Asad Putin bilan uchrashdi

454
0

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvaga kelib Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganligini maylum qildi. Peskovning bildirishicha, ikki prezident Suriyadagi ohirgi vaziyat haqida so’zlashuv olib borgan.

Kreml matbuot kotibi Peskov keng miqyosda o’tgan uchrashuvda rus hukumatining yuqori darajali vakillari ham ishtirok etganligini va uchrashuv etarli darajada uzoq davom etganligini bildirdi. Putin Suriyadagi ohirgi vaziyat haqida birma-bir maylumot olganligini qayd etgan Peskov uchrashuv chog’ida Asadning kelajagi muhokama qilingan yoki qilinmaganligi haqidagi savolga javob bermadi. SHuningdek Peskov Asadning Rossiyadan qachon ketishligi haqida ham maylumot bermadi.

Bashar Asadning horijiy davlatga safari Rossiyaning unga bergan harbiy yordamidan bir necha hafta o’tib amalga oshdi. U 2011 yil Suriyada qo’zg’olon boshlangandan buyon shu kungacha Damshqdan tashqariga chiqmagan edi.

Oq uy bilan kelishilgan holda Suriya halqini havodan bombalab, qirg’in qilayotgan Rossiyaning jinoyatlariga ko’z yumib turgan AQSH hukumati Asadni qabul qilganligi uchun Putinni tanqid qila boshladi. Oq uy vakili Erik SHults Moskvaning bu ishi Suriya inqirozini siyosiy yo’l bilan hal qilishga aslo to’g’ri kelmasligini bildirdi.

Turkiston: 

Putinning halqaro siyosatdagi bu harakatlari va AQSHning bunga nisbatan munosabatlari, bir necha yo’nalishlarda bir necha maqsadlar asosida shakllangan. Ularning o’rtalarida umumiy manfaatlar mavjud. YAyni, Islom mafkurasiga qarshi mafkuraviy kurash asosidagi musulmonlarga qaratilgan umumiy yo’nalishlarda kutiladigan kufr olamining umumiy manfaatlari mavjud. Bunda AQSH Suriya davlatini stobillashtirish maqsadidagi Asad rejimining o’rniga tayorlab borayotgan mo’ytadil muholifot kuchlari muvoffaqqiyatsizlikka uchradi va bu amaliyoti ham barbod bo’ldi. Endi u Rossiya vositasida Asadni hukumatda qoldirish rejasi bilan harakat olib bora boshladi. CHunki islomiy harakatlar AQSH bilan qanchalik hamkorlikda ish olib borishmasin, kufr olami ularga ishona olmaydi. SHuning uchun AQSH Asadni, Rossiya bilan hamkor holatda bo’lsa ham hukumatda yana ushlab turishga majbur bo’lib qoldi.

Bundan tashqari, AQSH, Rossiya va boshqa kufr davlatlarining har birining hos manfaatlari ham mavjud. Bu yo’nalishda ham AQSH, yuqoridagi Putinning hatti harakatlariga nisbatan parralel, qarshilik harakatlarini olib boraveradi. YAyni, Asadni qabul qilgani uchun unga qarshi matbuot hujumi uyushtirish yoki sanktsiyalarni kuchaytirish kabi.

Lekin Rossiyaning Ukrainaga rasman askar olib kirish haqida shayma qilgani uchun, AQSH Rossiyaga urush ochib yuborishi mumkinligi bilan tahdid solishgacha etib bordi. Natijada Rossiya Ukrainadan harbiy tehnikalarini olib chiqib ketishga majbur bo’ldi. Demak AQSH hohlasa Rossiyani Suriyadan chiqarib yubora oladi.

Suriya masalasida, AQSHning o’zi Rossiyaga yashirin homiylik qilib kelayapti. U Rossiyaga qarshi gapirishdan nariga o’tmaydi. Lekin Rossiya ham o’z navbatida AQSHning manfaatlariga teskari harakat qilmaydi.

SHunga qaramay, AQSH Rossiyani parchalab yuborish maqsadidan kechgani yo’q. Rossiya o’zini qurbon qilib yuborishi mumkin bo’lgan tavakkal qilish bilan, nafaqat Putinni balki AQSHni ham muayyan vaziyatdan vaqtincha qutqarib qolishga harakat qilayapti. YAyni Suriyadagi AQSHning loihalari barbot bo’lishi ortidan u o’ta noqulay ahvolda qolgan edi. Putin esa, Rossiyani boshqarishda uni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yganiligidan havfli holatda turib qolgan edi.

Buni, ikki dushman davlat etakchilarining, vaqtinchalik manfaatlarining bir biri bilan mos kelib qolishi desak to’g’ri bo’ladi. Lekin har ikki holatda ham, Rossiya va rus halqi juda katta ziyon ko’rishi aniq. Faqat vaqt masalasi qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.