas ibn Molikdan imom Ahmad rivoyati. Abu Sai’d al-Xudriy(r.a) Rosululloh(s.a.v) “obidga nisbatan olimning afzalligi Ummatimga nisbatan mening afzalligimga o’hshaydi” deganini rivoyat qilgan. Payg’ambarmiz(s.a.v)ning merosho’rlari o’rgangan ilmlarini boshqalarga etkazuvchi va qanday bo’lsa o’shanday, haqqi-rost, to’la etkazuvchilardir. Xiyonat qiluvchilar bunday sharfdan maxrum bo’ladilar.
Ey, musulmonlar! y, rijollar!
Qur’on va hadis qo’lida bo’lgan Ummatning adashishga haqqi yo’q. Faqat ishonchli olimdan Alloh Taoloning hukmlarini o’rganib, uni mahkam ushlashlari zarur. Iymonini arzimas matoga sotadigan ishonchsiz “saroy olimlari”dan yoki boylikka qul bo’lgan imomlardan hukm so’rab bo’lmaydi. Chunki fosiqning gapini e’tibori yo’q, guvohligi qabul qilinmaydi. Zero, Alloh Taolo shunga amr qilgan: „Ey mo’minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar aniqlab-tekshirib ko’ringlar!“ [49:6]. Unday olimlarni va xoin hokimlarni amri ma’ruf, nahi munkar etish vojib. Xuzayfa ibn Yaman(r.a)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Jonim Uning qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, albatta sizlar ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar yoki Alloh sizlarga O’zi tomonidan azob yuboradi. Shundan so’ng sizlar Unga duo qilasizlar, U esa ijobat etmaydi».
Amri ma’ruf, nahi munkarning vojibligiga dalolat qiladigan hadislar juda ko’p bo’lib, olimlarni ham, hokimni ham amri ma’ruf, nahi munkar qilish vojibligiga dalolat beradi. Darhaqiqat, Rasululloh(s.a.v) hokimning xato ishlarini inkor etishga amr etdilar va bu inkorni qodir bo’lgan har qanday vosita bilan – qilich ko’tarish darajasiga bormaslik shartiga ko’ra qo’l bilan, mutlaqo til bilan ya’ni har qanday so’zlar bilan va agar qo’l va tildan ojiz bo’lsa, qalb bilan inkor etish(tabassum bilan qarshi olish emas, balki loaqal undan hafaligini, uning ishlariga rozi emasligini ko’rsatishi)ni vojib qildi. Kim inkor qilmasa, gunohda hokimga sherik dedi. Ya’ni, aytdilarki, bas kim hokimlarning munkar ishlariga rozi bo’lsa, ularga ergashsa, gunohdan pok ham, salomat ham bo’lmaydi. Shuning uchun u farz. Munkar bor ekanmi, demakki zimmamizda asosiy ish ham turibdi. Musulmonlarning ishi zimmasida bo’lgan “imom”(ya’ni rahbar)ni amri ma’ruf va nahi munkar qilish esa, amri ma’ruf va nahi munkarning, hatto shar’iy hukmlarning “toji”dir, chunki bu ishni Allohga tavakkul qilgan haqiqiy “rijol”largina qilishi mumkin. Zero bunda Ummatning orasida munkarlar yo’q bo’lishiga, ishlarini tartibga tushishiga va taraqqiyot etishiga, hamda Ummat o’zining olam oldidagi vazifasini chiroyli ado qilishga kafolat bor. Shuning uchun Alloh Taolo bunday mo’minga eng buyuk mukofotni va’da qilyapdi. Rasululloh(s.a.v) dedilar: “Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttalib va jabr-zulm qiluvchi imomga qarshi chiqib, uni yaxshilikka buyurgani va yomonlikdan qaytargani uchun imom uni o’ldirgan kishidir”.
