Turkiyalik instruktorlar qirg’iz harbiylarini diversant va terrorchilarni tutishga o’rgatishmoqda

479
0

Qirg’izistonda 12 oktyabrdan boshlab Turkiyadan kelgan instruktorlar qirg’izistonlik harbiy xizmatchilarini desant-qo’poruvchilik tayyorgarligi hamda terrorchilarga qarshi kurash bo’yicha mashg’ulotlarini boshlab yubordilar. Akipress agentligi Qirg’iziston Qurolli kuchlari (QK) Bosh shtabiga tayangan holda xabar berishicha, harbiylar yig’ini Turkiya QK Bosh shtabi bilan hamkorlikda 73809 harbiy qism qoshidagi “Ala-Too” o’quv markazi bazasida tashkil etilgan.

Turkiyalik instruktorlar olti hafta davomida maxsus taktik, injenerlik, tog’, harbiy-meditsina, jismoniy tayyorgarlik hamda harbiy topografiya bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazadi. Shuningdek, yaroqlar bilan to’la ta’minlangan holda 27 kilometrga marsh-brosok o’tkazilishi rejalashtirilgan, yig’in oxirida esa kontrol taktik mashg’ulotlari o’tkaziladi.

Yig’inda quyidagi mavzularni o’rganib chiqish rejalashtirilgan: desant-qo’poruvchilik guruhlarining turli harakatlari; piyoda marsh amalga oshirilgan paytda harakatlar tartibi hamda pistirmaga duch kelib qolganda hujumni daf etish; minalarga va qo’lbola portlovchi moslamalarga qarshi kurash olib borish usullari; jangavor harakatlar amalga oshirilayotgan paytda amaliy mashg’ulotlar davomida aksilterrorchilik operatsiyasini tashkil etishda hamjihatlikka erishish; jangda bo’linmalarning xatti-harakatlari va o’t ochish amallarini boshqarish; kasal va yaradorlarni evakuatsiya qilish; harbiy alpinizm va boshqalar.

 Yig’in ochilishi marosimida Turkiyaning Qirg’izistondagi harbiy attashesi polkovnik Go’kxan Peker, Qirg’iziston QK Bosh shtabi jangavor tayyorgarlik boshqarmasi rahbarining o’rinbosari Adilet Imanaliev, QK Bosh shtabi, Mudofaa vazirligi, Davlat chegara xizmati va Qirg’iziston Milliy gvardiyasi vakillari qatnashdilar.

manba: “Farg’ona” axborot agentligi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.