Turkiston:
“Qandaydir bir insoniylikka chaqirgan odamlarga aytib qo’ymoqchiman – kelib javob beringlar ilgari aytgan so’zlaringga. Marhumning onasini, ayolini oldida, har bir farzandining oldida. Har bir ishni chegarasi bo’ladi. Mamlakat qonun doirasida har bir hiyonatchiga, har bir ekstremistga karshi faqat yuqoridagi kabi qattiq va keskin choralar bilan kurash eylon qiladi. Biz bu kurashni to’htatmaymiz”, – dedi hukumat raisi Temir Sariev
Bu so’zlarni Sariev, № 50 mahbuslarni vaqtincha saqlab turish qamoqhonasidan 9 ta mahbus qochish amaliyoti vaqtida qazo topgan militsiya kapitani Tolobek Ismailovning dafn marosimidagi nutqida, uni ekstremistlar o’ldirganiga ishora qilib so’zladi.
Lekin 12 oktyabrga o’tar kechasi bo’lib o’tgan voqea haqida, 24 oktyabr kuni qiynoqlarni oldini olish bo’yicha milliy markaz etakchisi vazifasini bajarib turgan Nurdin Sulaymonovning maylumot yig’inida maylum qilishicha, qochqinlar “ turma hizmatchilarini biz o’ldirgan emasmiz” deyishayotgan emishlar.
T Umatalievaning akipress orqali bergan bayonotida ham bir qator haqiqatga juda yaqin mantiqiy va aniq faktlar keltirilgan.
https://www.facebook.com/100007696607276/videos/1629810867285451/
Hukumat, ushbu amaliyotni yahshi amalga oshira olmadi. Sariev esa, yuqoridagi ekstramizm haqida aytgan so’zlarini ilgaridan tayorlab qo’ygan edi. Bo’lib o’tgan amaliyot juda ko’p kamchiliklar bilan amalga oshirilgan bo’lishiga va Qirg’iz halqi bo’layotgan ishlarning haqiqatini bilib turishganlariga qaramay, Sariev keyingi etapdagi amaliyotlarga o’tishga taraddud ko’ra boshladi.