Ammo Payg’ambarimiz(s.a.v)ning haqiqiy merosho’rlari bo’lgan mujtahid va olimlarni Payg’ambarimiz(s.a.v)ni yaxshi ko’rganimizdek yaxshi ko’rib, haqlariga duolar qilishimiz, ozorlar va balolardan himoya qilishimiz, doimo yordam qo’limizni cho’zishimiz va har ishimizda ularni yo’lboshchi qilib, gapidan chiqmasligimiz kerak, chunki shundagina biz ham haqiqiy mo’min bo’lamiz, hamda sinov dunyosidan zafar bilan o’tamiz. Uboda Ibn Somit(r.a) rivoyat qilgan hadisda Payg’ambar(s.a.v): «Kattamizni ulug’lamagan, kichigimizga shafqat qilmagan va olimimizning haqqini bilmagan odam mening ummatimdan emas», dedilar. Rosululloh(s.a.v) dedilar: “albatta, Alloh ilmni bandalaridan sug’urib olib qo’yish bilan man qilmaydi, lekin ilmni olimlarni olib qo’yish bilan man qiladi, hatto agar birorta olimni qoldirmaydigan bo’lsa, odamlar o’zlariga johillarni rahbar qilib olishadi. Bas ulardan biror narsa so’ralsa, ilmsiz fatvo berishadi. Natijada o’zlari ham adashadi va boshqalarni ham adashtirishadi”. Imom Buxoriy rivoyati. Payg’ambarmiz(s.a.v): “albatta, olimlarning misoli osmondagi yulduzlar kabidirki, quruqligu, dengizning zulmatli kechalarda ularga qarab to’g’ri yo’lni topiladi. Agar yulduzlar ko’rinmay qolsa, yo’lboshchilar ham adashib ketishlari ehtimol” – dedi. Anas ibn Molikdan imom Ahmad rivoyati. Abu Sai’d al-Xudriy(r.a) Rosululloh(s.a.v) “obidga nisbatan olimning afzalligi Ummatimga nisbatan mening afzalligimga o’hshaydi” deganini rivoyat qilgan.
Bu olimlar qatorida shar’iy hukmni etkazuvchi har bir da’vatchi o’z qavmiga nisbatan qandaydir ma’noda olim va Payg’ambarimiz(s.a.v) merosho’rlaridan bo’ladi. Rasululloh(s.a.v) aytadilar: «Mening so’zimni eshitib, uni yodlab, uni etkazgan bandaning yuzini Alloh yorug’ qilsin. Shunday fiqhni etkazuvchi borki, faqih emas. Shunday fiqhni etkazuvchilar borki, ular fiqhni o’zidan yaxshi biladigan kishilarga etkazadilar».
Ibn Ishoq aytadi: «Madinaliklar qaytayotganda Rasululloh(s.a.v) ularga Mus’ab ibn Umayrni qo’shib, ularga Qur’on o’qib berish, Islomni o’rgatish va dinda bilimdon qilishni buyurdilar. Shu bois Mus’ab Madinada «Qur’on o’qib beruvchi» deb nomlanar edi. U As’ad ibn Zuroraning uyida turdi. Odamlarning uylariga, qabilalariga borib, ularni Islomga da’vat qilar va Qur’on o’qib berardi. Natijada odamlar bitta-bittalab iymon keltirib, oxiri Islom Madinada zohir bo’lib, (Avs qabilasining Xatma, Voil va Voqif xonadonlaridan boshqa) ansoriylarning barcha xonadonlariga kirib bordi». Unga quloq solishlari natijasida bir yil o’tmay Madina jamiyati islomiy davlat qilishga loyiq diyorga aylandi. Ulardan Alloh Taolo va Rusuli rozi bo’lib, o’z Kitobida maqtagan, to Qiyomat kunigacha musulmonlar salotu-salomlar yo’llaydigan ansoriylar bo’lishdi. Ammo Makkada esa, Rosululloh(s.a.v)ga ham quloq solishmadi. Uni jinniga chiqarishib, juda ko’p ozorlar berishdi. Uni o’zlariga bosh qilish o’rniga Makkadan quvib chiqarishdi. Ularni fath qilib, kuch bilan Islomni etkazgunicha jaholat botqog’ida botishib, nodonlik zulmatlarida kunlarni o’tkazishdi. Rosululloh(s.a.v)ga quloq solmaganlari uchun johillar va ahmoqlar bo’lib tarixda qolishdi. Shu kunlarda ham tarixda bo’lgandek ishlar bo’lyapti, masalan: Misrda haqiqiy olimlarga ergashmay, demoqratiya asosidagi, AQShni rozi qiladigan murosasoz “olimlar”ga quloq solishdi. Ular ommani adashtirishdi, Misrning qora kunlarini yanada uzaytirishdi.
Хullas, kelajagimiz o’zimizga, xossatan Ummatdagi rijollarga bog’liq bo’lib, agar kufrni rozi qiladigan hoin hokim va olimlarga quloq solishda davom etsak, ularni muhosaba qilmasak, Alloh Taoloning eslatmalaridan yuz o’girsak ikki dunyo xorligiga haqli bo’lib qolamiz, Alloh saqlasin. Alloh Taolo aytadi:
فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلا يَضِلُّ وَلا يَشْقَى ۩ وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضنكاً
“Kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo’ldan ozmas va baxtsiz bo’lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo’lur”. 20:123-124.
Abu Zarr.