O’z xalqini sovuq va zulmatda qoldirayotgan o’zbek hukumati chetga elektr sotishni davom ettirmoqda

468
0

Nafaqat qish oylarida, balki yozda ham uzluksiz elektr ta’minoti nima ekanligini unitib qo’ygan O’zbekiston xalqi allaqachon qora chiroq va qora pechkaga moslashib ham bo’ldi. Rasmiy hukumat tepasida turgan bir xovuch yulg’uchlarning esa o’z hamyonlarini qappaytirishdan o’zga tashvishi yo’q.

Podrobno.uz. nashrining xabar qilishicha, O’zbekistondan Afg’onistonga elektr energiyasi etkazib berish bo’yicha muzokaralarning navbatdagi raundini o’tkazish uchun afg’on delegatsiyasining Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, ikki davlat rasmiylari o’rtasida bo’lajak so’zlashuvlar 2016 yil uchun shartnoma imzolash bilan yakunlanishi kutilmoqda. Afg’onistonning elektr quvvatiga ehtiyoji yil sayin 10 foizdanga ortib bormoqda.

2011 yildan buyon Afg’onistonga elektr quvvati etkazib berib kelayotgan o’zbek hukumati boshqa tabiiy boyliklar qancha miqdorda qazib olinishi va qancha miqdorda sotilib, bundan qancha daromad ko’rishini sir saqlagani kabi Afg’onistonga etkazib beriladigan elektr miqdorini ham sir saqlab keladi.

Turkiston:

O’zbekistonni Afg’oniston xalqiga birodarona ko’rsatayotgan har qanday yordami maqtovga loyiq. Lekin bu yordamlar sog’lom maqsadlar bilan hamda boshqa musulmonlarning hisobidan ya’ni ularga zulm qilinmagan holda amalga oshirilishi lozim.

O’zbek hukumati, AQShga, Afg’onistonda o’ziga tobe’ soxta hukumatini nomiga bo’lsa ham rasmiy tus berib, uni o’z xalqi ichidagi obruyini tiklab olishi uchun yordam berib keladi. O’zbekiston hukumati, Afg’onistonga temir yo’li o’rnatib, u orqali olamga yangi tranzit o’tish yo’llarini qurmoqchi bo’ldi. U hatto shu maqsadiga erishish uchun Afg’onistonning infrastrukturasini tiklash yo’lida juda katta mablag’lar sarflab yubordi.

AQSh esa, O’zbek hukumatiga bergan va’dalarini bajarmay, ishni yarim yo’lda tashlab yubordi. AQSh, O’zbekistonni Rossiya va uning atrofini o’rab olgan rossiyaparast mamlakatlarga bo’lgan tronzit bog’liqligini bartaraf etish uchun, alternativ Afg’oniston orqali yangi tronzit yo’lini ochib berishni va’da qilgan edi. Bu va’da amalga oshishi uchun Afg’oniston mamlakati bo’ylab tinchlik va osoyishtalik hukm surishi lozim edi.

Afsuski AQSh Afg’onistonni bir necha bir biri bilan murosa qila olmaydigan bo’laklarga bo’lib yubordi. Bu bo’lingan hududlarda yashovchi xalqlarning, rasmiy hukumat va Aburrashid Dostumga qarashli bir necha mintaqa, O’zbek hukumati otalig’ida qolib boryapti. AQSh O’zbekistonni bu sarf xarajatlarga davomli undab turish uchun, Afg’onistonda xavfli vaziyatlarni paydo qilish yoki mavjud jangari kuchlardan xavotirga solish bilan shantaj qiladi. AQShning o’zi esa, mintaqa muammolaridan sekin asta qo’lini tortib chiqib ketib borayapti. U O’zbekistonni, xuddi Iroqda Kurdlardadan foydalangani singari foydalanib olib, xuddi ularni tashlab yuborganidek tashlab yubordi.

Rasmiy Afg’on hukumati va u bilan hamkorlik qilib kelayotgan bosh ministr lavozimidagi geniral Dostumga itoatdagi bir qancha mintaqalarni, O’zbek hukumati o’zi uchun buferlik to’siq hududi sifatida saqlab qolish maqsadida, har tomonlama dastaklab turishga majbur bo’ladi. O’zbekiston, bu quvvatlarni nafaqat elektr energiyasi bilan balki gaz, neft, qurol yaroq, oziq ovqat mahsulotlari va boshqa narsalar bilan ta’minlab keladi.

O’zbek xalqi esa, o’ta qashshoqlashib borishi bilan bir qatorda, qish faslini har qanday energetikadan mahrum holatda, o’ta qiyin sharoitlarda o’tkazishadi. Lekin O’zbekiston xalqi mustahkam rejim ostida. Ulardan deyarli xavf xatar yo’q. Lekin Afg’onistonda tinchlik buzulishi, O’zbekistonni ham o’z domiga tortishi mumkin. Bundan tashqari, Karimov Afg’oniston orqali tranzit o’tish yo’llaridan hali umidini uza olgani yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.