SHayh Abu Ahmad Abdulaziz Uyunga suiqasd qilishdi
وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا
«Kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannam bo’lib, o’sha joyda abadiy qolajak, u Allohning g’azabi va laynatiga duchor bo’lgan, (Alloh unga) ulkan azobni tayyorlab qo’ygan» [Niso 93]
2015 yil 13 oktyabr seshanba kuni Damashq G’utasidagi yo’llarning birida shayh Abu Ahmad Abdulaziz Uyun (Abu SHujo Azhariy)ga suiqasd qilishdi. «Qudsul arabiy» internet sahifasidagi habarga ko’ra, suiqasdchilar uning joni uzilganiga ishonch hosil qilishgach, mototsiklda ko’zdan g’oyib bo’lishgan.
Bu suiqasd Suriya jangohida, hususan, Hims va SHarqiy G’uta kaba rayonlarda guvohi bo’linayotgan qator suiqasdlar doirasida hamda SHom ahliga qarshi quturgan hujumlar olib borilayotgan bir paytda sodir etildi. Bu quturgan hujumlardan SHom ahlini siyosiy echimga bo’ysunishga va farzandlarini qatl qilib, uy-joylarni vayron qilgan kimsa bilan muzokara stoliga o’tirishga majbur qiluvchi yutuqqa erishish ko’zlanmoqda. Muzokaradan esa guruhlarda bir-biriga nisbatan shubha paydo qilib, o’zlari bilan o’zlarini ovora qilib qo’yish hamda mana shunday holis kishilarni yo’q qilib, ulardan maydonni bo’shatish ko’zlangan. CHunki holis kishilar ayrim mintaqalarni siyosiy echimga tayyorlab, yarashuvga ko’ndirishga urinayotgan fitnachi G’arb yo’liga g’ov bo’lmoqdalar.
Ey Islom diyorining markazi bo’lgan SHomdagi musulmonlar!
Insha Alloh, bu pokiza qonlar hargiz behuda ketmaydi. Ularning ohiri, Allohning izni ila, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Halifalik bilan tugaydi. Ushbu muborak qo’zg’olonni bo’g’izlashga bo’layotgan urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, albatta. Ular bitta shamni o’chirishsa, qator shamlar yoqiladi, bitta ovozni o’chirishsa, jonlarini Allohga sotgan minglab ovozlar jaranglaydi, kim hohlasin-hohlamasin, kelajak Islomnikidir. Alloh Taolo bunday degan:
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آَمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yahshi amallar qilgan zotlarga huddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) halifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida halifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) havfu-hatarlaridan so’ng tinchlik-hotirjamlikka aylantirib qo’yishni vayda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vayda)dan keyin kufroni (neymat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]
Alloh Subhanahu va Taolodan shayh Abdulazizni va Alloh yo’lida jonlarini qurbon etgan barcha holis kishilarni O’z mag’firat va rahmatiga olishini so’raymiz. Robbimiz rozi bo’ladigan
إنا لله وإنا إليه راجعون
«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz» [Baqara 156]
demoqdan o’zga choramiz yo’q.
Ustoz Ahmad Abdulvahhob
Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati
matbuot bo’limining raisi
Skype: TahrirSyria
Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com
Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info